O„zbekiston xalqaro islom akademiyasi



Download 3,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/149
Sana21.06.2022
Hajmi3,91 Mb.
#689117
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   149
Bog'liq
i4ucFmwV hVui-qLDImZJlmNlrfGcfGU (1)

58 
 
boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarini axborot xavfsizligiga tahdidlar 
tо‗g‗risida ogohlantirishdan iborat.
 
―Axborot xavfsizligiga tahdid manbalari tasodifiy va oldindan kо‗zlangan bо‗lishi mumkin‖ 
. Dastur ta‘minotidagi kamchiliklar, texnik vositalarning nosozligi, malakaning yetishmasligi yoki 
foydalanuvchining xatolari tasodifiy tahdidlar hisoblanadi. Oldindan kо‗zlangan tahdidlar esa 
axborot zahiralariga zarar yetkazish maqsadida atayin amalga oshiriladi. Ular faol(aktiv) va 
nofaol(passiv) bо‗ladi. Nofaol tahdidlarga axborot zahiralaridan ularning vazifalariga ta‘sir 
kо‗rsatmagan holda ruxsat berilmagan foydalanishga bо‗lgan intilishlar kiradi. Texnik va dastur 
vositalariga, axborot zahiralariga ta‘sir qilish yо‗li bilan tizimning mо‗tadil faoliyatini buzishga 
qaratilgan tahdidlar faol tahdidlar hisoblanadi. 
Tajribadan ma‘lumki, xavfni bartaraf etishning eng oson yо‗li, shu xavfni oldindan aniqlab, 
unga qarshi ehtiyot choralarini qо‗llash hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, axborot xavfsizligini 
ta‘minlash borasida ham sohaga nisbatan potensial tahdid manbalarini aniqlash va himoya 
choralarini qо‗llash birlamchi vazifalardan hisoblanadi. 
Axborot 
xavfsizligiga 
tahdid 
manbalari 
ichki 
va 
tashqi 
manbalarga 
bо‗linadi.
Mutaxassislarning 
e‘tirof 
etishicha, 
axborot 
xavfsizligining 
dolzarb 
muammoga aylanishiga asosan tashqi manbalar sabab bо‗lgan. Chunki, bugun zamonaviy dunyoga 
egalik qilish uchun kurashning asosiy vositasi sifatida axborot tilga olinmoqda. Bunday vaziyatda 
axborot texnologiyalari va axborot boshqaruvi yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlar о‗zidagi bu 
ustunlikdan ijtimoiy ongga ta‘sir kо‗rsatish yо‗lida foydalanishdan tom ma‘noda manfaatdor 
hisoblanadi. 
Axborot xavfsizligiga tahdidning tashqi manbalari:
— chet el josuslik va maxsus xizmatlarining faoliyati; 
— chet el ommaviy axborot va global kommunikatsiya vositalari; 
— xalqaro guruhlar, tuzilmalar va alohida shaxslarning noqonuniy harakatlari; 
— axborot tarqatish va foydalanish bо‗yicha xorijiy davlatlar siyosatining amalga 
oshirilishi 
— tabiiy ofatlar va fojealar. 
Axborot xavfsizligiga tahdidning ichki manbalari:
— siyosiy, iqtisodiy va jamoat tashkilotlarining, alohida shaxslar va guruhlarning axborot 
tо‗plash, tarqatish va foydalanish sohasidagi noqonuniy faoliyatlari; 
— axborot sohasida fuqarolar va tashkilotlar huquqlarining buzilishiga olib keluvchi davlat 
tizimlarining qonuniy harakatlari va kо‗zda tutilmagan xatolari; 
— axborot tizimlarining dasturiy-texnik vositalarining bazaviy texnologiyalarini yaratish, 
sinash va ishlab chiqarish bо‗yicha mahalliy sanoatning talab darajasida emasligi. 
Axborot makonining vujudga kelishi nafaqat uni bо‗lib olish, balki unda kechayotgan 
jarayonlarni nazorat qilish va boshqarishni hoxlovchi tomonlarning paydo bо‗lishiga olib keldi. Bu 
guruhlarning kurash vositasi ham aynan axborot qurolidir. Tahlilchilar axborot quroli deganda 
odamlarga ruhiy ta‘sir kо‗rsatadigan va ularning ustidan nazorat qilish imkonini beruvchi 
vositalarni, kompyuter viruslarini, mantiqiy bomba, telekommunikatsiya tarmoqlarida axborot 
almashinuvini bostiruvchi moslamalarni, davlat va harbiy sohalarni boshqarishda axborotlarni 
soxtalashtirish kabi harakatlarni nazarda tutishadi. 


Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish