O‘zbekiston respublikasining mehnat kodeksi


-modda. O‘quv yurti joylashgan yerga borish uchun haq to‘lashdagi imtiyozlar



Download 212,03 Kb.
bet111/126
Sana29.05.2022
Hajmi212,03 Kb.
#616036
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   126
Bog'liq
mexnat kodeksi

257-modda. O‘quv yurti joylashgan yerga borish uchun haq to‘lashdagi imtiyozlar
Oldingi tahrirga qarang.
Ish beruvchi oliy o‘quv yurtlarida sirtdan ta’lim olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida qatnashish maqsadida o‘quv yurti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi uchun yiliga bir marta yo‘l kiraning ellik foizdan kam bo‘lmagan qiymatini to‘laydi.
(257-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-239-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 554-modda)
Diplom loyihasi (ishi) tayyorlash va uni yoqlash yoki bitiruv imtihonlarini topshirish uchun borib kelinganda ham shunday miqdorda yo‘l kira to‘lanadi.
258-modda. Ijodiy ta’tillar
Oldingi tahrirga qarang.
Ishlab chiqarish yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga qo‘shib olib borayotgan shaxslarga doktorlik dissertatsiyasini yakunlash, shuningdek darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yozish uchun asosiy ish joyida o‘rtacha oylik ish haqi va lavozimi saqlangan holda ijodiy ta’tillar beriladi.
(258-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijodiy ta’tillarni berish tartibi va ularning muddatlari qonunchilik bilan belgilab qo‘yiladi.
(258-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijodiy ta’tillar berish tartibi” (7-ilova).
XV BOB. MEHNAT NIZOLARI
259-modda. Yakka mehnat nizolarining taraflari va mazmuni
Oldingi tahrirga qarang.
Yakka mehnat nizolari — bu ish beruvchi va xodim o‘rtasida mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarni, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini qo‘llanish yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklardir. Bunday hollarda nizoning xodim manfaatini ifoda etuvchi tarafi bo‘lib xodimlarning vakillik organi ishtirok etishi mumkin.
(259-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 21 va 22-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonunining 35-moddasi.

Download 212,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish