Bosh miya po'stining sintez qilish faoliyati tashqi muhitning ana shu
ayrim elementlarini muayyan bir komplekslarga birlashtirishdan iborat.
«Sintez — nerv tutashish hodisasi bo'lsa kerak», deydi l.P. Pavlov. Katta
yarim sharlar po'stining sintez qilish faoliyati tufayli shartli reflekslar vu
judga kelishi, ya’ni bosh miya po'stining turli qismlari o'zaro bog'lanishi
mumkin. Masalan, ovqatni qo'yish bilan so'lak ajralish shartli refleksi
ko'ruv analizatori bilan ta’m bilish analizatorining miya po'stidagi qism
lari o'zaro bog'langandagina vujudga kelishi mumkin.
Analiz va sintez l.P. Pavlov analizatorlar deb atagan maxsus nerv
mexanizmlari yordami bilan voqe bo'ladi. Pavlov ta’limotiga ko'ra, ana-
lizator — nerv-fiziologik apparat boiib, sezuvchi nervning periferiyadagi
chekka tarmoqlari (retseptor), nervning o'zi (o'tkazuvchi yo'l) va miya
po'stining muayyan qo'zg'alishini qabul qiladigan qismidan iborat. Har
bir analizatorning periferiyadagi chekka tarmoqlari tegishli sezgi organ
larida — ko'ruv organida (ko'z), eshituv organida (quloq), hid bilish orga-
nida (burun — halqum) va boshqa organlarda bo'ladi.
Analizator — awalo sezgi va idroklarimizning nerv-fiziologik apparatidir.
Analizator quyidagicha ishlaydi: analizatorning chekka tarmoq egati
(retseptor) tegishli qo'zg'alishlami sezib, qaytadan ishlab, maxsus nerv
qo'zg'alishiga aylantiradi. Masalan, ko'ruv retseptori tabiatdan yorugiik
tebranishlarini, eshituv retseptori esa havo tebranishlarini ajratib oladi. Anali-
zatoming ikkinchi bo'limi qo'zg'alishni periferiyadagi (chekka) tarmoqlardan
bosh miya po'stiga o'tkazadi. Bosh miya po'stida juda nozik, yuksak dara
jadagi analiz jarayoni ro'y beradi. Qo'zg'alishlar boshqa qo'zg'alishlar bilan
ham shu yerda bog'lanadi. «Markaziy nerv sistemasining shu yuksak dara
jadagi qismida, - deydi l.P. Pavlov, - juda nozik va cheksiz xilma-xil
analizatorlarning chekka tarmoqlarini ko'ramiz, shu bilan birga, tashqi
olamning analizatorlar tomonidan ajratiladigan eng mayda elementlari or
ganizm bilan doimo yangicha bog'lanib, shartli reflekslar hosil qiladi...».
Shu tariqa l.P. Pavlov taiimotiga muvofiq, bosh miya katta yarim
sharlari analizatorlar yig'indisidan iborat, bu analizatorlar esa doim tash
qi ta’sirlarni tarkibiy qismlariga ajratadi va ularni organizmning biror faoli
yati bilan bog'laydi. Qo'zg'ovchilarning analiz va sintez qilinishi bosh
miya po'stidagi yagona analiz-sintez qilish faoliyatining o'zaro bog'langan
ikki tomonidir. Bosh miya po'stining bu faoliyati idrok, xotira, xayol,
tafakkur va shu kabilarning asosiy mexanizmidir. l.P. Pavlov bosh miya
po'stining analiz va sintez qilish faoliyati organizmning tevarak-atrofdagi
muhit bilan naqadar keng va chuqur moslashuvi hamda muvozanatlashu-
vini belgilab beradi, deb hamisha uqtiradi.
Analiz va sintez yuksak nerv faoliyati haqidagi l.P. Pavlov taiimotining
asosiy tamoyillaridan biridir.