O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati



Download 265,06 Kb.
bet94/189
Sana31.03.2022
Hajmi265,06 Kb.
#520854
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   189
Bog'liq
Bojxona kodeksi

201-modda. Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona organlari tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin, basharti bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik buzilgan deb taxmin qilish uchun yetarli va tasdiqlangan asoslar mavjud bo‘lsa, bojxona nazoratini amalga oshirishga haqli.
(201-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati amalga oshirilayotganda bojxona organlari tovarlarning borligini tekshirishga, ularni qayta bojxona ko‘rigidan o‘tkazishga, bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni qayta tekshirishga, hujjatlarni hamda ushbu tovarlar bilan amalga oshiriladigan tashqi iqtisodiy operatsiyalarga va undan keyingi tijorat operatsiyalariga taalluqli axborotni tekshirishga haqli. Tekshiruv mazkur operatsiyalarga bevosita yoki bilvosita aloqador yoxud zarur hujjatlarga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar joylashgan yerlarda o‘tkazilishi mumkin.
Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazoratini o‘tkazish uchun bojxona organi boshlig‘ining yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning tekshiruv maqsadi, uni o‘tkazish muddatlari, tekshiruvchi bojxona organi mansabdor shaxslarining tarkibi va tekshirilayotgan davr ko‘rsatilgan qarori asos bo‘ladi.
Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati ayni bir kontrakt (shartnoma, kelishuv) bo‘yicha ko‘pi bilan bir marta o‘tkazilishi mumkin.
Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati hamda bojxona to‘lovlarini qo‘shimcha hisoblash tovarlarning bojxona nazorati ostida bo‘lishi tugagan paytdan e’tiboran bir yil ichida amalga oshirilishi mumkin.
202-modda. Bojxona nazorati amalga oshirilayotganda mutaxassisni va ekspertni jalb qilish
Zarur hollarda, bojxona nazorati amalga oshirilayotganda, shu jumladan texnik vositalarni qo‘llagan holda amalga oshirilayotganda muayyan harakatlarni bajarishda ishtirok etish va ko‘maklashish uchun maxsus bilim va ko‘nikmalarga ega, manfaatdorligi bo‘lmagan mutaxassis yoki ekspert jalb qilinishi mumkin.
Mutaxassisni yoki ekspertni jalb qilish bojxona organining yoxud vakolatli shaxsning tashabbusi bilan amalga oshiriladi.
Mutaxassis va ekspert:
o‘z ishtirokida bajariladigan harakatlar predmetiga taalluqli materiallar bilan tanishishga;
tegishli harakatlarning predmetiga taalluqli savollarni shunday harakatlar ishtirokchilariga berishga;
o‘zi ishtirok etgan harakatlarning amalga oshirilishi natijalari bo‘yicha rasmiylashtiriladigan hujjatlar bilan tanishishga va o‘zi bajaradigan harakatlar yuzasidan shunday hujjatlarga kiritilishi lozim bo‘lgan bayonotlar qilishga va tushuntirishlar berishga haqli.
Mutaxassis va ekspert maxsus bilim va ko‘nikmalar talab etiladigan harakatlarda ishtirok etishi, o‘zi bajaradigan harakatlar yuzasidan tushuntirishlar berishi, mazkur harakatlarning bajarilganligi faktini, ularning mazmuni va natijalarini o‘z imzosi bilan tasdiqlashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona nazoratini o‘tkazish bo‘yicha harakatlarni amalga oshirishga jalb qilinganda mutaxassis yoki ekspert tomonidan olingan, davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni o‘z ichiga olgan axborot u tomonidan oshkor etilmasligi, boshqa maqsadlarda ishlatilmasligi, uchinchi shaxslarga berilmasligi kerak, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
(202-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Bojxona nazoratiga mutaxassisni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlar o‘rni:
mutaxassis bojxona organining tashabbusi bilan jalb qilingan taqdirda — bojxona organi tomonidan;
mutaxassis vakolatli shaxsning tashabbusi bilan jalb qilingan taqdirda — vakolatli shaxs tomonidan qoplanadi.

Download 265,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish