Pedagogika universitetlari talabalarini o‘qitishda informatika fanlarida ijodiy vazifalardan foydalanish



Download 28,66 Kb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi28,66 Kb.
#206834
1   2
Bog'liq
maqola.Pedag.Unvers.talaba.o'qit.ijodiy.vazifa

Kalit so’zlar: ijodiy faoliyat, ijodiy mustaqil ish, ijodiy mashq, oquv muammosi, ijodiy vazifa.

Ключевые слова: творческая деятельность, творческая самостоятельная работа, творческое упражнение, учебная задача, творческое задани.

Keywords: creative activity, creative independent work, creative exercise, educational task, creative task

So‘ngi yillarda mamlakatimizda informatika va axborot texnologiyalarini hamda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasida davlat dasturlari ishlab chiqilib bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

Hususan, 2020 yil mamlakatimizda “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantitrish yili” deb e’lon qilinishi, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish” konsepsiyasilarini qabul qilinishi fikrimizga yaqqol dalil bo‘la oladi.

Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan bunday islohotlarda birinchi navbatda malakali kadrlar tayyorlash asosiy vazifalardan biri bo‘lib qoladi. Malakali kadrlar deganda nafaqat etuk bilimli balki vujudga kelgan nostandart vaziyatlardan o‘zining intiluvchanligi va ijodiy yondashuvi asosida chiqib keta oladigan mutaxassislarni tushunishimiz lozim.

Xozirda kadrlarga qo‘yiladigan eng asosiy talablardan biri bu ijodiylik hususiyatiga ega bo‘lishdir. Zamonaviy sharoitda ijodkor shaxs ijtimoiy hayotning barcha sohalarida jamiyat tomonidan talabga aylanadi. Bu esa ta’lim tizimidan ijodkor mutaxassislarni tayyorlashni talab etadi. Buning uchun esa avvalo ijodkor o‘qituvchini yaratib olish kerar.

Bu shuni anglatadiki, oliy o‘quv yurtlarida talabalarni tayyorlash darajasiga talablar ortib bormoqda.

Bundan tashqari, har qanday shaxs kasbiy bilimlarning rivojlanishi natijasida muayyan faoliyat tajribasini egallaydi. Shuning uchun ham shaxs o‘zining ijodkorligi bilan kasbiy faoliyat tajribasini yaratishi, boyitishi, to‘ldirishi lozim. Bunday tajribalarni talaba oliy pedagogik ta’lim muassasalarida o‘zlashtirib, butun hayoti davomida boyitib boradi. O‘qituvchi shaxsi har doim muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ijodiy faoliyat ko‘nikmalarini namoyon eta olishi kerak. Shundagina u o‘z kasbiy faoliyati davomida ijodkorligini namoyon eta oladi.

Ijodiy faoliyat – tafakkur, fikrlash shakllari bo‘lib, ular qobiliyat, layoqat, havasni tarbiyalash yo‘li bilan rivojlantiriladi, yangilik, ijodkorlik ijodiy faoliyat belgilari hisoblanadi.1

Talabalarda ijodiy faoliyatni shakillantirish uchun turli ijodiy topshiriqlardan foydalanish mumkin.

Ibragimova G.N.ning “Oliy ta’lim tizimida interfaol texnalogiyalar vositasida talabalardagi ijodiy fikrlashni rivojlantirish.” nomli maqolasida ijodiy topshiriqlarni quyidagi uch guruhga bo‘ladi:

Ijodiy mustaqil ish;

Ijodiy mashq;

O‘quv muammolari.

1. Ijodiy mustaqil ish ijodiy topshiriqlarning boshqa turlaridan ikki jihati bilan farq qiladi: operativ tashkil etish va o‘quv-biluv faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega ekanligi. Ijodiy mustaqil ish ta’limning shunday vositasiki, uni ta’limga tatbiq etish yo‘li bilan:

– o‘qish, o‘rganishga ishtiyoq davom ettiriladi, dars doirasida hosil qilingan motivlarning davom etishi ta’minlanadi;

– o‘rganuvchilarning bilishga, bilim, malakalar doirasini kengaytirishga olib keladi;

– o‘rganilayotgan o‘quv materiali ustida o‘rganuvchilarning o‘z faoliyatlarini mustaqil davom ettirishga zamin tayyorlaydi;

– o‘rganuvchilar faoliyatiga rahbarlik qilishni ma’lum darajada osonlashtiradi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqin holda shuni qo’shimcha qilish mumkinki, talabalarga beriladigan mustqil ishlar odatda olingan bilmlarni mustaxkamlash va takrorlash maqsadida berilsa, ijodiy mustaqil ishlarni berishda talabalardan berilgan mavzu bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar bilan ishlash hamda bajarilayotgan mustaqil ishiga nisbatan ijodiy yondashish talab etiladi. Bu yerda o’qituvchi yo’naltiruvchi, motivatsiya beruvchi vazifasini bajaradi.

Ijodiy mustaqil ishlarning berilishi shunisi bilsn ahamiyatliki, dars davomida o’qituvchi barcha ma’lumotlarni o’quvchilarga to’liq yetkazib bera olmaydi. O’quvchilarning mustaqil izlanishi esa predmetni to’liq o’zlashtirishiga hamda ma’lum bir narsalarni ijod qilishiga olib keladi.

Misol uchun CorelDraw dasturiga oid mavzularda o’qituvchi elips, to’rtburchak yoli ko’pburchak singari geometrik shakllarni qanday xosil qilish, ularni shaklini o’zgartirish, o’lchov berish, rang berish kabilarni orgatishi mumkin lekin, talabalarning o’zlari mustaqil izlanishlari natijasida juda ko’plab tasvirlarni yaratishlari va ushbu geometrik shakllardan foydalanishning turli usullarini o’ylab topishlari va bu bilan o’zlarining birinchi ijod namunalarini yaratishlari mumkin.

2. Ijodiy mashq. Har doim bilimlarni esga tushirib, mashq qildirish ta’limda o‘rganuvchilarning zerikishiga sabab bo‘ladi. Mashq qilish jarayonida o‘rganuvchilarning zerikishini bartaraf etish uchun ijodiy mashqlardan foydalaniladi. Ijodiy mashq ikki xil xususiyatga ko‘ra farq qiladi:

1) o‘rganilgan bilimlar doirasini kengaytiradi. Bunda o‘rganuvchi oldin o‘rganilgan o‘quv materialiga takroriy qaytib kelganda, o‘z tushunchasi doirasini keng bilimlar, tasavvurlar, faktlar, bog‘lanishlar bilan yanada boyitadi;

2) ijodiy mashqlar doimiy shug‘ullanishga mo‘ljallangan mashqlardan farqli ravishda ham xotiraga, ham tafakkurga moslab tuziladi. Bunda o‘rganuvchi mavzu bilan birga qo‘shimcha axborot, faoliyat usullarini ham ijodiy o‘rganadi.

Aslini olganda informatika faning o’zi insoniyat tomonidan so’ngi davrlardagi ijod namunalari (dasturlar, texnologiyalar, dasturlash tillara va x.)ni o’rganadi. Shunday ekan bu fanning istalgan mavzusida ijodiy mashqlardan foydalanish va talabalarni nimadir yaratishga, ijod qilishga undash mumkin.

Masalan o’qituvchi HTMLda yaratilgan biror WEB sahifani CSS kodlari yordamida bezash vazifasini beradi. O’quvchilar esa belgilangan vaqt mobaynida vazifani iloji boricha sifatli qilib bajarishlari kerak bo’ladi. Belgilangan vaqt tugaganidan so’ng o’qituvchi barcha o’quvchilarning bajargan vazifalarini ko’rib ichidan eng sifatli bajarilgan ishlarning bir nechtasini oquvchilar orasida tahlil qiladi. Bu esa o’z navbatida vazifalarni yaxshi bajargan hamda biroz kamchilik bilan bajargan o’quvchilarga ham bir hilda vazifalarga ijodiy yondashish uchun qo’shimcha motivatsiya beradi. Yangi fikrlar, yangi g’oyalar paydo bo’lishiga turtki beradi.

3. O‘quv muammolari «o‘quv topshiriqlar majmui» bo‘lib, ularni ijodiy topshiriqlar tizimi shaklida tasavvur qilish mumkin. Talabalarni ijodiy faoliyatga tayyorlashda, avvalo ularning o‘zlari ushbu faoliyatga mas’ul ekanliklarini anglatish lozim.

Ta’lim oluvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishda muammoli ta’lim boshqa ta’lim turlaridan farqli ravishda o‘rganuvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalar tizimini tarkib toptirish bilan birga, ularda yuqori aqliy faoliyat, o‘z-o‘zini rivojlantirishni shakllantiradi. Muammoli topshiriq o‘rganuvchini mustaqil ijodiy izlanishga yo‘llashdan iborat. Masalan, Power Point dasturida mavzular bo’cha taqdimot tayorlash, CorelDrawe dasturida guruh, mutaxassislik, yoki o’quv yurtining logotipini yaratish, PhotoShop dasturida guruh vinetkasini, biror mavzu bo’yicha banner, kitob muqovasi yaratish, Python yordamida kichikroq dastur tuzish, shuningdek arzon lekin sifatli shaxsiy kompyuter yig’ish kabi muammoli topshiriqlar berish mumkin.

Bunday topshiriqlar talabadan muammolarga ijodiy yondashishni talab etadi va ijodkorlik hususiyatlarini shakillantirishda muhim rol o’ynaydi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsek informatika fanlarida ijodiy vazifalardan foydalanish talabalarga nafaqat informatika fani bo’yicha bilimlarini chuqurlashtirish balki ularni ijodkorlikka yo’naltirishda shuningdek, kasbiy faoliytida ijodiy topshiriqlarni berish ko’nikmalarini shakillantirishlarida muhim rol o’ynaydi. Ularni o’z ustida muntazam ishlashga o’rgatadi.



ADABIYOTLAR:

  1. Ибрагимова Г.Н. «Олий таълим тизимида интерфаол технологиялар воситасида талабалардаги ижодий фикрлашни ривожлантириш» ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2017, 4

  2. Асқаров И.Б. «Бўлажак касб таълими ўқитувчиларида
    тадқиқотчилик кўникмаларини шакллантиришнинг замонавий
    масалалари.» ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2017, 4

  3. Saidov J.D. “Informatika o’qitishning zamonaviy shakli, usullari va foydalanishning ilmiy metodik asoslari.” Magistrlik dissertetsiyasi. Guluston DU. 2016 y.

  4. Тлегенова Т.Е. “Aктивизация творческой деятельности студента в процессе обучения информатике.” Международный научно-исследовательский журнал № 7 (49) ▪ Часть 2 ▪ Июль 64-страница



1 Ибрагимова Г.Н. «Олий таълим тизимида интерфаол технологиялар воситасида талабалардаги ижодий фикрлашни ривожлантириш» ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2017, 4

Download 28,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish