1.1.O‘qitish maqsadi va vazifalari.
O‘qitish maqsadi:
Talabalarni aholining turli kontingyentlari orasida, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun tibbiy tyekshiruvdan o‘tkazish qoidalarini o‘rgatish. Aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, ijtimoiy va maishiy sharoitlarga moslashishini (adaptasiyasini) yaxshilash uchun jismoniy yuklamaning organizmga ta'sirini baholash usullarini o‘rgatish. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish.
O‘qitish vazifalari :
-jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning morfologik va funksional holatini baholashning asosiy prinsiplarini o‘rgatish ;
-jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida jismoniy mashqlarning samaradorligini baholash usullarini o‘rgatish ;
-asosiy, tayyorlov va maxsus tibbiy guruhlarida shug‘ullanish uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarni aniqlash ;
-vrach nazorati bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirishni va vrach nazorati xonasini jihozlashni o‘rgatish.
1.2.Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, o‘quviga va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar
Do'stlaringiz bilan baham: |