O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/42
Sana21.07.2021
Hajmi2,19 Mb.
#125061
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42
Bog'liq
gormonal preparatlar

ANTITIREOID VOSITALAR 

Qalqonsimon  bez  giperfunksiyasida  (gipertireoidizm,  bazedov  xastaligi)  ta'sir  yo‘nalishi  

quyidagicha bo‘lgan prepartlar qo‘llaniladi. 

a) gipofizning oldingi bo‘lagida tireotrop gormonni xosil bo‘lishini susaytiruvchilar; 

    Yod    Diyodtirozin 

_______________________________ 

Grekcha myxa - shilliq,   oideva – shish   




17 

 

b)qalqonsimon bezda tireoid gormonlar sintezini susaytiruvchilar 

    Merkazolil      Propiltiouratsil 

v) qalqonsimon bezga yodni shimilishini buzuvchilar 

    Kaliy perxlorat 

g)qalqonsimon bez xujayra follikulalarini yemiruvchilar 

    Radioaktiv yod 

Yod molekulyar yoki yodidlar ko‘rinishida qo‘llaniladi. Me'da –ichak traktidan u yaxshi so‘riladi. 

Tiroliberin  va keyinchalik gipofizning tireotrop gormonini  ishlab chiqarishini susaytiradi. Shunga  mos 

ravishda tireoid gormonlarini  ishlab chiqarilishi  kamayadi. Qalqonsimon  bez  hajmini kamaytiradi.  2-3 

xafta mobaynida samarador.  

D  i  y  i  o  d  t  i  r  o  z  i  n  (ditirin)  ni  kiritganda  xuddi  shunday  ta'sir  mexanizmi  asosida  tireotrop 

gormon ajralishi susayadi.  

M ye r k o z o l i l (metimazol, metotirin) qalqonsimon bezda bevosita tiroksin va triyodtironinni 

sintezini buzadi. Merkozalil ichiladi. 

Unga  xos  eng  kuchli  nojo‘ya  ta'sir  bu  -  leykopeniya  va  agranulotsitoz.  Shu  sababli  merkozalilni 

qon  tarkibini  nazorati  ostida  qo‘llash  kerak.  Ba'zan  dispepsik  holatlar  kuzatiladi.  “Bo‘qoq”  yuzaga 

kelishi mumkin. U gipofizning oldingi bo‘lagidan tireotrop gormonini ishlab chiqarilishini ortishi bilan 

bog‘liq (qondagi tireoid gormonlar miqdorini kamayishiga bo‘lgan reaksiya). “Bo‘qoq” yuzaga kelishini 

oldini olish uchun yod va diyodtirozindan foydalanish mumkin.  

Antitireoid  vositalar  sifatida,  merkazolindan  tashqari  tiomochevinaning  qator  boshqa  unumlarini 

qo‘llash  mumkin:  karbimazol,  propiltiourotsil.  Ta'siriga  ko‘ra  ular  merkazolilga  o‘xshashdir. 

Karbimazol organizmda merkazolilga aylanadi.  

Kaliy  perxlorad  (xlorigen;  KS1O

4

),  qalqonsimon  bezning  yodni  shimib  olishini  kamaytiradi. 



Kamdan-kam  hollarda  qo‘llaniladi,  asosan  yengil  va  o‘rtacha  darajadagi  tireotoksikozni  davolashda 

ishlatiladi. U leykopeniya va agranulotsitoz rivojlvnishining sababchisi bo‘lishi mumkin.   

Giperteriozning  ba'zi  shakllarida  radiaktiv  yod  _

131


I  (yarim  parchalanish  davri  8  kun)  yoki  - 

132


(yarim parchalanish davri 2-3 soat) qo‘llaniladi. Qalqonsimon bez hujayralarning destruksiyasi asosan β 

nurlar (90% nur ajratadi)  va oz darajada  γ-nurlar ta'sirida rivojlanadi. Natija asta-sekin  yuzaga chiqadi 

(1-3  oy  va  undan  ko‘proq  vaqtda).  Bir  qator  bemorlarda  preparatning  dozasi  chiqib  ketganidan 

miksedema  belgilari  paydo  bo‘ladi.    Preparatning  natriyli  tuz  sifatida  ichishga  tavsiya  etiladi.  Dozasi 

millikyuri (mKi) da belgilanadi.  

Antitiroid  preparatlar  tireotoksikozni  (bazedov  xastaligi)  davolashda  hamda  qalqonsimon  bezni 

jarroxlik  yo‘li  bilan  olib  tashlashga  bemorlarni  tayyorlash  uchun  (bemorlar  holatini  yaxshilash 

maqsadida) qo‘llaniladi.  

 


Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish