Pechat jahon-tarixi uzb 11-sinf 2018-2019 darslik


MAVZU. G‘ARB MAMLAKATLARIDA INTEGRATSIYALASHUV JARAYONLARINING JADALLASHUVI. YEVROPA ITTIFOQI VA AQSH MUNOSABATLARI



Download 5,07 Mb.
bet30/95
Sana14.02.2022
Hajmi5,07 Mb.
#448436
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   95
Bog'liq
jahon tarixi 11 uzb

MAVZU. G‘ARB MAMLAKATLARIDA INTEGRATSIYALASHUV JARAYONLARINING JADALLASHUVI. YEVROPA ITTIFOQI VA AQSH MUNOSABATLARI


Integratsiyalashuv jarayonlari va ularning natijalari. XX asrning ikkinchi yarmida bosh- langan kapital, tovarlar, xizmat ko‘rsatish va ishchi kuchining erkin harakatlanishi G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida rivojlanish va yashash darajasini bir-biriga yaqinlashtirdi. Ishchi kuchlarining rivojlangan mamlakatlarga mav- sumiy yoki shartnoma asosida ishga borishi kam rivojlangan mamlakatlarda ishsizlik muam-

Yevropada integratsiyalashuv jarayoni
mosini hal qilishga ko‘maklashdi. Qoloq mintaqalarni rivojlantirish umumyevropa dastur-

lari ham bu mintaqalarning iqtisodiy o‘sishiga yordam berdi.

Integratsiya ta’sirida rivojlangan Yevroatlantika mamlakatlarida asta- sekin yagona iqtisodiy siyosat modeli shakllanib bordi. Ular o‘rta- sidagi asosiy farq iqtisodiyot ustidan davlat nazoratining darajasi, unga ta’sir ko‘rsatish usullari bilan bog‘liq edi.


1990-yillardan boshlab Yevropa integratsiyasining keyingi rivojlani- shi ikki yo‘nalish bo‘yicha bordi. Birinchidan, yangi a’zolarni qabul qilish yo‘nalishi bo‘lib, 1996-yili a’zolar soni 15 taga yetdi. 2002-yili Kopengagenda (Daniya) bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Yevroittifoqqa yangi a’zolar – Vengriya, Kipr, Latviya, Litva, Malta, Polsha, Slovakiya, Slo- veniya, Chexiya, Estoniya qabul qilindi. Albatta, yangi a’zolar uchun o‘tish davri ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu davr mobaynida ular o‘z qo- nunchiligini, moliyaviy va iqtisodiy tizimini yagona Yevropa talabla- riga moslashtirishi lozim edi. Ularga o‘zlarining ichki muammolarini hal qilish uchun Yevroittifoq budjetidan subsidiyalar berildi.
Ikkinchidan, integratsiyaning chuqurlashuvida Yevropa mamlakatla- rida o‘zaro siyosiy munosabatlar sohasini ham qamrab olish yo‘lidan borildi. Yevropa parlamentining maqomi oshdi, Yevroparlamentga

to‘g‘ridan to‘g‘ri saylovlar o‘tkaziladigan bo‘ldi. 1987-yili Yevropa Iqti- sodiy Hamkorlik tashkilotini YIga aylantirish bilan u «ichki che- garalarsiz makon» bo‘lib qoldi. 1993-yili yagona Yevropa fuqaroli- gini ta’minlagan Maastrixt kelishuvlari kuchga kirdi. YIga kiruv- chi mamlakatlar fuqarolari hech qanday vizasiz Ittifoqning istalgan mamlakatida o‘zi xohlagan muddat yashashi va mahalliy saylovlarda ishtirok etishi mumkin bo‘ldi. Qonunchilikni birxillashtirish huquqiy me’yorlarning yagona Yevropa tizimi shakllanishiga olib keldi. 2002- yili Yevropada (Buyuk Britaniyadan tashqari) yagona valuta – yev- ro joriy qilinishi YI davlatlarini yanada yaqinlashtirdi. Kelishilgan yagona tashqi va mudofaa siyosati olib borilmoqda. Endi Yevropa Ittifoqiga amalda konfederatsiya tipidagi yagona davlat tuzilmasi si- fatida qarash mumkin bo‘ldi. Yevroatlantika mamlakatlarining keyingi integratsiyasi G‘arbiy Yevropa bilan Shimoliy Amerika davlatlarining yanada yaqinlashuvi asosida yuz bermoqda.

Ammo so‘nggi paytlarda YIga kiruvchi bir qator davlatlar qar- zining haddan oshib ketishi katta muammolarni keltirib chiqardi. 2015-yilgi saylovlarda Gretsiyada hokimiyatga kelgan A.Sipras bosh- chiligidagi so‘llar hukumati mamlakatning qarzini kreditorlar qo‘ygan shartlar bo‘yicha uza olmasligini e’lon qildi. Shundan so‘ng o‘tkazilgan referendumda Gretsiya aholisining ko‘pchiligi hukumatni qo‘llab ovoz berdi. Gretsiya hukumati qarzlarning bir qismidan voz kechishla- rini talab qildi. Gretsiya qarzini restrukturizatsiya qilish to‘g‘risida Yevrokomissiya kelishuvga erishgan bo‘lsa-da, Yevropa markaziy ban- ki va Xalqaro valuta fondi bilan muzokaralar yana davom etdi.


Italiya va Ispaniyaning ham qarzlari juda katta miqdorni tashkil qila- di. Ayni paytda YIda iqtisodiy jihatdan yetakchilik qilayotgan Germaniya va Fransiyaning siyosiy bosimidan ham norozilik kuchayib bormoqda. Bu norozilikning yorqin namoyishi Buyuk Britaniyada 2016-yil iyunda o‘tkazilgan referendum bo‘lib, unda ishtirok etgan aholining yarmidan ko‘pi mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishi uchun ovoz berdi. 2016- yil sentabrda Bratislava shahrida bo‘lib o‘tgan YI rahbarlari yig‘ilishida ilk bor Buyuk Britaniya bosh vaziri qatnashmadi. Unda nutq so‘zlagan GFR kansleri A. Merkel YI og‘ir inqirozda ekanligini tan oldi.
Bu inqirozning yana bir namoyishi 2017-yil oktabr oyida Ispaniya- ning Kataloniya avtonom viloyatida o‘tkazilgan referendum bo‘ldi. Uning natijalariga ko‘ra Kataloniya mustaqilligi e’lon qilindi. Ammo Madriddagi markaziy hokimiyat referendum natijalarini tan olmadi, Kataloniya hukumati a’zolarini qamoqqa oldi va avtonomiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri Madriddan boshqarilishini e’lon qildi.

Download 5,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish