Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

38-modda. Yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi 
(1-q.)
Soliq solish maqsadida bir jismoniy yoki yuridik shaxsning (bundan buyon matnda 
shaxs deb yuritiladi) ulushi tanlangan boshqa yuridik shaxsdagi (bundan buyon matnda tanlangan 
yuridik shaxs deb yuritiladi) ulushni aniqlash uchun ushbu shaxsning tanlangan yuridik shaxsda 
bevosita va bilvosita ishtirok etish ulushlarining summasi tarzida aniqlanadi. 
(2-q.)
Tanlangan yuridik shaxs ovoz beruvchi aksiyalarining bevosita shu shaxsga tegishli 
boʻlgan ulushi yoki tanlangan yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) bevosita 
ushbu shaxsga tegishli boʻlgan ulushi yuridik shaxsda bevosita ishtirok etish ulushi deb eʼtirof 
etiladi.
(3-q.)
Shaxsning tanlangan yuridik shaxsda bevosita ishtirok etish ulushini aniqlash mumkin 
boʻlmagan taqdirda, ishtirokchilarning tanlangan yuridik shaxsdagi soniga mutanosib ravishda 
aniqlanadigan ulush shaxsning tanlangan yuridik shaxsda bevosita ishtirok etish ulushi deb eʼtirof 
etiladi. 
(4-q.)
Quyidagi tartibda aniqlanadigan ulush shaxsning tanlangan yuridik shaxsda bilvosita 
ishtirok etish ulushi deb eʼtirof etiladi: 
1) ushbu shaxsning tanlangan yuridik shaxsda ishtirok etishining barcha ketma-ketligi har 
bir ilgarigi yuridik shaxsning tegishli ketma-ketlikdagi har bir keyingi yuridik shaxsdagi bevosita 
ishtiroki orqali aniqlanadi; 
2) har bir ilgarigi yuridik shaxsning har bir keyingi yuridik shaxsdagi bevosita ketma-
ketlikdagi ishtirok etish ulushi aniqlanadi; 
3) har bir shunday ketma-ketlik uchun ushbu ketma-ketlikning barcha yuridik shaxslari 
uchun bevosita ishtirok etish ulushi topiladi
4) har bir shunday ketma-ketlik uchun topilgan bevosita ishtirok etish ulushlarining barchasi 
jamlanadi. 
(5-q.)
Tashkilotda ishtirok etish ulushini aniqlashda jismoniy shaxsning yoki yuridik 
shaxsning yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasidagi ishtirok etish ulushi ham 
hisobga olinadi, ushbu shaxs qaysi chet davlatning (hududning) qonun hujjatlariga muvofiq taʼsis 
etilgan boʻlsa, shu qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlarning yoxud yuridik shaxs tashkil 
etmagan holdagi oʻzga chet el tuzilmalarining kapitalida ishtirok etishga haqlidir. 
(6-q.)
Yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasining 
qonun hujjatlariga muvofiq koʻpi bilan bir yil muddatga tuzilgan REPO shartnomasi doirasida 
olingan qimmatli qogʻozlarga egalik qilish orqali amalga oshirilgan ishtirok yoki chet davlatning 
qonun hujjatlariga muvofiq REPO operatsiyasi deb eʼtirof etiladigan operatsiya natijasida amalga 
oshirilgan ishtirok hisobga olinmaydi.
(7-q.)
Bunday hollarda yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlash maqsadida ushbu 
qimmatli qogʻozlar, agar REPOning birinchi qismi boʻyicha sotuvchi tomonidan sotilgan qimmatli 
qogʻozlar uning tomonidan REPOning boshqa operatsiyasi boʻyicha yoki qimmatli qogʻozlar 
qarziga doir operatsiyalar boʻyicha sotilsagina, REPOning birinchi qismi boʻyicha qimmatli 
qogʻozlarni sotuvchi boʻlgan shaxsda hisobga olinadi. 
(8-q.)
REPOning ikkinchi qismi bajarilmagan yoki toʻliq boʻlmagan hajmda bajarilgan, 
shuningdek REPO shartnomasi koʻpi bilan bir yil muddatga tuzilgan taqdirda, bir yuridik 
shaxsning boshqa yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlash ushbu moddaning beshinchi 
qismida belgilangan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olinmagan holda amalga oshiriladi. 


(9-q.)
Yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasining yoki 
chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan qimmatli qogʻozlar qarziga doir shartnoma 
doirasida koʻpi bilan bir yil muddatga olingan qimmatli qogʻozlarga egalik qilish vositasida 
amalga oshirilgan ishtirok hisobga olinmaydi.
(10-q.)
Bunday hollarda yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlash maqsadida bu 
qimmatli qogʻozlar, agar qimmatli qogʻozlar qarziga doir shartnoma doirasida berilgan qimmatli 
qogʻozlar kreditor tomonidan qimmatli qogʻozlar qarziga doir boshqa operatsiya boʻyicha yoki 
REPO operatsiyasi boʻyicha olingan boʻlsagina, kreditor boʻlgan (qimmatli qogʻozlarni qarzga 
beradigan) shaxsda hisobga olinadi. 
(11-q.)
Qimmatli qogʻozlar qarziga doir operatsiyalar boʻyicha qimmatli qogʻozlarni 
qaytarish majburiyatlari bajarilmagan yoki toʻliq boʻlmagan hajmda bajarilgan, shuningdek 
qimmatli qogʻozlar qarzi yuzasidan bir yildan ortiq muddatga shartnoma tuzilgan taqdirda bir 
yuridik shaxsning boshqa yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlash ushbu moddaning 
yettinchi qismida belgilangan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olinmagan holda amalga oshiriladi. 
(12-q.)
Bir yuridik shaxsning boshqa yuridik shaxsda yoki jismoniy shaxsning yuridik 
shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlashdagi qoʻshimcha holatlar sud tomonidan aniqlanadi. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish