156
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan palata depu-
tatlari umumiy sonining ko‘pchilik
ovozi bilan qabul
qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,
konstitutsiyaviy qonunlar, ularga o‘zgartirishlar va
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini
qabul qilish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari
-
ning umumiy sonining
uchdan ikki qismidan iborat
ko‘pchilik ovoz talab qilinadi.
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan
qonun o‘n kun ichida Senatga ko‘rib chiqish uchun
yuboriladi.
Qonun chiqarish jarayonining to‘rtinchi bosqichi.
Senatga kelib tushgan qonun ro‘yxatga olinadi va
Senat Raisi tomonidan qonunni ko‘rib chiqadigan
hamda uning yuzasidan xulosa tayyorlaydigan qo‘mi -
taga topshiriladi. Bu ishga mas’ul qo‘mitaning
xulosa -
sida qonunni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risidagi
tavsiya ifodalangan baho bo‘lishi kerak. Qonunni rad
etish zarurligi to‘g‘risidagi xulosada mas’ul qo‘mita
-
ning qonunni rad etish zarur deb hisoblashining vajlari
bayon etilishi lozim. Mas’ul qo‘mitaning xulosasi
Senat Kengashiga taqdim etiladi,
Kengash qonunni
Senat majlisining kun tartibi loyihasiga kiritish-kirit-
maslik to‘g‘risida qaror qabul qi ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
tomonidan rad etilgan qonun O‘zbekiston Res
-
publikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga
qaytariladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Senati tomonidan rad etilgan qonunni qayta ko‘rib
chiqishda Qonunchilik
palatasi deputatlar umumiy
sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik
ovozi bilan qonunni yana ma’qullasa, qonun O‘zbe -
kiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul
qilingan hisoblanadi hamda imzolanishi va e’lon
qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga
Qonunchilik palatasi tomonidan yuboriladi.
157
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Qonun
-
chilik palatasi va
Senat yuzaga kelgan kelish-
movchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik
palatasi deputatlari va Senat a’zolari orasidan teng-
lik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin.
Palatalar kelishuv komissiyasi takliflarini qabul qil-
ganda qonun odatdagi tartibda ko‘rib chiqilishi
kerak.
Senatning majlisida qonunni ko‘rib chiqish ma’ru -
zachining mas’ul qo‘mita xulosasini o‘qib eshittirishi-
dan boshlanadi. Ko‘rib
chiqilayotgan qonun yuzasi-
dan uning muhokamasi tartibida senatorlar so‘zga
chiqishi mumkin.
Qonun Senat tomonidan senatorlar umumiy soni -
ning ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullanadi. O‘zbe kiston
Respublikasi Konstitutsiyasini, Konstitutsiyaviy qo
-
nun lari, ularga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risidagi qonunlarni ma’qullash
uchun senatorlar
umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat
ko‘pchilik ovoz talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: