53-modda. Uchastka saylov komissiyasining ovoz berishdan oldingi faoliyati
Saylov kuni ovoz berish binosi uchastka saylov komissiyasi a’zolarining kamida uchdan
ikki qismi hozir bo‘lganda ochiladi.
Uchastka saylov komissiyalari:
yashirin ovoz berish uchun binoni ovoz berish boshlanguniga qadar tayyor holatga
keltiradi;
uchastka saylov komissiyasi a’zolari orasida vazifalarni taqsimlaydi;
komissiyaning ikki a’zosi tomonidan imzolangan, muhr bilan tasdiqlangan saylov
byulletenlarini tayyorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |