Oʻzbekiston respuplikasi oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligi muqimiy nomidagi qoʻqon davlat pedagogika instituti


Oʻzbekistonda milliy taʼlim tizimini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari



Download 0,65 Mb.
bet19/22
Sana12.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#660453
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
GLOBOLLASHUV SHAROITIDA MILLIY TAʼLIM TIZIMIDAGI ISLOHATLARNI AMALGA (2)

3.3. Oʻzbekistonda milliy taʼlim tizimini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari
Milliy taʼlim paradigmasining oʻzgarishi - instrumental oqilonalikdan kommunikativ oqilonalikka oʻtish yangi jamiyat - axborot, kommunikatsiyalar va sistemalar jamiyatining talablariga javob beradi. mamlakatimiz hayotida sodir boʻlayotgan ijtimoiy oʻzgarishlar ayniqsa, taʼlim tizimidagi islohotlar uzviyligi, taʼlim va tarbiyaning oʻzaro uygʻunligini hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga tayanishni taʼminlashga alohida eʼtibor berilayotganligi muhimdir. Kelajagi buyuk davlat qurmoqchi ekanmiz, buning uchun dunyoda hech kimdan kam boʻlmaydigan, ertaga mana shu zaminimiz shuhratini butun dunyoga tarannum etadigan avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazishimiz zarurati eng muhim vazifaligicha qoladi.
Taʼlim tarbiya jarayonining doimiyligi, uzluksizligi, muntazamligi hamda maʼnaviy merosga asoslanganligi, yurtimizda huquqiy demokratik jamiyat qurishning muhim sharti boʻlib xizmat qiladi. Bu maqsadga erishishda eng avvalo, yoshlarga berilayotgan tarbiyaning jadallashtirish, ularning jamiyatdagi faolligiga bogʻliqligini yoddan chiqarmasligimiz zarurdir.
Oliy taʼlim muassasalarida talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish ishlari Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida» 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son farmoni hamda oliy taʼlim muassasasining Nizomi va mazkur namunaviy Nizom asosida muvofiqlashtirilmoqda. Yoshlarni har tomonlama yetuk bilim malaka va koʻnikmali qilib voyaga yetkazishda, taʼlim va tarbiya jarayonining uzviyligi, maʼnaviy maʼrifiy ishlarning doimiyligini taʼminlash lozim. Maʼlumki bugun mamlakatimizda 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar aholining koʻpchilik qismini tashkil etadi. Shu bois ham Prezidentimiz tomonidan yoshlarga kotta eʻtibor berilmoqda va tizimli ishlar aamalga oshirilmoqda jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 30-iyun kuni “Kamolot” YoIH ning IV- Qurultoyida ishtirok etdi. Prezidentimiz tashabbusi bilan “Kamolot” YoIH negizida  “Yoshlar Ittifoqi” yoshlar tashkiloti taʻsis etildi. 30-iyun kunini “Yoshlar kuni” deb eʻlon qildi. Chunki mamlakatimiz mustaqilligi, millatimizning ertangi kuni, uning taraqqiyot darajasi, yaʼni, iqtisodiy jihatdan rivojlanishi, maʼnaviy jihatdan yuksalish va jahon hamjamiyatida munosib oʻrin egallab borishi yoshlar zimmasidadir. Prezidentimiz ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson boʻlib kamolga yetishi bilan bogʻliq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning oʻz salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat60.
Maʼrifatparvar Mahmudxoʻja Behbudiy aytganlaridek, “dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol boʻladi”. Shunday ekan mustaqillikka erishganimizdan soʻng bu borada asrimiz boshidagi jadidchilik gʻoyalaridan unumli foydalanish, biz uchun tabiiy zarurat edi. “Jadidchilik” soʻzining asosida “jadid” soʻzi yotadi. “Jadidning maʼnosi “yangi” demakdir. U shunchaki “yangi” yoki “yangilik tarafdori” degani emas, balki “yangi tafakkur”, “yangi inson”, “yangi avlod” singari keng maʼnolarni oʻzida mujassam etgan. Jadidchilik gʻoyalarining paydo boʻlishi va uning Turkistonga kirib kelishi Ismoil Gasprinskiy ochgan yangi maktab nomi bilan bogʻliq.
Istiqlol qoʻlga kiritilgach, respublikada taʼlim tizimini tubdan isloh qilish va uni yanada rivojlantirish imkoniga ega boʻldik. Taʼlim-tarbiya jarayonlari keng koʻlamda oʻrganilib, ularni amaliyotda tadbiq etish chora tadbirlari ishlab chiqildi. Taʼlim toʻgʻrisidagi yangi qonun 2020-yil 23-sentabrda61, qabul qilinishi esa bu borada amalga oshiriladigan ishlarni yanada rivojlantirish va jadallashtirish yoʻlida muhim qadam boʻldi. Darhaqiqat, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning Bugun Yangi Oʻzbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan taʻlim tizimidagi oʻzgarishlar haqida toʻlqinlanib soʻzlamaslikning iloji yoʻq. Mamlakatimizda soʻnggi yillarda taʻlim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish boʻyicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi.
Prezidentimiz taʻkidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli boʻlib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, koʻplab ijtimoiy muammolarni echish imkoni tugʻiladi. Shunday ekan, Yangi Oʻzbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, oʻylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qoʻllab-quvvatlaydi”degan fikrlarini oʻqir ekanmiz, taʼlim tizimida oʻqituvchilarga qoʻyilayotgan talablar naqadar toʻgʻri ekanligiga amin boʻlamiz.
Shuningdek, bugungi kunda yoshlar tafakkurini turli aqidalardan, mafkuraviy tazyiqlardan asrash, ularda mafkuraviy immunitetni hosil qilish uchun tariximizdagi muammolarni yoritishda biryoqlamalikdan xoli boʻlgan, tarixiy vorisiylik va uzviylik tamoyillariga asoslangan holda ilmiy jihatdan tariximizni tahlil etish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri boʻlib qoldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2021-yil 26-mart kuni “Maʻnaviy-maʻrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining imzolanishi fikrimizning yorqin dalilidir. Ushbu Farmondan soʻng, mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning oʻziga xos tizimi yaratildi. Bu tizimning birinchi bosqichi maʼnaviy tarbiyani oiladan, bogʻchadan to mahallagacha boʻlgan bosqichda tinimsiz olib borishni nazarda tutadi. Ikkinchi bosqichi zamonaviy bilimlardan xabardor boʻlish tamoyilidir. Xalq maʼnaviyatini yuksaltirish orqali jamiyatda demokratik qadriyatlarni qaror toptirishga muhim eʼtibor berilmoqda.
Milliy mafkuramizning rivojiga oʻzining tamal toshini qoʻygan mutafakkir shoir, davlat arbobi Alisher Navoiy ijodiyotida ham milliy taʼlimning gʻoyaviy asoslarini haqiqiy sharqona mavqeidan turib asoslanganligini koʻrishimiz mumkin. Alisher Navoiy Naqshbandiya tariqatining yirik vakili sifatida insonlarni oʻqib-oʻrganishga, kasb-xunar egallashga, hayotdan izsiz ketmaslikka targʻib qilgan. Buni Navoiyning quyidagi toʻrtligidan bilib olishimiz mumkin: Kamol et kasbkim, olam uyidin, senga farz oʻlmagʻay gʻamnok chiqmoq. Jahondin notamom oʻtmak biaynih, erur hammomdin nopok chiqmoq.
Bunga amal qilgan xolda, Alisher Navoiy oʻz umrini bunyodkorlik ishlariga baxshida etgan yetuk inson timsoli sifatida avlodlar qalbida muhrlandi. Yoshlarimiz ajdodlaridan oʻrnak olishga, ular kabi Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, Oʻzbekiston iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon, maʼnaviy jihatdan yetuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil qilishi lozim.
Jadidchilik gʻoyalarini asoslab bergan Abdulla Avloniyning quyidagi hikmatli soʻzlari xuddi hozirgi davr uchun aytilgandek: “Bolalarni pisand qilmagan millatlar inqirozi ularni yot qoʻllarga va yot madaniyatlar ixtiyoriga berib qoʻyganlari sababliki, ulardan ayrilishga mahkumdirlar”.
Demokratik jamiyat qurish jarayonida yangi avlod kadrlarini tayyorlash siyosiy institutlar va jarayonlar bilan bogʻliq muayyan siyosiy nazariyalar, gʻoyalar bilan uygʻundir. Demokratiya va yangi avlod kadrlarini tayyorlashga doir davlat siyosati siyosiy institutlar va jarayonlarning oʻzaro tutash nuqtalari mavjudligini koʻrsatadi. U tegishli taʼlim muassasalari va subyektlari faoliyati orqali amalga oshiriladi.
Shu maʼnoda, “Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz rivojlantirish va takomillashtirish kafili…”62 boʻldi.
Yangi avlod kadrlarini tayyorlashda taʼlim sohasini tubdan isloh qilish, uni oʻtmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan toʻla xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak maʼnaviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali yangi avlod kadrlarini tayyorlash Milliy tizimini yaratish, oʻqitilayotgan fanlar bloki hamda shunga mos yoshlarning kelgusidagi oriyentirlari bilan bogʻliq63.
Shu munosabat bilan respublikamizda yangi avlod kadrlarini tayyorlash sifatini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar eʼtiborga loyiq. Ular: 1) yangi milliy taʼlim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish; 2) yangi darsliklar va maxsus oʻquv qoʻllanmalari yaratish orqali uning moddiy, maʼnaviy negizlarini yaratish; 3) taʼlim jarayonining moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalash, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllash asosida taʼlim jarayonini mazmunan oʻzgartirish.
Respublikamizda bakalavriat darajasidagi oliy taʼlimning mazmuni dunyoning koʻpchilik rivojlangan davlatlaridagi kabi predmetlarning quyidagi yoʻnalishlarida olib boriladi: 1) gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar – 23-25%; 2) matematik va tabiiy-ilmiy fanlar – 10-12%; 3) umumkasbiy fanlar – 45-50%; 4) iqtisoslik fanlari – 8-10%; 5) qoʻshimcha fanlar – 6-7%; 6) tanlov fanlar – 3-5%.
Oʻzbekiston Respublikasida magistratura darajasidagi oliy taʼlim mazmuni quyidagi fanlar bloki bilan belgilanadi: 1) umummetodologik fanlar – 16-18%; 2) mutaxassislik fanlar – 60-65%; 3) Ilmiy faoliyat – 24%. Boshqacha aytganda, magistraturaning ixtisoslashgan taʼlim dasturlari Davlat taʼlim standarti koʻzda tutilgan quyidagi ixtisosiy fanlar bloklarini oʻz ichiga oladi: 1) gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar; 2) matematik va tabiiy fanlar; 3) yoʻnalish fanlari; 4) ixtisosiy fanlar; 5) ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik amaliyotlar64. Magistratura bosqichida umummetodologik fanlar bloki maʼnaviy hayot, insoniyatning global muammolari, shuningdek, shaxs va jamiyatning ehtiyojlari haqidagi tasavvurlarni shakllantiradi. Ilmiy va ilmiy-texnik informatsiyalar bilan ishlash, muammolarni hal qilishda ilmiy-ijodiy va tizimli yondashuv metodologiyasi boʻyicha yuqori darajadagi bilimga ega boʻlishni taʼminlaydi. Taʼlimda menejment va iqtisod, pedagogik texnologiyalar asoslari toʻgʻrisidagi bilimlarni mustahkamlashga koʻmaklashadi. Mutaxassislik fanlari bloki aniq mutaxassislik boʻyicha malaka, mahoratni, nazariy va amaliy bilimlarni shakllantiradi hamda takomillashtiradi. Ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishda koʻnikmani, taʼlim va ilmiy jarayonni modellashtirishni taʼminlaydi. Talabalarning haftalik oʻqish soati koʻpi bilan 54 soatni65, shundan auditoriyada oʻqish 28 soat, mustaqil taʼlim esa 26 soatni tashkil etishi ilmiy va tibbiy jihatdan maʼqulligi belgilab qoʻyilgan.
Davlat taʼlim standartlari hozirda talabalarning yangi sharoitlarga tezda moslashuviga texnik jihatdan omilkor, yuksak bilim, keng dunyoqarashga ega boʻlishiga yordam beradi. Umuman, yoshlarning oʻqishini davom ettirishga boʻlgan qiziqishining yuqori ekanligi va uni ortib borayotganligini kuzatish mumkin.
Taʼlim-tarbiya sohasidagi eng ilgʻor milliy va umumbashariy bilim hamda tajribalar, anʼana va qadriyatlarni oʻzida mujassam etgan ushbu modelda taʼlimni maʼnaviy-axloqiy tarbiya jarayoni bilan uzviy bogʻliq holda olib borish masalasiga alohida eʼtibor beriladi.
Hammamizga maʼlumki, uzluksiz taʼlimni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy tamoyillarida taʼlimning milliy yoʻnaltirilganligi, har tomonlama kamol topgan, maʼnaviy boy insonni shakllantirishga alohida eʼtibor berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim sifatini oshirish maqsadida turli mamlakatlar, xalqaro vakolatxonalar bilan koʻp taraflama hamkorlikni rivojlantirmoqda. Kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlikning xalqaro-huquqiy bazasi yaratilmoqda, qoʻshma taʼlim tuzilmalari rivojlantirilmoqda, oʻqituvchi kadrlar almashish keng tus olmoqda. Xususan soʻnggi yillarda Angliyaning Vestminstr universiteti, Singapur instituti, Italiyaning Turin instituti, Gubkin nomidagi politexnika universiteti, Lomonosov nomidagi MDU, Malayziya instituti, Plexanov nomidagi iqtisod universitetlari filiallarining tashkil qilinishi, taʼlim davlatlar oʻrtasida oʻzaro aloqa va hamkorlikni mustahkamlashning muhim omillaridan biri ekanligini anglatmoqda. Zero, taʼlim transmilliy tushunchaga aylanib, mamlakatlar, qitʼalar osha oʻzgarayotgan dunyoda kasbiy koʻnikmalarni shakllantirish uchun zarur bilimlarni oʻzlashtirishning universal vositasi boʻlib xizmat qilmoqda.
Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, moddiy va maʼnaviy olam uygʻunlashib, insonning koʻsh qanotiga aylansangina, jamiyatning toʻlaqonli erkin rivojlanishi taʼminlanadi.
Lekin, afsuski, maʼnaviy inqirozning oldini oladigan, yoshlarni yuksak maʼnaviyatli shaxs sifatida shakllantirishni kafolatlaydigan taʼlim-tarbiya tizimi dunyoda xali yaratilmaganligini bugun hayotning oʻzi tasdiqlab koʻrsatmoqda.
Haqiqatdan ham, bugun murakkab vaziyatda maʼnaviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xususan, jahonning ayrim mintaqalarida tobora kuchayib, ildiz otib borayotgan maʼnaviy inqiroz xavfi xalqimiz maʼnaviyatini asrash barobarida uni yuksaltirish, ayniqsa, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli gʻoya va mafkuralar taʼsiridan himoya qilishni talab qilmoqda.
Hech shubhasiz, dunyoning qaysi burchagida boʻlmasin, maʼnaviyatga qarshi qanday tahdidning paydo boʻlishi oʻzining bugungi kuni va ertangi istiqbolini oʻylab yashayotgan har bir ongli inson, har bir xalqni tashvishga soladi. Albatta, bunday maʼnaviy tahdid va mafkuraviy xurujlar milliy va diniy tomirlarimizga bolta urishi, ulardan avvalo farzandlarimiz koʻproq aziyat chekishi mumkinligi, yoshlarda mafkuraviy immunitet va gʻoyaviy kurashchanlik ruhini yanada kuchaytirishning taqozo etmoqda.
Taʼlim tizimining barcha bosqichlarida bu fazilatlarni shakllantirish oʻziga xos xususiyatlarga egadir:

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish