to’ldirilgan yashil blankdagi ruxsatnoma (DU-52 shaklidagi blank) beradi. Poezd
harakatlanish yo’lida joylashgan boshqa blok-postlar navbatchilari ham shunday qiladilar.
Jo’natilgan stansiyaga qaytayotganda poezd ko’rsatilgan barcha blok-postlardan
to’xtamasdan o’tadi va stansiyaga ochiq kirish svetofori yoki kirish svetoforining taqiq
ko’rsatmasida stansiyaga kirish xuquqini beruvchi belgilangan ruxsatnoma bo’yicha qabul
qilinadi.
Yo’l postlari (blok-postlar) navbatchilari barcha holatlarda qo’shni alohida punktlar
navbatchilariga xaqiqatda poezdning o’tgani to’g’risida telefon orqali xabar qiladilar.
Poezd stansiyaga kelganidan so’ng jezl-kalit stansiya navbatchisiga qaytariladi.
Stansiya navbatchisi jezl-kalitni apparatga joylab, qo’shni alohida punkt navbatchisiga poezd
qaytganlgini telefon orqali yetkazadi.
86.
Jezl-kalit nosozligida, shuningdek, blok-apparat jezl-kalit bilan jihozlanmagan
holatlarda, jo’natilgan stansiyaga qaytadigan poezd, blokirovka amal qilishi to’xtatilib, telefon
aloqasi bo’yicha jo’natiladi.
Bunday holatda poezdlar chiqish svetoforining taqiq ko’rsatmasida mashinistga yo’l
xati (qog’ozi) (DU-50 shaklidagi blank 87-betda keltirilgan) berilib jo’natiladi.
Agar ikki yo’llik peregonda poezd boradigan manzil oldindagi blok-postdan keyin
joylashgan bo’lsa, jo’natish stansiyasi blok-postgacha yo’l xati (qog’ozi) beradi, blok-post
navbatchisi esa postlararo peregonning bo’shligida harakatni davom ettirishga yo’l xati
(qog’ozi) beradi. Poezd ushbu Yo’riqnomaning 85-bandida ko’rsatilgan tartibda orqaga
qaytadi.
Poezdlar vaziyatiga bog’liq ravishda blokirovka amal qilishi poezd o’tishi kerak
bo’lgan postlararo peregonlarda bir paytning o’zida barchasida yoki avval peregon
stansiyasiga tutashgan birinchi, so’ngra har bir keyingi bo’sh peregonda to’xtatiladi.
Poezd peregondan qaytgandan so’ng blokirovka amal qilishi tiklanadi.
87.
Qo’shni stansiyagacha boradigan suruvchi lokomotivli poezd blokirovkasi
bo’yicha odatdagi tartibda, ushbu stansiyani suruvchi lokomotivli poezd jo’natilganligi xaqida
telefon orqali ogoshlantirib, jo’natiladi.
Peregondan jo’natilgan stansiyaga qaytadigan suruvchi lokomotivli poezd blokirovka
bo’yicha (ochiq chiqish svetoforida) jo’natiladi. Suruvchi lokomotiv mashinistiga jo’natilgan
stansiyada orqaga qaytish xuquqini beruvchi jezl-kalit taqdim etiladi.
88.
Jezl-kalit nosozligida, shuningdek, blok-apparat suruvchi lokomotiv uchun jezl-
kalit bilan jihozlanmagan holatlarda, jo’natilgan stansiyaga qaytuvchi suruvchi lokomotivli
poezd blokirovka amal qilishi to’xtatilib, telefon aloqasi bo’yicha jo’natiladi. Yetakchi va
suruvchi lokomotivlarning mashinistlariga yo’l xatlari (qog’ozlari) beriladi.
Peregonda blok-postlar mavjud bo’lganda ruxsatnomalar berish va suruvchi
lokomotivni jo’natilgan stansiyaga qaytishi ushbu Yo’riqnomaning 85-bandida ko’rsatilgan
tartibda amalga oshiriladi. Poezd qarshi stansiyaga kelganligi to’g’risida xabar olinib,
suruvchi lokomotiv qaytganidan so’ng, blokirovka amal qilishi tiklanadi.
89.
Maxsus o’zi yurar harakat tarkibi peregonga (shu jumladan, orqaga qaytadigan
bo’lib) odatdagi tartibda poezdlar singari jo’natiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: