Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1980 – 1990-yillarda Italiya jamiyatida qanday ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi?
«Halol qo‘llar» kampaniyasi Italiyada qanday natijalarga olib keldi?
XXI asr boshlarida Italiya iqtisodiy rivojlanishda qanday yu- tuqlarga erishdi?
Yangi asrda Italiyada qanday muammolar saqlanib qolmoqda?
Mustaqil ish
MAVZU. OSIYO, AFRIKA VA LOTIN AMERIKASI MAMLAKATLARI SIYOSIY, IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHINING ASOSIY YO‘NALISHLARI
Modernizatsiyalashning murakkab yo‘li. XX asr oxiriga kelib Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida modernizatsiya muammolari chuqurlashib bordi. Bunda «sovuq urush»ning yakun- langanligi ham ma’lum rol o‘ynadi. SSSRdan yordam olib turgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi mamlakatlar u tarqalib ketgan- dan so‘ng og‘ir sharoitga tushib qoldi. Vyetnam, Laos, Angola, Mo- zambik, Kuba, Nikaragua kabi SSSR yordamiga tayangan davlatlarda tuzumlar almashdi yoki rivojlanishning muqobil yo‘llariga o‘tildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |