O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


oxirgi bo’lib №____ poezd jo’natilgan. Menda ___ dona jezl bor. Telefon aloqasiga



Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/121
Sana13.03.2023
Hajmi1,99 Mb.
#918789
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   121
Bog'liq
ИДП лотинча графикада

oxirgi bo’lib №____ poezd jo’natilgan. Menda ___ dona jezl bor. Telefon aloqasiga 
o’tishingizni so’rayman (imzo)". 
Qo’shni stansiya navbatchisi xabar qilingan va o’zidagi ma'lumotlarga ko’ra jezllar 
miqdorini tekshiradi va ikkala apparatdagi jezllar yig’indisi juft bo’lsa, javob beradi: 
"Sizlardan oxirga bo’lib № ____ poezd yetib keldi. Sizlardan oxirgi bo’lib №____ 
poezd jo’natilgan. Menda _____ dona jezl bor. Peregon bo’sh. Telefon aloqasiga 
o’taman (imzo)". 
130.
Elektr-jezl tarmog’i tuzatilgandan so’ng va bu xaqda elektromexanik ko’rik 
jurnaliga yozuv kiritgandan so’ng, ammo poezd dispetcherlik aloqasi tuzatilmaganda, stansiya 
navbatchisi qo’shni stansiyaga quyidagi poezd telefonogrammasini uzatadi: 
"Elektr-jezl tarmog’i faoliyati soat _____ minutda tiklandi. Sizlardan oxirgi 
bo’lib №____ poezd yetib keldi. Sizlarga oxirgi bo’lib №____ poezd jo’natildi. Jezllar 
bo’yicha harakatlanishga o’tishingizni so’rayman (imzo)". 
Qo’shni stansiya navbatchisi, peregonning bo’shligiga ishonch hosil qillib, javob 
beradi: 
"Sizlardan oxirgi bo’lib №_____ poezd yetib keldi. Sizlarga oxirgi bo’lib 
№______ poezd jo’natildi. Peregon ochiq. Jezllar bo’yicha harakatlanishga o’taman 
(imzo)". 
131.
Jezl yo’qolganda, shuningdek, yetib kelgan yoki o’tib ketgan poezddan olinmay 
qolganda, stansiya navbatchisi ko’rik jurnaliga yozuv kiritadi va poezd dispetcheriga axborot 
beradi. Peregonning bo’shligi va stansiya apparatlarida uni cheklaydigan jezllar xaqiqatdan 
ham borligini tekshirib, poezd dispetcheri telefon aloqaga o’tishga buyruq beradi. 
Elektr jezl tarmog’i faoliyatini tiklash uchun stansiya navbatchisi SSB 
elektromexanigidan apparatdan yana bitta jezlni olishni talab qiladi. Apparatdan olingan jezl 
elektromexanikda saqlanishi kerak. 
Jezlning olinganligi xaqida elektromexanik va stansiya navbatchisi ko’rik jurnaliga 
yozuv kiritishlari shart. Bu xaqda poezd dispetcheriga axborot berilgandan so’ng, elektr jezl 
tizim tiklanadi. 
Yo’qolgan jezl topilganda, stansiya navbatchisi elektromexanikka xabar beradi, jezlni 
esa, to elektromexanik ilgari olingan jezl bilan birga jezl aptaratiga joylashtirgunicha o’zida 
saqlab turadi va bu xaqda ko’rik jurnaliga yozuv kiritiladi. 


132.
Biron stansiyadagi apparatda jezllar soni peregondagi ikkala apparatdagi 
jezllarning umumiy miqdorining to’rtdan biridan kamaysa, ushbu stansiya navbatchisi jezllar 
sonini regulirovka qilish zarurligi to’g’risida elektromexanikka xabar beradi. 
Elektromexanik peregonni chegaralovchi stansiya navbatchisiga uchrab, uning 
huzurida jezl apparatini ochishi va juft sondagi miqdorda jezllardan olishi, bu xaqda stansiya 
navbatchisi bilan birgalikda ko’rik jurnaliga olingan jezllar sonini ko’rsatib yozuv kiritishi 
shart. 
Olingan jezllarni elektromexanik jezllar miqdorini regulirovka qilish zarurati 
to’g’risida xabar qilgan stansiya navbatchisiga yetkazadi. Jezllar stansiya navbatchisi 
huzurida jezl apparatiga solinishi lozim, bu xaqda elektromexanik ko’rik jurnaliga apparatga 
solingan jezllar miqdorini ko’rsatib, yozuv kiritadi. 
SSB elektromexanigining jezllarni regulirovka qilish xaqidagi yozuvlari stansiya 
navbatchilarining imzolari bilan tasdiqlanishi shart. 
133.
Yo’l blokirovkasi bilan jihozlangan ayrim bir yo’llik peregonlarda ulardan 
foydalanish to’xtatilgan davrda, poezdlar harakatini elektr jezl aloqasi bo’yicha o’rnatishga 
ruxsat etiladi. 
DATK boshqaruvi raisining ko’rsatmasiga binoan bunday peregonlar rezerv sifatida 
elektr jezl aloqasi bilan jihozlanadi. Asosiy aloqa vositalaridan rezerv aloqaga va qaytadan 
asosiy aloqaga o’tish belgilangan tartibda - poezd dispetcherining buyrug’iga binoan amalga 
oshiriladi. 

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish