Po‘st ostidagi soha va po‘st ostidagi tugunlar difFerensiallashmagan va
umumiy sezuvchanlik markazidir. Emotsiya va instinktlarimiz shu soha
bilan chambarchas bogiiqdir. Harakatlarimizni idora etish uchun po‘st
ostidagi tugunlardan targil jismning ahamiyati, ayniqsa, kattadir. Targ‘il
jism zararlanganda, odatda, harakat kuchayadi, ammo poyma-poy boiadi.
Yuksak darajada tashkil topgan hayvonlarda psixik jarayonlarning va
odamda ongli jarayonlarning bevosita moddiy asosi bosh miya po‘stidir.
Bosh miyaning pastroqdagi boshqa hamma qismlari, shuningdek, orqa
miya — ongsiz reflektor harakatlarning markazlari boiib, xilma-xil
fiziologik jarayonlarni idora etadi. Bu yerda yana shuni aytib o‘tish
kerakki, bosh miyaning yuqorida aytilgan hamma qismlari va orqa miya
markaziy nerv sistemani bosib o‘tgan taraqqiyot yoiining bosqichlari-
dir. Bosh miyaning taraqqiyotidagi har bir qismi (pastdan yuqoriga qa
rab hisob qilganda) o‘zidan awalgi qismning ustiga qoplangan. Orqa
miya, undan keyin esa uzunchoq miya markaziy nerv sistemasining eng
qadimgi qismlaridir. Oldingi miya va po‘st genetik jihatdan miyaning
eng yosh qismlaridir. Markaziy nerv sistemasining yuqorigi qismlari taraq
qiy qilgunicha pastdagi (qadimgi) qismlari murakkabroq psixik funksiya-
larni ham bajargan deb o'ylash mumkin. Markaziy nerv sistemasining
yuqorigi qismlari tarkib topib taraqqiy qilishi bilan murakkabroq psixik
funksiyalar miyaning yuksak taraqqiy qilgan qismlariga o‘tadi. Shu bilan
birga psixik funksiyalar tobora murakkablashib va takomillashib bordi.
Psixik funksiyalar miyaning yuksak taraqqiy qilgan qismlariga o'tishi
bilan miyaning pastdagi qismlari muayyan refleks va instinktiv harakat-
larinigina idora etadigan boiib qoldi. Buning haqiqatan ham shunday
ekanligini quyidagi hollar ko‘rsatib turibdi. Biologik taraqqiyotning an
cha past bosqichlarida turgan hayvonlarning miya po'sti va oldingi mi-
yasi olib tashlanganda, bu qismlaming funksiyasini pastroqdagi qismlar
o‘tay boshlaydi (garchi mukammal shaklda boimasa ham, har holda,
o'taydi). Masalan, oldingi miyasi olib tashlangan baqa tamomila nor
mal baqaga o‘xshaydi. Bunday baqa odatdagicha o'tiradi; baqa turgan
taxta ag'darila boshlasa. u ag'anab tushmaslikka harakat qiladi; agar
baqa chalqancha ag'anab tushsa, o'nglanib oladi. Shunday qilib, baqa
miya yarim sharlaridan mahrum boisa ham harakat qilish va o‘z ha
rakatlarini muvofiqlashtirish qobiliyatini saqlab qoladi.
Yarim sharlari olib tashlangan kaptar og'ziga solingan ovqatni yeydi,
turtib yuborilsa yuradi; bunday kaptar turtinmasdan ucha oladi. Ammo
kaptar turtib yuborilmasa, odatda, qimirlamay turaveradi. Agar it miyasi
ning ikkala yarim shari olib tashlansa, sun’iy suratda boqilib borilsagina
bir necha yil yashay oladi. Bunday it og'ziga solingan ovqatni yeydi, yura
oladi. It urilsa vangillaydi, qattiq tovush eshitganda sapchib tushadi. Ammo
bunday it o‘zicha ovqat qidirib topolmaydi va hatto yaqinidagi ovqatni
ham topib yeya olmaydi. Bu it uni boquvchi kishilami tanimaydi. Awal
hosil qilgan malakalari yo‘qoladi, shu bilan birga, yangi malakalar hosil
qilish qobiliyati ham yo‘qoladi.
Ba’zi fiziologlar maymunlaming yarim sharlarini olib tashlab tajriba
lar qilganlar. Maymunlar operatsiya qilingandan keyin psixik funksiyalari
yo‘qolishi bilan birga, harakatlar, harakatni muvofiqlashtirish ham buzil-
gan. Ular to‘ppa-to‘g‘ri o‘tirib tura olgan, shuningdek, narsalarni chan-
gallay olgan, ammo, murakkabroq harakatlar, ayniqsa, yurish qobiliyati
buzilgan, shunday qilib, evolutsiyaning yuqori bosqichlarida murakkab
harakatlar va ulami muvofiqlashtirish funksiyalari ham miya po‘stiga o‘tadi.
I.P. Pavlov yuksak nerv faoliyatiga doir tekshirishlarida shunday hodi-
salarni ilmiy asosda tushuntirib berdi. Hayvonlar bosh miyasining ayrim
qismlarini olib tashlash ustidagi tajribalar shuni ko'rsatdiki, hayvon bio
logik taraqqiyotning qancha yuqori bosqichida tursa, quyi qismlarining
yuksak psixik funksiyalarni bajara olish imkoniyati o'shancha kam bo'ladi.
Odamda miyaning quyi qismlari yuksak psixik funksiyalarni bajarishga
mutlaqo qobil emas. Odam miyasining po'sti ostidagi qismlari po‘st funk-
siyasini loaqal qisman ham bajara olmasa kerak. Yarim sharlarsiz tug‘ilgan
bolalar (anzitsefallar) ni kuzatish bu holni juda ravshan tasdiqlaydi. Odat
da, bunday bolalar uzoq yashamaydi. Shunday bolalardan birining faqat
uch yil-u to'qqiz oy yashagani ma’lum. Bu bola doim yotgan, turishga
biron marta ham harakat qilib ko‘rmagan. U narsalarni ushlashga hech
urinmagan, hatto narsalarni qo'lda ushlab turishni ham bilmagan. Faqat
yuzida ba’zi bir harakatlar ko‘rilgan; u ba’zan ijirg'angan; emganda va
qoshiqlab ovqat berilganda lablari va tili harakatga kelgan. Bola tagi xo'l
bo'lganda ham hech parvo qilmagan. Bu bola bilan gaplashish yoki unga
biron narsa o'rgatish aslo mumkin bo'lmagan. Unda hatto eng oddiy
ko'nikmalar ham hosil bo'lmagan. Yuqorida aytilganlardan, miyaning po'st
ostidagi qismlarining psixik hayotga hech qanday aloqasi yo'q degan ma’no
chiqmaydi. Yarim sharlar po'sti o'z tolalari bilan bosh miyaning hamma
qismlariga va orqa miyaga bog'langan. Shu bilan birga, yuqorida aytilga-
nidek, orqa miyadagi nerv hujayralarining tolalari va po'st ostidagi soha-
laming tolalari yarim sharlar po'stining qismlariga bog'langandir. Shu
sababli butun markaziy nerv sistemasi va uning faoliyati bo'lmasa, psixik
hayot ham bo'lmas edi. Shu bilan birga, butera nerv sistemasining va
butun organizmning faoliyatida bosh miya po'sti asosiy rol o'ynaydi. l.P.
Pavlov ta’limotiga ko'ra, yarim sharlar po'sti oiganizmdagi hamma funk
siyalarni idora etadi, katta yarim sharlar po'sti
Do'stlaringiz bilan baham: