Onang senda o‘zining himoyachisini, o‘zining yordamchisini ko‘rishi kerak. Sen bo‘lsa, o‘zingni yosh bolalarcha tutasan!
Kelishib olaylik, agar biror narsa bo‘lsa, onangni bezovta qilmaysan, mening oldimga kelib maslahatlashasan. Nima qilsa yaxshi bo‘lishini dastlab birgalikda o‘ylab ko‘ramiz.
YAna bitta shartim bor, sen o‘smirsan, avvalo, erkingni tarbiyala, hamma narsani o‘zing bajar va hal et. Xarakteringni tarbiyala! Sen iste’fodagi zobitning nabirasisan-ku, axir! Men doim sening yoningdaman. Kelishdikmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |