101
Ichki mehnat tartiboti qoidalari, mukofotlash nizomi va shu kabilarni tasdiqlash bilan
bog‗liq meyoriy buyruqlar ham asosiy faoliyatga oid buyruqlar sirasiga kiradi. Bunday buyruqlar
umumiy tarzda bо‗lib, muayyan bir shaxsga emas, balki butun jamoaga qaratiladi.
Buyruqning asosiy zaruriy qismlari:
1.
Gerb, muassasaning ramziy belgisi (blanka qismlari).
2.
Vazirlik va boshqarma nomi.
3.
Muassasa xos raqami.
4.
Hujjat shaklining xos raqami.
5.
Muassasa nomi.
6.
Sarlavhasi (mazmunidan kelib chiqib nomlanadi).
7.
Sanasi.
8.
Raqami (№).
9.
Buyruq chiqqan joy nomi.
10.
Hujjatning nomi (buyruq).
11.
Buyruq matni (basharti ilovalari bо‗lsa, qayd qilinadi).
12.
Rahbar yoki о‗rinbosar imzosi.
Buyruq loyihasi mutaxassislar tomonidan tayyorlanadi; bosh yoki yetakchi mutaxassislar,
huquq maslahatchisi, bosh hisobchi bilan kelishiladi. Huquq maslahatchisi buyruqni kо‗rishda
quyidagilarga e‘tibor beradi: masalani buyruq bilan rasmiylashtirish maqsadga qanchalik tо‗g‗ri
kelishi; buyruq loyihasi amaldagi qonunlarga, hukumat qarorlariga qanchalik muvofiq kelishi;
mazkur idoraning ilgari berilgan buyruqlariga mos kelishi. Buyruq loyihasiga tegishli imzolar
qо‗yilib, u blan-kaga kо‗chirilgach, tashkilot rahbari uni imzolaydi. Asosiy faoliyatga oid
buyruqlarda, odatda, mazmunidan kelib chiqib sarlavha qо‗yiladi (ba‘zi qisqa buyruqlarda
qо‗yilmasligi ham mumkin). rahbar imzolagan buyruq ish yuritish bо‗yicha mas‘ul xodim
tomonidan tegishli daftarga qayd etiladi.
Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi.
Asoslovchi (kirish) qismida buyruqdan maqsad, shart-sharoit, sabablar kо‗rsatiladi, asos
qilib olinayotgan buyruqqa havola qilinadi (nomi, raqami, sanasi yoziladi).
Ayrim
hollarda
buyruqqa asos bо‗lgan hujjat uning farmoyish qismi tegishli bandida ham kо‗rsatiladi. Ba‘zi
buyruqlarni asoslashga hojat bо‗lmasligi mumkin, bunday hollarda ular tо‗g‗ridan tо‗g‗ri farmoyish
qismi bilan ham berilaveradi.
Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan, bosh harflar bilan yoziladigan «buyuraman»
sо‗zidan boshlanadi. Shu sо‗zdan sо‗ng ikki nuqta qо‗yilib, yangi satrdan farmoyish -
buyruq
lar
beriladi. Zaruriyatga qarab farmoyishlar bandlarga bо‗linib, arabcha raqamlar bilan belgilanadi.
Raqamdan sо‗ng nuqta qо‗yilib, sо‗z bosh harfdan boshlanadi. Farmoyishlarda, odatda, kim qanday
vazifani qaysi muddatda bajarishi kо‗rsatiladi. Harakat majhul fel shaklida ifodalanadi («amalga
oshirilsin», «taminlansin», «yuklatilsin», «hisoblansin» va h.k.). bajaruvchilar – muassasa yoki
uning tarkibiy qismlari (bо‗limlari), mansabdor shaxslar (lavozimlari kо‗rsatilgan holda) kо‗pincha
jо‗nalish kelishigida qayd qilinadi.
Buyruqda ishning bajarilish muddati umumiy tarzda yoki har bir farmoyishda aniq
kо‗rsatilishi mumkin. Buyruq imzo chekilgandan sо‗ng kuchga kiradi. Lekin ayrim bandlarga oid
farmoyishda kuchga kirish muddati aniq kо‗rsatilgan bо‗lishi mumkin. Buyruqning farmoyish qismi
oxirida buyruqni nazorat qilish kimga yuklatilganligi ham qayd qilib qо‗yiladi: «buyruq ijrosini
nazorat qilish (lavozimi va familiyasi tо‗liq yoziladi) zimmasiga yuklatilsin». Ba‘zi buyruqlarda shu
buyruq munosabati bilan ilgarigi joriy yoki boshqa xil hujjat bekor qilinganligi ham kо‗rsatib
о‗tiladi.
Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruq yoki individual buyruqlar biror xodim ishga qabul
qilinganda yoki bо‗shatilganda, boshqa bо‗limga о‗tkazilganda, shuningdek, muayyan xodim
mukofotlanganda, mehnat tatiliga chiqqanda va shu kabi hollarda beriladi. Bunday buyruqlar,
odatda, bо‗limlar rahbarlari tavsiyanomasi, shaxsiy arizalar va shu kabilar asosida tayyorlanadi.
Kо‗p korxonalarda kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar maxsus blankalarda yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |