Pechat jahon-tarixi uzb 11-sinf 2018-2019 darslik



Download 5,07 Mb.
bet31/95
Sana14.02.2022
Hajmi5,07 Mb.
#448436
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   95
Bog'liq
jahon tarixi 11 uzb

YI va AQSH munosabatlari. «Sovuq urush» yakunlanib, kom- munizm xavfi bartaraf qilingandan so‘ng AQSH bilan YI o‘rtasidagi munosabatlarda ham o‘zgarish yuz berdi. 1990-yili YI va AQSH o‘rtasida Deklaratsiya – Transatlantik xartiya imzolandi. Unda ikkala tomonning yaqin hamkorligi, muhim masalalar bo‘yicha maslahat- lashuvlari ta’kidlandi.

YI va AQSH o‘rtasidagi munosabatlarning o‘ziga xos tomoni shun- daki, unda an’anaviy ikki tomonlama shartnomalar mavjud emas. Bu munosabatlar xalqaro tashkilotlarning me’yor va qoidalari bilan tar- tibga solinadi.


2007-yili YI va AQSH Transatlantik iqtisodiy integratsiyani chuqur- lashtirish to‘g‘risida kelishuv imzoladi va Transatlantik iqtisodiy ken- gash joriy qildi. Ammo tomonlar bu kelishuvni to‘liq amalga oshi- rishga shoshilmadi. 2000-yillar davomida bir qancha kelishuvlar imzo- lanib, ular tomonlar o‘rtasidagi aloqalarning turli xususiy jihatlarini tartibga solishga qaratildi.
AQSH va YI dunyoda eng yirik energiya iste’molchilari bo‘lib, ular atmosferaga eng ko‘p zaharli moddalarni chiqaradi. 2000-yillar boshlarida ikki tomon energetika samaradorligi, xavfsizlik va iqlim o‘zgarishi to‘g‘risida bayonot, Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risida BMTning Parij konvensiyasini imzoladi. Ammo 2017-yili AQSH prezidenti D.Tramp mamlakatning bu konvensiyadan chiqishini e’lon qildi. AQSH bilan YI o‘rtasidagi munosabatlarda ma’lum kelishmovchiliklar mavjud. Bu kelishmovchiliklar ayniqsa xalqaro muammolarni hal etishdagi yon-
dashuvlarning farqida keskin ko‘zga tashlanmoqda. AQSH xalqaro mojarolarni hal qilishda kuchga tayanish tarafdori, YI esa diplomatik imkoniyatlardan oxirigacha foydalanish lozim deb hisoblaydi. Shunga qaramasdan, ular o‘zaro siyosiy, harbiy-strategik va iqtisodiy hamkor- lik manfaatlari orqali bir-biri bilan uzviy bog‘langan. AQSH va YI yagona Yevroatlantik sivilizatsiyaning vakillari bo‘lib, bu ular o‘rta- sidagi munosabatlarni belgilovchi asosiy omil hisoblanadi.





Download 5,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish