Markaziy saylov komissiyasi qo‘shma majlislarning bayonnomalari asosida bu
bayonnomalar kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay Senat a’zolarini
ro‘yxatga oladi, ro‘yxatga olishdan keyin o‘n kun ichida esa guvohnoma va ko‘krak nishoni
beradi.
Agar saylov davomida, ovozlarni sanab chiqish, yashirin ovoz berish natijalarini aniqlash
chog‘ida ushbu Kodeks talablari saylov natijalariga ta’sir qilgan tarzda buzilishiga yo‘l qo‘yilgan
bo‘lsa, Markaziy saylov komissiyasi Senat a’zolarining saylovini haqiqiy emas deb topishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: