P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


Kishilar  ongining  o‘zgarishi



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

Kishilar  ongining  o‘zgarishi

Mamlakatimizda mustaqillikning g'alaba qilishi odamzod shaxsining — 

undagi  barcha  kuch  va  qobiliyatlarning  yayrab-yashnashi  uchun  mislsiz 

katta  imkoniyatlar  yaratib  berdi.  Ishlab  chiqarish  vositalarining  ijtimoiy 

mulkligi  ishlab  chiqarish  munosabatlarining  asosi  ana  shu  yangi  munosa- 

batlami aks ettiradigan yangi  ong ham  paydo bo'ldi.  Kishilar ongidagi bu 

yangilik kishilar o'rtasidagi  munosabatlaming o'zgarishida,  mehnatga  mu- 

nosabatning  o'zgarishida,  kishilar saviyasining  o'zgarishi  va  kengayishida, 

ulaming o'z  faoliyatida oldilariga qo'yadigan g'oyalaming o'zgarishida o'z 

ifodasini topdi.  Kishilarning o'zaro munosabatlarida o'rtoqlarcha hamkor­

lik va ishlab chiqarish jarayonida o'zaro yordam,  hamkorlik qaror topdi.

Bizda  kishilarning  mehnatga  munosabati  ham  tubdan  o'zgardi:  ilgari 

og'ir va mashaqqatli yuk deb hisoblangan mehnat shon-sharafga, shavkat va 

qahramonlik  ishiga aylandi.  Mehnatda zavq-shavq  qo'zg'aydigan  manbalar




paydo bo'ldi.  Bizda  mehnat faqat yashash vositasi bo'libgina qolmay, balki, 

ehtiyojga shu  bilan birga,  shodlik va bardamlik manbalariga aylandi.  Kishi- 

laming  yuksak hislari  — Vatanimiz  baxt-saodati  uchun  ijodiy  mehnat  qili­

shida yangilik yaratish, kashfiyot bilan shug'ullanishda o‘z ifodasini topmoq- 

da.  Ozod  kishilarning  erkin  mehnati  zo‘r  ijodiyot  ekanligini,  bu  ijodiyotda 

kishining barcha jismoniy va ma’naviy kuchlari munosib ravishda qo‘shilishini, 

korxonalarimizning  ilg‘orlari  va tadbirkorlari  amalda ko‘rsatmoqdalar.

Kishilarning o‘zaro  munosabatlari  o'zgarishi  bilan  mehnatga yangicha 

munosabat  qaror  topishi  bilan  kishilarning  ongi  ham  o'zgardi.  Ular  o'z 

jamiyatiga  qarshi  bosh  ko'taradigan  kishilar  emas,  balki  o'z jamiyatining 

a’zosi uning fidoiysidirlar.  Ular Vatan oldidagi burchini, vazifalarini doimo 

yaxshi  anglaydigan kishilardir.  Mustaqillik davrida kishilarning fikr-hislari, 

intilishlari va  irodasi  ham  o'zgardi.

Kishilar  ongining  o'zgarishida  ijtimoiy  tuzum  qancha  yuqori  bo'lsa, 

ijtimoiy  muhitning  o'sib  kelayotgan  avlod  ongiga  ta’siri  shuncha  ortadi. 

Mustaqillikka  erishishimizning  o'zi  kishilarning  ongini  o'zgarishiga  sabab 

bo'ldi.  Jamiyatning  bolalar  ongiga  ta’sir  etishida  ta’lim-tarbiyaning  roli 

kattadir.  Chunki  bolalar yoshligidan  atrofdagi  kishilar  bilan  munosabatda 

bo'lib,  bilimlar,  ko'nikma  va  malakalami  egallaydilar.  Bolani  o'rab  olgan 

ijtimoiy muhit  (tabiat, jamiyat, jamoa va guruh),  mehnat va til  faqat inson 

shaxsi taraqqiyotining shartlarigina bo'lib qolmay, bolalar uchun maktabda 

o'quv  predmetiga  aylanadi.  Bilim  va  ko'nikmalarni  egallash  bolaning 

ma’naviy jihatdan o'sishiga yordam  beradi,  dunyoqarash shakllanadi.

Inson ongining o'zgarishida uning faollik ko'rsatishi ham muhim ahami­

yatga ega. Agar bola tug'ilganidan boshlab faollik ko'rsata boshlasa, keyin- 

chalik  bu  faollik  faoliyatga  aylanadi.  Faoliyat  esa  kishining  o'zini  o'rab 

olgan  tabiatga,  ijtimoiy  muhitga  va  ayrim  kishilarga  ta’sir  ko'rsatishidir. 

Bulaming  hammasi  kishilar ongining o'zgarishiga sabab bo'ladi.




Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish