P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


IV.  KO‘NIKMA VA MALAKALARNING  H O SIL



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet350/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

IV.  KO‘NIKMA VA MALAKALARNING  H O SIL 

BO 'LISH   JARAYONI

Ko'nikma va  malakalar hosil  bo'lishning  nerv-fiziologik  asosi  shartli 

reflekslardir.  Har  bir  malaka  va  har  bir  odat,  o'z  fiziologiyasi  asosiga 

ko'ra,  shartli  refleks bog'lanishlari  sistemasidan  iborat.  Malaka  va odat- 

larning hosil bo'lishida,  shuningdek,  ulaming o'zgarishida shartli refleks- 

laming  hosil  bo'lishi,  o'zgarishi  hamda tormozlanishiga oid bo'lgan  bar­

cha  qonunlar,  jumladan,  dinamik  stereotip  hosil  bo'lishi  qonuniyatlari 

amal  qiladi.  Malaka  va  odatlarni  o'rganishda  l.P.  Pavlovning  quyidagi 

so'zlarini nazarda tutish lozim: «Bizdagi tarbiya, ta’lim, intizomning bar­

cha turlari,  har qanday odatlar qator-qator tuzilgan juda ko'p shartli  ref­

lekslardan  iborat  bo'lsa  kerak.  Muayyan  sharoit,  ya’ni  muayyan 

qo'zg'ovchilar bilan harakatlarimiz o'rtasida hosil bo'lgan va mustahkam- 

langan bog'lanishlar ko'pincha,  hattoki ataylab qarshilik qilishimizga qa­

ramay,  doimo  o'z-o'zidan  takrorlanaverishini  kim  bilmaydi?  Bu  narsa 

muayyan  bir harakatlarni  bajarishga  va  shuning  bilan  birga,  bunday  ha- 

rakatlami  to'xtata  bilishga,  ya’ni  ham  musbat,  ham  manfiy  reflekslarga 

baravar  taalluqlidir.  Shuningdek,  ba’zan  o'yin  paytida  yoki  turli  san’at 

mashg'ulotlarida ishda uchraydigan ortiqcha harakatlarni yo'qotish uchun 

lozim bo'lgan tormozlanish tug'dirish oson emasligi ma’lumdir» (Полное 

собрание  сочинений,  IV tom,  415-bet).

Psixikaning taraqqiyoti  degan  bobda  ko'rsatib  o'tilganidek,  malaka va 

ko'nikmalar  hayvonlarda  ham  hosil  bo'ladi.  Hayvonlarda  malaka  va 

ko'nikmalar ulaming ehtiyojlariga, yashash sharoitiga bog'liq holda,  taqlid 

yo'li bilan va shuning bilan biiga, odamlar tomonidan o'igatish yo'li bilan 

hosil bo'ladi.  Hayvonlarda malaka va ko'nikmalar birinchi signal sistemasi



doirasidagi  bog'lanishlar  asosida  vujudga  keladi.  Odamda  malaka  va 

ko'nikmalaming hosil bo'lishida birinchi signal  sistemasi bilan o'zaro mu­

nosabatda bo'lgan  ikkinchi signal sistemasi ko'proq ahamiyatga  egadir.

Biron narsaning uddasidan chiqa oladigan bo'lish uchun kishi, dastawal 

qanday harakatlarga intilish kerakligini va bu harakatlarning qay yo'sinda 

amalga oshirilishini bilib olishi va esida saqlab qolishi  kerak.  Shundagina 

kishi talab qilingan  natijaga erishishi  mumkin.  Ishning bajarish  usullarini 

bilgandan so'ng yoki bilish mobaynida kishi birovning tushuntirishi bo'yicha 

yoki  nusxaga qarab,  xuddi shunday harakatlarni qila boshlaydi.  Masalan, 

endigina  yozishni  o'rganayotgan  bola  «а»  harfini  qanday  yozish  kerak­

ligini o'qituvchining tushuntirishidan va nusxadan qarab bilib oladi. So'ngra 

bu  harfni  uning  o'zi  ham  yoza  boshlaydi.  U  awal  yarim  doira  shaklini 

chizadi  va  buning  o'ng  tarafiga  pastki  tomoni  biroz  qaytarilgan  to'g'ri 

chiziq  qo'shadi.  Bu  bolaning  «а»  harfini  o'igana boshlashi  demakdir.

Biron ishning uddasidan chiqishni  o'rganishning bu dastlabki davrida 

har bir yangi  harakat ongli  ravishda bajariladi.  Kishining diqqati,  odatda, 

bajarilayotgan  ishning  o'ziga  emas,  balki,  ko'proq  o'zining  ayrim  ha- 

rakatlariga  qaratilgan  bo'ladi.  Biron  ishning  uddasidan  chiqishni 

o'rganishning bu  davri  tegishli  ish-harakatlami  yoki  zehniy  ishni  amalga 

oshirishda  kerak  bo'ladigan  usullarni  ongli  ravishda  tanlashdan  iborat 

bo'ladiki, bu usullarning birga qo'shilishi natijasida maqsadga muvofiq va 

to'g'ri  ish  harakatlar qilinadi.  Ammo  biron  ishning  uddasidan  chiqishni 

o'rganishning dastlabki  davridagi harakatlar ko'pincha bir-biriga qovush- 

magan  bo'ladi.  Masalan,  bola  xat  yozishni  o'rganar  ekan,  «а»  harfini 

faqat  bitta  harakat  yordami  bilan  emas,  balki  eng  kamida  ikkita  harakat 

yordami bilan yozadi, u yarim doira shaklini alohida chizib oladi va so'ngra 

esa bunga  pastki  tomoni  biroz  qayrilgan  chiziq  qo'shadi.

Biron ishning uddasidan chiqishni o'rganishning dastlabki davriga xos 

bo'lgan  xarakterli  xususiyatlardan  biri  ortiqcha  kuch  sarf etishni  talab 

qiluvchi yanglish va qo'shimcha harakatlarning ko'p bo'lishidir.  Masalan, 

endi  yozishga  o'rganayotgan  bolalar,  ko'pincha,  yozish  paytida  tillari, 

yuz  muskullari,  butun badanlari bilan zo'r berib harakat qiladilar,  ba’zan 

oyoqlarini  ham  qimirlatadilar.

Biron ishning uddasidan chiqishni o'rganishning bundan keyingi dav­

ri  — bilib  qilinadigan  ongli  harakatning  mustahkamlanish  va  takomilla- 

nish davridir.  Bunda ko'nikmalar mashq qilish orasida mustahkamlanadi. 

Mashq  — ko'nikma  hamda  kerakli  usul  va  harakatlarni  mustahkamlash 

hamda takomillashtirish maqsadida ulami ko'p marta takrorlashdir.  Mashq 

jarayonida  harakatlar faqat  mustahkamlanibgina qolmay,  balki  o'zgaradi 

va aniq,  tez hamda  puxta bajariladigan bo'ladi.

Yozishni endigina o'rganayotgan bola har bir harfni to'g'ri va chiroyli



qilib  yozishga  intiladi.  Lekin  bola  dastawal  boshdan  shoshib  yozadigan 

bo'lsa,  bunda  u juda  ko‘p  kalligrafik  va  orfograflk  xatolarga  yo‘l  qo'yib 

yuborishi  mumkin.  O'quvchi  faqat  uzoq  vaqt  davomida  mashq  qilishi 

orqali  to'g'ri  va chiroyli  yozishni  saqlab qolgan holda,  tez yoza oladigan 

bo'ladi. Agar o'quvchi  hali birinchi chorak davomida o'qishning elemen­

tar  usullarini  egallamagan  bo'lsa-yu,  lekin  tez  o'qishga  intilsa,  bunday 

qilganda, odatda, o'qishda ham juda ko'p xatolar (ayrim so'zlarni tashlab 

ketish, matnni yanglish o'qish)  ro'y beradi. Yil oxiriga kelib, o'qish texni- 

kasining tobora takomillashishi bilan o'quvchining o'qish tezligi ham te­

gishli  ravishda  ortib  boradi.

Mashqlar jarayonida kishining ixtiyoriy diqqati butun ishga ham,  uning 

ayrim  tomonlariga  ham  qaratilgan  bo'ladi.  Bunda  harakatlarning to'g'ri 

bajarilayoganligi,  asosan,  ko'z  bilan  nazorat  qilinadi.

Biron  ishning  uddasidan  chiqishni  o'rganishning  bu  davrida  ayrim 

harakatlarning  bir-biriga  muvofiqlashuvi  (koordinatsiyasi)  takomillasha- 

di.  Bir  necha  harakatlar  bir  butun  murakkab  harakat,  amal  bo'lib  bir- 

lashadi,  umuman  qattiq  zo'r berish  ozayadi  va  ko'p  ortiqcha  harakatlar 

yo'qola boradi.

Ortiqcha va qo'shimcha harakatlarning yo'qotilishi differensirovka hosil 

bo'lishning  natijasidir:  muvaffaqiyatli  natija  bilan  quwatlanmagan  ha­

rakatlar asta-sekin  tormozlanadi,  kerakli  natijaga  olib  boruvchi  turli  ha­

rakatlar esa  mashq  qilish  davomida  tobora  mustahkamlanadi.

Harakatlarning  avtomatlashish  davrida  ko'nikmalar  faqatgina  juda 

yaxshi  mustahkamlanib  qolmay,  balki  yanada  takomillashadi,  bu  davrda 

ortiqcha  harakatlarning  yo'qola  borishi  davom  etadi,  kerakli  harakatlar 

esa yanada aniqroq,  ixchamroq  va  tezroq bo'la boradi.

Malakaning  mustahkamlanishi  va  avtomatlashishi  maxsus  mashqlar 

va  o'rganish  davrida  tugallanmaydi.  Malakalar  faoliyatning  o'zida  ham 

takomillashaveradi.  Masalan,  agar  kishiga  umrida juda  ko'p  yozish  va 

o'qish to'g'ri  kelsa,  uning orfografiya  malakasi juda  mustahkam  bo'ladi. 

Barcha  mehnat  malakalari  mehnat  jarayonining  o'zida  takomillashadi. 

Malakani  egallash uchun qilinadigan maxsus mashqlar faqat tayyorgarlik 

ahamiyatiga  egadir.

Shunday  hollar  ham  bo'ladiki,  bunda  malakalar  maxsus  mashq  va 

o'rganish  natijasida hosil  qilinmay,  balki  faoliyat jarayonida  hosil  qilina- 

veradi,  hatto  ishni  uddalay  bilishni  avtomatlashtirish  ko'zda  tutilmagan 

taqdirda  ham  faoliyat jarayonida  hosil  qilinaveradi.

Avtomatlashgan harakatlar, ya’ni ko'nikma va malakalar ong nazorati- 

dan batamom chiqib ketmaydi.  Sharoit  o'zgarib qolgan  paytda ular yana 

ongli  ravishda  takrorlanaveradi,  bunda  qilinadigan  ayrim  ishlarni  o'ylab 

olinadi.



Avtomatlashgan harakatlar biron-bir to‘siqqa duch kelib qolgan payt- 

larida shunday boMadi. Masalan, yurish juda ham avtomatlashgan va mus- 

tahkamlangan  malakadir.  Ammo  yoMda  to'satdan  o‘ra  yoki  keng  ariq 

uchrab  qolsa,  kishi  bu  to‘siqdan  xatlab  o'taymi  yoki  aylanib  o‘taymi, 

bulardan  qay biri  ma’qulroq deb o'ylay boshlaydi.

Taxtani  randalash  paytida  ko‘zli joyga  to‘g‘ri  kelib  qolish  mumkin. 

Ana  shunday holda bu  ko‘zni  nima  qilish  kerak,  tashlab  o'tish  kerakmi, 

yoki  ko'rib  turib  qattiqroq  randalab  yuborish  kerakmi,  degan  ma’noda 

ongli  ravishda  biron  usul  qidirila boshlanadi.

Faoliyatning  sharoiti  o'zgarib  qolganda,  yangi  vazifalar  qo'yilganda 

kishi ulami ongli  ravishda boshqa yo'l va usullar bilan bajarishga o'tishda 

ham shunday boMadi. Bu shu narsadan dalolat beradiki, ko'nikmalar ustidan 

ongli  nazorat  qilish batamom  yo'qolmas ekan.

O'quvchilaming ishlab chiqarish mehnatiga doir ko'nikma va malaka- 

larni  egallashlari  tufayli  maktabning  turmush  bilan  bog'lanishi  va 

o'quvchilami  amaliy  faoliyatga tayyorlash amalga oshiriladi.

\  O'qish jarayonida hosil boMadigan hamma ko'nikma va malakalar o'zaro 

bir-biri  bilan  bogMangan  holda  hosil  boMadi.  Chunonchi,  o'qish  ishlari 

bilan bogMiq boMgan ko'nikma va malakalarning shakllanishi ishlab chiqa­

rish  mehnatiga doir ko'nikma hamda  malakalarning  o'zlashtirilishiga yor­

dam beradi.  Ishlab chiqarish mehnati va sport sohasiga doir malakalarning 

o'zlashtirilishi  ham  o'zaro bogMiq boMgan  hodisadir.

Maktablarda  va  kasb-hunar  kollejlarida  asosiy  diqqat  o'quvchilarda 

ishlab  chiqarish  mehnatiga  doir  ko'nikma  va  malakalami  hosil  qilishga 

qaratilgan.  Ana  shunday  ko'nikma  va  malakalami  yuzaga  keltirish 

o'quvchilardan  alohida jiddiylik bilan  aqliy  kuchlarini,  ya’ni  idrok,  xoti­

ra,  xayol,  tafakkur,  diqqat  va  irodalarini  qattiq  zo'r  berib  ishga  solishni 

talab  etadi.  Inson  psixikasining  ana  shu  hamma  tomonlari  ko'nikma  va 

malakalar egallashning dastlabki davrida xususan yaqqol namoyon boMadi.

Shuning  bilan  bir  vaqtda  ko'nikmalar  hosil  bo'lish  jarayoni 

o'quvchilaming  aqliy  taraqqiyotlariga  ta’sir  qiladi.  Harakatlar  yordami 

bilan bajariladigan ishga oid ko'nikmalarda bu harakatlar qaratilgan narsa- 

lami  idrok  qilish  chuqurlashadi  hamda  aniqlashadi.

Qanday bo'lmasin bir ishni  qila bilish tafakkur va xayolning taraqqi- 

yotiga yordam beradi. Malaka egallash jarayoni juda ham to'plangan hamda 

barqaror diqqat  va  irodaning  taraqqiyotiga  yordam  beradi.

Ishlab chiqarish  mehnatiga doir ko'nikmalar o'quvchilardan turli xil­

dagi  a’zoi  badan  harakatlarini  hamda  a’zoi  badanning  zo'r  berishi  talab 

qilinadi  va  shu  bilan  o'quvchilar  muskul  sistemalarining  mustahkamla- 

nishiga yordam  beradi.

Shuning  uchun  ishlab  chiqarish  mehnatiga  doir  ko'nikmalarni  hosil



qilish  maktabdagi  o'qitish jarayonining birdan-bir maqsadi bo'lib qolmay, 

balki  boshqa  o'quv  predmetlari  singari,  o'quvchilami  aqliy  va  jismoniy 

jihatdan har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida ham xizmat  qiladi.


Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish