3. Yuksak nerv faoliyatining asosiy qonuniyatlari
Yuksak nerv faoliyatining asosiy jarayonlari qo‘zg‘alish va tormozlanishdir.
Bu jarayonlar betartib (xaotik ravishda) ro‘y bermay, ma’lum sabablar bilan
yuzaga chiqadi, nerv faoliyatining muayyan qonunlariga bo'ysunadi.
Qo‘zg‘alish
Bosh miya po'stida qo'zg'alish bo'lgandagina shartli reflekslar hosil
bo'ladi.
Yuqorida aytilganidek, shartli refleks birdaniga hosil bo'lmaydi, balki
shartli qo'zg'ovchining shartsiz qo'zg'ovchilar bilan bir necha marta birga
takrorlanishi natijasida hosil bo'ladi. Lekin bunda, shartsiz qo'zg'ovchi
bilan shartli qo'zg'ovchining birgalikdagi ta’siridan hosil bo'lgan nerv
qo'zg'alishi darrov miya po'stining qandaydir biron markaziga joylash-
may, balki katta yarim sharlarga irradiatsiyalanadi, ya’ni tarqaladi, yoyi-
ladi. Chunonchi, itda muayyan balandlikdagi tovushga, masalan, do to
vushiga (ya’ni 1024 tebranishda) shartli refleks hosil qilina boshlaganda,
dastlab bu tovushning o'zigina emas, balki har qanday balandlikdagi to-
vush ham itning og'zidan so'lak chiqaraveradi. Demak, bu yerda shartli
qo'zg'ovchiga javoban faqat eshituv markazining biron muayyan nuqta-
sida bog'lanish hosil bo'libgina qolmaydi: bu yerda miyaning shu qismi-
dan tashqaridagi yarim sharlar sohasida ham bog'lanishlar hosil bo'ladi.
Qo'zg'alishning tarqalishi (irradiatsiyasi) shartli reflekslarning umumiy-
lashuviga (generalizatsiyasiga) olib keladi. I. P. Pavlov ta’limotiga ko'ra,
yoyilish (irradiatsiya) jarayoni, ayni shuni ko'rsatadiki, ayrim funksiya-
laming markazlari miya po'stining muayyan qismlarida turgan emas, bu
markazlar bir-biridan aniq chegara bilan ajralgan emas.
Nerv jarayonlarining irradiatsiyasi va konsentratsiyasi shartli
qo'zg'ovchining takrorlanish soniga bog'liq bo'lishdan tashqari, yana
qo'zg'ovchining kuchiga ham bog'liq. Sezgi, idrok va tasawurlarimizdan
ba’zi birlarini awal boshda noaniq va mujmal bo'lishi kabi hodisalaming
sababi qo'zg'alishning irradiatsiyasidir. Qo'zg'alishning konsentratsiyasi
sezgi, idrok va tasawurlarimizni aniq va ravshan qiladigan mexanizmdir.
Tormozlanish
Tormozlanish qo'zg'alish jarayonining aksi bo'lgan jarayondir. Tor
mozlanish jarayonlari ham qo'zg'alish jarayonlari singari, irradiatsiya va
konsentratsiya qonunlariga bo'ysunadi. Buning ma’nosi shuki, tormoz
lanish jarayoni yarim sharlaming bir necha qismiga va hatto butun miya
po'stiga yoyilishi yoki bosh miya po'stining qandaydir birontagina qismi
ga turishi (konsentratsiyalanishi) mumkin.
l.P. Pavlov tormozlanish jarayonini shartsiz va shartli tormozlanish
deb ikkiga ajratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |