O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz


Mavzuga oid adabiyotlar tahlili



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/225
Sana25.02.2022
Hajmi2,6 Mb.
#303787
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   225
Bog'liq
2. Falsafa 60-215 (20)

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.
Liderlik hodisasini 
ilmiy tadqiq etish tarixi XIX asrning oxirida boshlanadi. 
Bugungi kunga qadar liderlikning psixologik xususiyatlari 
Levin K., Bleyk R., Mouton J., Likert K., liderning shaxsiy va 
xulq-atvor xususiyatlari Kurachinova Yu.L., Sosland A.I. 
tomonlaridan tadqiq etilgan. Talabalar jamoasida liderlik 
fenomenini ko‘rib chiqish va olib borilgan tadqiqotlar 
universitetda o‘qish davrida uni shakllantirishning ba’zi old 
shartlarini aniqlashga imkon beradi. (Ananiev B.G., Kuzmina 
N.V., Kulyutkin Yu.N., Rean AA, Feldstein D.I., Yakunin 
V.A. va boshqalar)
Liderlik guruhlarga ta’sir o‘tkazish, ularni umumiy 
maqsadga erishishga undash, muomala jarayoni yordamida 
ma’lum vaziyatda namoyon bo‘lgan va aniq maqsadlarga 
erishishga qaratilgan shaxslararo o‘zaro ta’sir sifatida qaraladi. 
Psixolog K.Levin tadqiqot olib borib, uchta liderlik 
uslublardan foydalanish samarasini taqqosladi: avtoritar, 
demokratik va passiv [1]. Ushbu tadqiqot natijalari demokrat 
liderlik uslubidan eng yuqori samaradorlikni kutgan 
olimlarning fikrlariga zid edi. Keyinchalik olib borilgan 
tadqiqotlar shuni ham tasdiqladiki, demokratik uslub har doim 
ham eng samarali emas. 
O‘ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2021, [1/6]
ISSN 2181-7324 
 
FALSAFA 
http://science.nuu.uz/uzmu.php 
Social sciences 


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FALSAFA 
1/5/1 2021 
- 71 -
R.M.Stogdill fikricha, liderlik maqsadlarga erishishga 
qaratilgan guruh faoliyatiga ta’sir o‘tkazish jarayoni sifatida 
namoyon bo‘ladi [2]. Liderlik, shuningdek, guruh faoliyatini 
muvofiqlashtirish va boshqarish bo‘yicha o‘ziga xos 
harakatlar sifatida tadqiq etiladi. 
Y.Shtayrer ham liderlikni boshqa odamlarga ta’sir 
o‘tkazish jarayoni sifatida to‘rtta xususiyatini tavsiflaydii: 
birinchidan, ta’sir doimiy bo‘lishi kerak, ikkinchidan liderning 
ta’siri butun guruhga (tashkilotga, jamiyatga) sezilarli bo‘lishi 
kerak, uchinchidan, siyosiy lider ta’sir etishda aniq ustuvorligi 
bilan ajralib turishi lozim, to‘rtinchidan, liderning ta’siri 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuch ishlatishga emas, balki liderlikning 
qonuniyligini tan olishga asoslangan bo‘lishi lozim [3]. Ba’zi 
olimlar, masalan J.Blondel, liderlikni amalga oshirishda 
majburlash usulidan foydalanganliklarini tan olishadi. 
O‘rganish jarayonida liderlikning kelib chiqishi 
haqidagi bir qator nazariyalar ishlab chiqildi. Shulardan biri, 
keng rivojlangan va tarqalgan “xususiyatlar nazariyasi”. Buni 
samarali liderning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib 
beradigan, liderlikka bag‘ishlangan juda ko‘p sonli adabiyotlar 
tasdiqlaydi. Masalan, korporativ boshqaruvning eng taniqli 
mutaxassislaridan biri, Janubiy Kaliforniya Universitetining 
professori V.Bennis o‘zining “Lider bo‘lish to‘g‘risida” 
kitobida ushbu fenomenni quyidagicha ko‘radi: ko‘ra olish, 
ishonch, ehtiros, qiziqish, shaxsiyatning yaxlitligi, dadilllik 
[4]. 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish