86-modda. Senat a’zolari saylovining yakunlari ustidan shikoyat qilish
Qo‘shma majlislarning, shuningdek Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ustidan
ushbu qarorlar qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy
sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
87-modda. Bo‘shab qolgan o‘rinlarga Senat a’zolari saylovini o‘tkazish
Bo‘shab qolgan o‘rinlarga Senat a’zolari saylovi tegishli qo‘shma majlislarda ushbu
Kodeks talablariga rioya etilgan holda o‘tkaziladi.
Senat vakolat muddatining tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida Senat a’zosining
o‘rni bo‘shab qolsa, bo‘shab qolgan o‘ringa Senatning yangi a’zosi saylovi o‘tkazilmasligi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |