Kichik guruhlarda ishlashga doir topshiriqlar
1-topshiriq. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida «Oila jamiyatning asosiy bo‘ginidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega» deyiladi. YAngi «Oila kodeksi» ga va Konstitutsiyamizning 63-modda, 2-qismiga binoan Nikoh haqida nima deyilgan?
2-topshiriq. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 2 fevraldagi 54-sonli qaroriga binoan Respublika «Oila» ilmiy-amaliy Markazining tashkil etilganligi hukumatimiz tomonidan oila farovonligi, tinch-totuvligi va barqarorligini ta’minlashga bo‘lgan e’tiboridan dalolatdir. «Oila» ilmiy-amaliy Markazining vazifalari nimalardan iborat?
3-topshiriq. Mamlakatimizda oila huquqlari xalqaro huquqnormalariga mos ravishda muhofaza etilmoqda. Bu borada qanday ma’lumotlarni bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |