O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida



Download 0,51 Mb.
bet5/5
Sana29.04.2017
Hajmi0,51 Mb.
#7812
1   2   3   4   5

O‘zbekiston Respublikasi nomidan, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuzilgan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilishini to‘xtatish, denonsatsiya qilish yoki to‘xtatib turish to‘g‘risidagi takliflar tegishli tarzda Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mustaqil ravishda yoki boshqa vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritiladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilinishini to‘xtatish, denonsatsiya qilish yoki to‘xtatib turish to‘g‘risidagi takliflarni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritib, ayni bir paytning o‘zida Tashqi ishlar vazirligini xabardor qilishga haqlidir. Boshqa vazirliklar va idoralar xalqaro shartnomalarning amal qilishini to‘xtatish, denonsatsiya qilish yoki to‘xtatib turish to‘g‘risidagi takliflarni Tashqi ishlar vazirligiga kiritadilar. Boshqa vazirliklar va idoralar xalqaro shartnomalarning amal qilishini to‘xtatish, denonsatsiya qilish yoki to‘xtatib turish to‘g‘risidagi takliflarni Tashqi ishlar vazirligiga kiritadilar.




(Amaldagi Qonunning 42-moddasidan tegishli o‘zgartishlar bilan ko‘chirilmoqda)

Prekraщeniye i priostanovleniye deystviya mejvedomstvennыx dogovorov proizvoditsya v poryadke, opredelyayemom Pravitelstvom Respubliki Uzbekistan.


45-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini bekor qilish, denonsatsiya qilish yoki amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi takliflar
O‘zbekiston Respublikasi nomidan, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuzilgan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini bekor qilish, denonsatsiya qilish yoki amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi takliflar Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mustaqil ravishda yoki O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlat organlari bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Chiqarib tashlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlat organlari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarni bekor qilish, denonsatsiya qilish yoki amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi takliflarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga kiritadilar.

O‘zbekiston Respublikasining idoralararo xalqaro shartnomalarini bekor qilish, denonsatsiya qilish yoki amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi takliflar shartnoma nomidan tuzilgan davlat organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Atamalarni bir xil qo‘llashni ta’minlash maqsadida o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Atamalarni bir xil qo‘llashni ta’minlash maqsadida o‘zgartishlar kiritilmoqda.

TIAISVning shartnomalarni tugatish bo‘yicha taklif olib kirish bo‘yicha alohida tartib chiqarib tashlanmoqda, chunki “O‘zbekiston Respublikasining davlat organi” atamasi bu tashkilotni ham qamrab oladi. Bundan tashqari, Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasining (O‘zbekiston Respublikasining 10.09.2012y. O‘RQ-330-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan) IV bo‘limi 35 xatboshisidan kelib chiqqan holda, shartnomalarni tuzish, tugatish, denonsatsiya qilish va amal qilishini to‘xtatib turish bo‘yicha har qanday taklifni TIV bilan oldindan kelishish talab qiladi.

Atamalarni bir xil qo‘llashni ta’minlash maqsadida o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Qonunlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilishini ta’minlash maqsadida kiritilayotgan xatboshi Vazirlar Mahkamasining 12.01.1998y. 15-sonli qarori bilan tasdiqlangan tartib qoidalarini o‘z ichiga olgan.



39-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini Oliy Majlis tomonidan to‘xtatish, denonsatsiya qilish


46-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan denonsatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror

“to‘xtatish” so‘zini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi 20-bandiga binoan “denonsatsiya to‘g‘risidagi qaror”ga almashtirish taklif etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi nomidan tuzilgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini to‘xtatish, denonsatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi nomidan tuzilgan shartnomalar esa, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining taqdimnomasiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuzilib, ratifikatsiya qilingan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini to‘xtatish, denonsatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining taqdimnomasiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.


(mantiqiy ketma-ketlikni ta’minlash maqsadida loyihaning 49-moddasiga ko‘chirilmoqda)

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining to‘xtatilishi, denonsatsiya qilinishi, agar shartnomada boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa yoki uning o‘zga ishtirokchilari bilan boshqacha kelishilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasini shartnomani bajarish majburiyatidan ozod qiladi va shartnomaning amal qilishi davomida paydo bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining huquq va majburiyatlariga ta’sir etmaydi.



O‘zbekiston Respublikasi nomidan tuzilgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini denonsatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinadi.
Chiqarib tashlanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuzilgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini denonsatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinadi.

Ko‘chirilmoqda


Shartnomani tugatish shartnoma qoidalariga yoki bunday shartnomaning barcha ishtirokchilarining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkinligini tartibga soluvchi 1969 yildagi xalqaro shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena Konvensiyasining 54-moddasiga moslashtirish maqsadida o‘zgartishlar kiritilmoqda. Shu munosabat bilan Oliy Majlis denonsatsiya to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin, o‘z o‘rnida denonsatsiya jarayoni xalqaro huquq normalariga binoan amalga oshiriladi.

O‘rnatilgan amaliyotga moslashtirish hamda xalqaro shartnomalar bo‘yicha qaror qabul qilishda yuqori turuvchi organlar vakolatlarini aniq chegaralash orqali bir xil yondoshuvni ta’minlash maqsadida ushbu xatboshining ikkinchi qismini chiqarib tashlash taklif etiladi.

Shartnomani tugatish shartnoma qoidalariga yoki bunday shartnomaning barcha ishtirokchilarining roziligi bilan amalag oshirilishi mumkinligini tartibga soluvchi 1969 yildagi xalqaro shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena Konvensiyasining 54-moddasiga moslashtirish maqsadida o‘zgartishlar kiritilmoqda. Shu munosabat bilan Oliy Majlis denonsatsiya to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin, o‘z o‘rnida denonsatsiya jarayoni xalqaro huquq normalariga binoan amalga oshiriladi.

Mantiqiy izchillikni ta’minlash maqsadida qonun loyihasining 49-moddasiga ko‘chirilmoqda.



40-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan to‘xtatish, denonsatsiya qilish

47-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini bekor qilish va denonsatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xalqaro shartnomani tugatish va denonsatsiya qilishga bo‘lgan huquqini mustahkamlash hamda huquqiy bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida ushbu moddaning nomlanishiga va mazmuniga o‘zgartishlar kiritilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuzilgan va ratifikatsiya qilinmaydigan xalqaro shartnomalarni, shuningdek Hukumatning qaroriga asosan qo‘shilingan shartnomalarni to‘xtatish, denonsatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan amalga oshiriladi.
To‘ldirilmoqda


Chiqarilib tashlanmoqda


O‘zbekiston Respublikasi nomidan tuzilgan O‘zbekison Respublikasi xalqaro shartnomalarini (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ratifikatsiya qilinganlaridan tashqari) bekor qilish va denonsatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuzilgan O‘zbekison Respublikasi xalqaro shartnomalarini (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ratifikatsiya qilinganlaridan tashqari) bekor qilish va denonsatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, alohida hollarda esa – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasining idoralararo xalqaro shartnomalarini bekor qilish va denonsatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.

Ushbu xatboshining qoidalari quyidagi yangi xatboshilar bilan almashtirilganligi sababli uni chiqarib tashlash taklif qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xalqaro shartnomani tugatish va denonsatsiya qilishga bo‘lgan huquqini mustahkamlash hamda huquqiy bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida yangi xatboshi qo‘shilmoqda.

Qonun loyihasining 45-moddasi uchinchi xatboshisi asoslari va qoidalaridan kelib chiqqan holda yangi xatboshi qo‘shilmoqda.




41-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilishini to‘xtatib turish
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilishini to‘xtatib turish shartnomaning o‘zidan kelib chiqadigan shartlar va xalqaro huquq normalariga binoan O‘zbekiston Respublikasi uchun xalqaro shartnomaning majburiy ekanligiga rozilik to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan organ tomonidan amalga oshiriladi.


48-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida qaror
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida qaror shartnomaning o‘zidan kelib chiqadigan shartlar va xalqaro huquq normalariga binoan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasini imzolash haqida qarorni qabul qilgan organ (shaxs) tomonidan qabul qilinadi.

Modda nomlanishiga uning mazmunidan kelib chiqqan holda tahririy o‘zgartish kiritilmoqda.

Tahririy o‘zgartish kiritilmoqda.


Aniqlashtiruvchi mazmundagi tahririy o‘zgartishlar qonun loyihasining 14-moddasi qoidalaridan kelib chiqqan holda kiritilmoqda.



(mantiqiy ketma-ketlikni ta’minlash maqsadida loyihaning 49-moddasiga ko‘chirilmoqda)
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasi amal qilishining to‘xtatib turilishi, agar shartnomada boshqacha hol nazarda tutilmagan yoki uning o‘zga ishtirokchilari bilan boshqacha kelishilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasini shartnoma to‘xtatib turilgan muddat davomida uni bajarishdan ozod qiladi.

Ko‘chirilmoqda


Mantiqiy izchilllikni ta’minlash maqsadida qonun loyihasining 49-moddasiga ko‘chirilmoqda.


(loyihaning 45-moddasiga tegishli o‘zgartishlar bilan ko‘chirilmoqda)
42-modda. O‘zbekiston Respublikasi idoralararo shartnomalarining amal qilishini to‘xtatish va to‘xtatib turish
Idoralararo shartnomalarning amal qilishini to‘xtatish va to‘xtatib turish O‘zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi.



Ko‘chirilmoqda

Modda tegishli qo‘shimchalar bilan qonun loyihasining 45-moddasi bilan birlashtirilgan.




(mantiqiy ketma-ketlikni ta’minlash maqsadida amaldagi Qonunning 39-moddasidan ko‘chirilmoqda)


O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining to‘xtatilishi, denonsatsiya qilinishi, agar shartnomada boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa yoki uning o‘zga ishtirokchilari bilan boshqacha kelishilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasini shartnomani bajarish majburiyatidan ozod qiladi va shartnomaning amal qilishi davomida paydo bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining huquq va majburiyatlariga ta’sir etmaydi.


(mantiqiy ketma-ketlikni ta’minlash maqsadida loyihaning ko‘chirilmoqda)

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasi amal qilishining to‘xtatib turilishi, agar shartnomada boshqacha hol nazarda tutilmagan yoki uning o‘zga ishtirokchilari bilan boshqacha kelishilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasini shartnoma to‘xtatib turilgan muddat davomida uni bajarishdan ozod qiladi.


49-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini bekor qilish, denonsatsiya qilish yoki amal qilishini to‘xtatishning oqibatlari

Agar shartnomada boshqacha holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, yoki uning o‘zga ishtirokchilari bilan boshqacha kelishuv mavjud bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining bekor qilinishi va denonsatsiya qilinishi O‘zbekiston Respublikasini shartnomani bajarish majburiyatidan ozod qiladi hamda ushbu shartnomaning amal qilishi davomida paydo bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.

Agar shartnomada boshqacha hol nazarda tutilmagan yoki uning o‘zga ishtirokchilari bilan boshqacha kelishuv mavjud bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasi amal qilishining to‘xtatilishi O‘zbekiston Respublikasini ushbu shartnoma to‘xtatilgan muddat davomida uni bajarish majburiyatidan ozod qiladi.

Tartibga solish predmeti o‘xshashligidan kelib chiqqan holda amaldagi Qonunning 39- va 41-moddalarini birlashtirish orqali yangi modda qo‘shilmoqda.

Aniqlashtiruvchi mazmundagi tahririy o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Aniqlashtiruvchi mazmundagi tahririy o‘zgartishlar kiritilmoqda.


43-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilishini to‘xtatish, denonsatsiya qilish yoki to‘xtatib turish to‘g‘risidagi xabar

O‘zbekiston Respublikasi nomidan, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuzilgan xalqaro shartnomalarning amal qilishini to‘xtatish, denonsatsiya qilish yoki to‘xtatib turish to‘g‘risidagi rasmiy axborot ushbu Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan tartibda e’lon qilinadi.





50-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini bekor qilish, denonsatsiya qilish yoki to‘xtatish to‘g‘risidagi xabarnoma
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini bekor qilish, denonsatsiya qilish yoki amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi rasmiy xabarnoma ushbu Qonunning 29-moddasida nazarda tutilgan tartibda e’lon qilinadi.

Aniqlashtiruvchi o‘zgartishlar



To‘ldirilmoqda


51-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarining O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma hisoblanmaydigan xalqaro aktlariga nisbati
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma hisoblanmaydigan xalqaro aktlari yuridik majburiyat yuklovchi qoidalarga ega bo‘lmasligi hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga zid bo‘lmasligi lozim. Bunday xalqaro aktlarda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarga havola qilishga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma hisoblanmaydigan xalqaro aktlari qoida tariqasida deklaratsiya, bayonot, kommyunike, o‘zaro anglashuv memorandumi, istaklar bayoni, hamkorlik reja va dasturlari shaklida tuziladi.

Ushbu Qonun qoidalarining xalqaro shartnomalar tuzishni tashabbus etish va imzolashga oid qismi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma hisoblanmaydigan xalqaro aktlariga nisbatan ham qo‘llaniladi. .


Amaliyotda yuridik tabiatiga ko‘ra xalqaro shartnomalarga o‘xshash bo‘lgan xalqaro hujjatlar (deklaratsiyalar, qo‘shma bayonotlar, anglashuv memorandumlari, istaklar bayonotlari va hokazolar) mavjudligini inobatga olgan holda yangi modda qo‘shilmoqda. Bunday hujjatlar tarkibi va mazmuniga ko‘ra xalqaro shartnomalardan unchalik farq qilmaydi, va shu munosabat bilan ularni ishlab chiqish va imzolashda hamda ular tuzilganidan keyin qo‘llashda ma’lum qiyinchiliklar kelib chiqadi.

Ushbu moddaning maqsadi ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro hujjatlari va xalqaro shartnomalari o‘rtasida aniq chegarani o‘rnatish hamda bu masalada huquqiy bo‘shliqni bartaraf etishdan iboratdir.

Ushbu moddaning kiritilishi ko‘rsatilgan huquqiy bo‘shliqni to‘ldirish imkonini beradi va ayniqsa oliy va yuqori darajadagi tashriflar chog‘ida bu kabi hujjatlarni yengillashtirilgan tartibda ishlab chiqishda tezkorlikni ta’minlaydi.

Ushbu taklif xalqaro tajribaga mos keladi. AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, GFR, Belgiya, Niderlandlar, Lyuksemburg, Latviya, Koreya Respublikasi, XXR, Rossiya va boshqalar bu kabi hujjatlar tuzishni amaliyotda qo‘llaydilar.



To‘ldirilmoqda


52-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Ushbu Qonun qoidalarini buzish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Qonunchilik texnikasidan kelib chiqqan holda yangi modda taklif qilinmoqda.





Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish