Mavzu: Oila tarbiyasi shakllari
Reja.
Tarbiya shakllari va oila.
Oilada bolalarni tarbiyalash shakllari.
O ta-onalarning tarbiya shakllarini tanlash va qo‘llash shart-sharoitlari.
Tayanch tushuncha: oila, tarbiya shakllari, bola tarbiyasi, ota-onalar tarbiyalash shakllari, shart-sharoitlar.
Oilada bolalani tarbiyalash shakllari.
Oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, uning ma’naviy va tibbiy salomatligi negizidir.
Sog‘lom turmush tarzi kishilarning hayot darajasi bilan, sixat-salomatligi, kayfiyati, intilishlari, ishonchi, kundalik o‘zgarishlar bilan, bu o‘zgarishlarqay darajada xalqimizning ehtiyojiniqondirishi bilan, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyoti darajasi bilan, eng muhimi yosh avlod tarbiyasini yuksak samaradorligini ta’minlaydigan chora-tadbirlar bilan bog‘liqdir.
Sog‘lom turmush tarzi oilaning farovonlik darajasi, sog‘ligi, maishiy xizmatga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laqondirish demografik jarayonlarni maqbul holatga keltirish, oila a’zolarining ma’naviy madaniyati, ongliligi, ahloqiy jihatlari va ijtimoiy mehnatdagi faolligi bilan belgilanadi.
Oilada turmush tarzn jismonan sog‘lom va aqlan barkamol yangi avlodni shakllantirish, mehnatqilish, dam olish va ijtimoiy faoliyat ko‘rsatishga yordam beruvchi oqilona hayot tarzini tashkil etadi.
Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uy-joy sharoitini yaxshilash, oila byudjetini to‘g‘ri taqsimlash, to‘g‘ri va sifatli ovqatlanish, spirtli ichimliklar, giyohvandlik, chekishniqat’iyan man etish, muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish, sanitariya-gigienaqoidalariga to‘la rioyaqilish, ma’naviy intellektual shaxs bo‘lishni talab etadi. Oilani moddiy imkoniyatlarini yaratish, ota-onalarning ongliligi, ma’naviyati darajasi farzandlarni jismonan sog‘lom, ma’nan boyqilib o‘stirishga imkoniyat yaratadi.
Atrof-muhitning ekologik musaffoligini ta’minlash, ekologik ong va tafakkurni shakllantirish ham aynan oilada amalga oshirilgandagina oilada sog‘lom turmush tarzini shakllanishida o‘zining ijobiy samarasini beradi.
Juda kup eshitamiz, anemiya, kamqonlik bilan ona bulishmoqda degan gaplarni. Lekin xotin-qizlardagi ekstrogenetal va surunkali kasalliklarning oldini olish, bemor onalarga tibbiy yordam kursatish borasida hukumatimiz tinimsiz chora-tadbirlar kurayotganligi ham ayon. Bugun biz shu xolatni ko‘z oldimizga keltirib, bo‘lg‘usi onaning taqdiri tug‘risida ko‘prooqqayg‘urishimiz kerak. Tibbiyot xodimlari bilishadi, ko‘pinchalik onalar u yoki bu infeksiyaning tashuvchilari sifatida ona bo‘lishadi, u xomiladan bolaga o‘tadi, natijada, gudaklar o‘rtasida, knchik yoshli bolalar o‘rtasida turli kasalliklar aniqlanmoqda. SHuning uchun ham eng avvalo, 2003 yil avgust oyidaqabulqilingan Vazirlar Mahkamasining 365-qarorinnng mohiyatini maktablarning yuqori sinflari o‘quvchilari, kollej va litseylarningqizlariga tushuntirishimiz, kasalliklarning oldini olib,qizlarni sog‘lom onalikka tayyorlashimiz kerak. Bu ham yosh onalarga, bulg‘usi avlodga g‘amho‘rligimiz bo‘ladi.
Butungi kunda Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazi xodimlarining ustivor maqsadlaridan biri ham mutaxassislar, tibbiyot xodimlari, maxalla faollari, xotin-qizlar kengashlari faollari ishtirokida ushbu yo‘nalishdagi mavjud muammolar va ularning echimini aniqlash. Zero, o‘tkazilgan tadqiqotlarimizga ko‘ra, 1,5 foiz texnik yunalishdagi va 1,8 foiz gumanitar yunalishda ta’lim olayotgan talabalarda reproduktiv madaniyat va xuquqqa oid elementar tasavvur va bilimlar bor, xolos. Buning oqibatida:
a) onalikka tayyor bulmasa-da, yosh qizcha qo‘rqmay tug‘adi;
b) anemiya bo‘lishigaqaramay, tanasiniqiynab turgan boshqa xastaligi bulsa-da, tavakkal kilib, tug‘ish holatlari kuzatil-mokda;
v) yosh ayol tug‘ish intervaliga rioya etmasdan turmush o‘rtog‘i yokiqarindoshlar ta’zig‘i bilan ikkinchi, xattoki uchinchi farzand ko‘ryapti. Talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan izlanishda ular orasida ham bakalavriant o‘qishi davridayok, 2-3 ta farzandning onasi
bo‘lgan. Salomatligi tekshirilganda, deyarli nogiron bo‘lib qolgan onalar borligi aniqlandi.
Bu vaziyatqizlarimizning, ayniqsa, talabaqizlarimizning repoduktiv huquqlari va ularni anglashlari borasida katta muammo borligini isbot etmoqda. YA’ni, ayolning, kelinchakning uz salomatligi holatidan kelib chiqib, ongli ravishda ona bo‘lishni rejalashtirishi, tug‘ilajak bolaning sog‘ tug‘ilishiga shaxsiy mas’uliyatini anglatsh, reproduktiv madaniyatning, renroduktiv huquqlarini bilishning ajralmas bo‘lagi. Aks holda o‘zbekona andisha bilanqizlarimiz hayotlarida hamqiz uchun, ham bolasi uchun tavakkalqilib, ona bulaveradilar, salbiy oqibati yana oilaga, jamiyatga ta’sirqilaveradi
Bu maqsadga erishishda tibbiyotimiz taraqqiyoti va moddiy-texnik ta’minlanishi, ayollarimizning tibbiy ma’rifati darajasi va aholi ma’naviyatining yuksalib borishi muhim rol o‘ynaydi.
Bu o‘rinda oila a’zolari o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini kuchaytirish ijobiy natijalar garovidir. Ularda faqatga sog‘lom ota-onadan sog‘lom farzand tug‘ilishini, yoshlarning tug‘ilgandan boshlab, muntazam o‘z salomatligiga ahamiyat berishlari lozimligi, jinsiy tarbiyani oilada, maktabda to‘g‘ri ashkil qilish zarurligi, qarindosh-urug‘ o‘rtasidagi nikohning zararli oqibatlari, 15-16 yoshli
qizlarni turmushga chiqishi qonun yo‘li bilan ta’qiqlanishi, sog‘lom onadan sog‘lom farzand tug‘ilishi oilaning balog‘at yoshidagi har bir a’zosi, tug‘ish yoshidagi ayollar ongiga singdiriladi.
Darxaqiqat demografik vaziyat murakkab bo‘lgan o‘zbekiston uchun oilani mustahkamlash, uni rejalashtirish - bugungi kunda shunchaki oddiy bir masala emas, balki uning echimini to‘g‘ri topish - respublika taraqqiyotini ta’minlashning omilidir.
Albatta oilani rejalashtirish haqida ran borar ekan, ran bu erda tug‘ishni cheklash haqida emas, balki tutish oralig‘ini uzaytirish hisobiga sog‘lom va jismonan baquvvat bolani dunyoga keltirish, onaning salomatligini tiklash nazarda tutiladi. Bu o‘z vaqtida oilaning iqtisodiy barqarorligini ta’minlanishida ham muhim rol o‘ynaydi. Oilani rejshlashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari, nazariy va amaliy jihatlari haqida o‘smirga, butun aholiga berilayotgan axborotlar mazmunini boyitish va takomillashtirish davr talabidir.
Respublikamizdagi demografik vaziyatni inobatga olib, oilani rejalashtirish, oila a’zolari salomatligining tibbiy-biologik asoslarini ilmiy-amaliy tadbiqetish, uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va ularni amaliyotga keng tadbiqetish xozirgi ijtimoiy-iqtisodiy va demografik sharoitda mustahkam oilani shakllanishi uchun zarurdir.
Oila jamiyatdagi iqtisodiy, ma’naviy va madaniy munosabatlardan tashqari tabiiy-biologik munosabatlarni ham ifodalaydi. YA’ni, oilada avlod davom ettiriladi. Jamiyat erkak va ayol o‘rtasidaga tabiiy munosabatlar madaniyatini tarbiyalash orqali ular o‘rtasidagi ahillikni mustahkamlashga ko‘maklashadi. Bu munosabatlar madaniyatini shakllantirish oila hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, bolalar salomatligi, soni va tug‘ilish muddatlarini maqsadga muvofiqlashtirishni, oilaning rivojlanish jarayonini ongli ravishda boshqarishni ta’minlaydi.
Tabiiyki, jamiyat tug‘ilish muammosiga befarqqaray olmaydi, bu holat uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Respublikamiz aholisi tez sur’atlar bilan o‘sayotgan mamlakatlarqatoriga kiradi. Uning asosiy sabablariniquyidagi omillar bilan izohlash mumkin: nikohlanish ko‘rsatkichlarining yuqoriligi, barvaqt nikohanish, migratsion harakatning pastligi, xalqimizning serfarzandligi va bolajonligi kabi.
Tug‘ish yoshidagi ayollarning salomatligini mustahkamlash, tug‘ilajak farzandning hechqanday asoratsiz sog‘lom tug‘ilishni ta’minlash maqsadida tug‘ilgan farzandlar oralig‘i 2 yoki 3 yil bo‘lishi tibbiy nuqtai nazardan tavsiya etilmoqda. Bu esa kelajagi buyuk o‘zbekistonimizni mutaraqqiy etgan davlatlarqatoridan o‘rin olishda o‘zining ma’naviy va jismoniy barkamolligi bilan ulushqo‘shadigan farzandlarni dunyoga kelishi, millatimiz genafondining saqlanishi uchun zamin hisoblanadi.
Qizlarning balog‘atga etmasdan turmushga chiqish, yoki juda kech turmushga chiqib ona bo‘lish holatlari ona va bola salomatligi uchun zararli oqibatlar keltirishi shubxasiz. Buning oldini olishda xotin-qizlarqo‘mitalari «Sog‘lom avlod uchun», «Bolalar», «Mahalla» jamg‘armalarining faoliyati onalar va bolalarning salomatligini ta’minlashga, aholining tibbiy ongini shakllantirishgaqaratilgandir.
Insoniyat tarixida oilaning paydo bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanishi tarixi, uning etnopedagogikasi va etnopsixologiyasi - mohiyatini davr talabi nuqtai nazaridan chuqur o‘rganish, ilg‘or g‘oyalarni amaliyotga tadbiqetish oila farovonligi va barqarorligini ta’minlash uchun zamindir. SHuningdek, xalqaro hamkorlik asosida umumjahon ilg‘or tajribalardan o‘zbek oilasi mentalitetiga mos foydalanish o‘zbekiston oilasini jahonga namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Oilada ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarni oilaviy hayotqurishga tayyorlash, ularni zamonaviy kasb-hunar sirlari bilanqurollantirish bilan birqatorda, xalqimizning asrlar davomida shakllanib kelgan kasb-hunar,qadriyatlarga hurmat va e’zozni shakllantirish oilaning iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini himoyaqilishda muhim omil hisoblanadi.
Jamiyatning asosiy tayanchi hisoblanmish oila barqarorligi, farovonligi, tinch-totuvligi va mustakamligini ta’minlash bilan bog‘liqmasalalarni hal etishda jamiyatning ushbu masalaga daxldor barcha institutlarning hamkorligini ta’minlash oila manfaatlarini ta’minlashda ijobiy samaralar garovidir.
Oila - mahalla – bog‘cha - maktab - oliy va o‘rta maxsus ta’lim -jamoatchilik tizimida amalga oshiriladigan barcha ta’limiy-tarbiyaviy ma’rifiy-madaniy targ‘ibot va tashviqot ishlari sistemalik, mustahkam hamkorlik, izchillik, uzviylik, ketma-ketlik tamoillari asosida tashkil etilgan taqdirdagina jamiyat rivojida oila o‘zining ijtimoiy vazifalarini to‘la ado etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Mustaqil respublikamiz iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy yuksalishning muhim omillaridan biri oila, mahalla, maktabning hamkorlikda olib boradigan tarbiyaviy jarayonni amalgaqaratilgan faoliyati hisoblanadi. o‘zbekiston Respublikasining ^Ta’lim to‘g‘risidagiqonunida oilaning jamiyat, davlag oldidagi mas’uliyatini anglab etadigan komil insonni tarbiyalashdagi roliga alohida e’tibor berildi. By borada «Oila- mahalla-maktab» dasturining yaratilishi muhimdir.
Oilada bola tarbiyasini yo‘lgaqo‘yishda mahallaning roli kattadir.qadimdan o‘zbek xalqi maxalla-jamoatchilik bilan hamjihatchilikda yashab, oilaviy urf-odat va an’analarni ular ishtirokida, ular bilan bamaslahat o‘tkazganlar-
Mahalla kishilarni birlashtiradigan, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifmy va tarbiyaviy ahamiyatta zga bo‘lgan jamoa vazifasini bajarib kelgan.
Maktab aholining, birinchi navbatda, ota-onalarning pedagogik uquvini amalga oshiradi, har bir oilada o‘zaro hurmat, bir-biriga yordam, insoniy munosabatlar muhiti yaratilishiniqo‘llab-quvvatlaydi, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarning bolalariga moddiy yordam ko‘rsatish yo‘lida fuqaro mehr-shafqat dasturini amalga oshirishda o‘zining tarbiyaviy imkoniyatlarini ochib beradi. Oila esa, o‘z navbatida o‘quv-tarbiya jarayoniniqaytaqurishda maktabga yaqindan yordam berib, o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyaning barcha jabhalarini egallashlari uchun maktab jamoasiga yaqindan ko‘maklashadi.
SHuning uchun ham oila, maktab va mahalla hamkorligi masalasi hozirgi davrning asosiy talabidyar.
Maktab tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning pedagogik jihatdan malakali, maqsadga muvofiqomillariga hamda keng imkoniyatlariga ega. Maktabdan tashqarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlar pedagogik-psixologikqoidalarga amalqilinmagan, maktab, oila va jamoatchilikning tarbiyaviy jarayoidagi talabi bir xilda bo‘lmagan taqdirda oilada ayrim hollarda tarbiyasi og‘ir bolalar paydo bo‘ladi, murakkab mkammolar yuzaga keladi. Bunday holatning oldini olishning muhim vositasi oila-mahalla va maktabning hamkorlik dasturi asosida ta’lim-tarbiyaviy ish olib borishni ta’minlashdan iboratdir.
Bunday mushtarak tarbiya asosida avlodlar vorisligi yotmog‘i lozim. Vorislikni ta’minlashning muhim omili oilaqadriyatlariga asoslanishdan iboratdir. Eng mux.imi, yoshlar ongiga, shuuriga kattalarga hurmat, ishda, o‘qishda odamlar bilan munosabatda ota-onadan o‘rnak olish, tarbiya, mehnat, insonparvarlik, vatanparvarlikqadriyatlarini chuqurroqo‘rganish va ularga amalqilish, umriboqiyligini ta’minlashdek muhim ishni amalga oshirish bugungi kunda ijtimoiy ehtiyojga aylanibqolmog‘iga erishish zarur.
YAna bir muhim masala - buqizlarning, onalarning jismoniy salomatligi. Bu masala oilaviy sportni rivojlantirish, uni ommalashtirish masalasi bilan bog‘liq. Zero, jismonan chinniqqanqiz bola ertaga ona bo‘lganda, uncha-muncha infeksiyaga yoki xastalikka bardoshli, uning bolasida ham immunitet kuchli bulishi fanda isbotlangan.
Zero, hammamizga ma’lumki, bugun yurtimizda sportga va aynan bolalar sportini rivojlantirishga mamlakat rahbarining uzi bosh-qosh bo‘lib turibdi. CHunki 1-Prezidentimizning ta’birlari bilan aytganda, «Sportning milliy genofondni yaxshilash, ijgimoiy muammolarni muvaffaqiyatli hal etish, millatning g‘urur-iftixorini ko‘tarish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tar-biyalash va boshqa soxalardagi ahamiyati beiihoya kattadir». Demak, jismoniy chingiqish va sport bilan shug‘ullanishning ma’naviy-ma’rifiy imkoniyatlari cheksiz. Agar yigit vaqizlarimiz ilk yoshlikda sport bilan shug‘ullansa, uni o‘zining turmush tarzidagi muhim, ajralmas odat va ko‘nikma tarzida ongiga singdira olsa, bu narsa uning inson sifatida shakllanishi, faoliyati uchun muhim bo‘lgan boshqa mashg‘ulotlarni hamqiyinchiliklarsiz enga olishga, salomatligigaqadriyat sifatidaqarashga o‘rgatadi. Masalan, bir xonadonda oil boshlig‘i bo‘lgan ota bolasi ilk yoshligidan shug‘ullanishi uchun oddiy trenajyorni o‘zqo‘li bilan yasab berdi va kuniga shug‘ullanish odatini farzandida shakllantirdi, deylik.bola katta bo‘lgan sari, u endi bu mashg‘ulotni hovlida, bog‘chasida, so‘ngra maktabida davom ettiradi. SHu kabi o‘zbek mintalitetimizga mos sport turlariniqizlar orasida kengquloch yozdirish, millat onasining sog‘lom bo‘lishiga yordam beradi.
Demak bugun sportni rivojlantirish, u orqali millatning ham qizi, ham o‘g‘lini tarbiyalash masalasi o‘zbek oilasini mustahkamlash, jamiyatni poklash, ma’naviyatni barqarorlashtirish kabi muhim ishlarning asoslari bilan bog‘lanmoqda. YOshlar orasida bu borada targ‘ibot – tashviqot qilganimizda uning mohiyatini to‘g‘ri tushuntirish, bola sport bilan faqat o‘zining jismoniy quvvatini tiklash va bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazish uchun emas, balki u orqali sog‘lom turmush tarziga amalqilish, ma’naviy va jismoniy kamolga intilish, turli salbiy ta’sirlar va zarali odatlardan halos bo‘lish, kuchli xarakterni shakllantirish uchun shug‘ullanishni o‘qtirishimiz kerak Demak, ana shunday fazilatlarga ega bo‘lganqizlar bugun bizga, hammamizga kerak-ota-onaga ham, ustoz murabbiyga ham mahalla faollariga ham, ishlab chiqarishni tashkil etuvchi mutasaddilarga ham. Eng muhimi- buqadriyatlardan shaxsning o‘zi – bo‘lg‘usi onalarning o‘zlari birinchi navbatda manfaatdor.
Demak, ushbulardan mantiqan jismoniy madaniyat va tibbiy-reproduktiv madaniyatni oshirishga umumxalq tadbiridebqarashimiz to‘g‘ri bo‘lishi fikri kelib chiqadi. Bu xulosa uchun yana ikkita kuchli asos bor. Birinchisi- sportning, ayniqsa,qizlar sportining o‘zi ommaviy tus olgandagina samarali bo‘lishini tushunishimiz lozim. YA’ni, bu ishgaqizlarimiz yoshlikdan faqat tilda emas, balki dildan yaxshi ko‘radigan mashg‘ulotgaqaraganday munosabatida bo‘lgandagina ommaviy tus oladi.
Demak, bu strategik maqsadimiz - mildiy genofondni yaxshilash, barkamol va sog‘lom avlod tarbiyasi borasida amalga oshirayotgan ishlarimizni sifat pog‘onasiga kug‘o‘taradi. Olimlardan biri - F. Naytingeyl yozgan ekan: «hozir hamshiralar bemorlargaqaramoqdalar, lekin shunday vaqtlar keladiki, ularningqaramog‘idagilar sog‘lom bulib, hamshiraning vazifasi faqat ularning betob bo‘libqolmasliklari uchunqayg‘urish bo‘libqoladi». Bugun bolalar sportini rivojlantirishgaqo‘shayotgan hissamiz, onalar vaqizlarning jismonan baquvvat va solom bo‘lishlarigaqayg‘urayotganimiz kelajakda, albatta, bemor onalar kam bo‘lib, faqat o‘zlarini chiniqtirish uchun ongli tarzda sog‘lom turmush tarzini shakllantira oladigan insonlar jamiyatiga kelishimizga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |