MIDI va raqamli ovoz: qulayliklar va kamchiliklar
WAVE formati ko’p sonli formatlardan birini o’zida aks ettirsada, lekin u raqamli ovozlarni saqlash
uchun mo’ljallangan yagona format emas.
MIDI-ma’lumotlardan farqli, raqamli-ovoz ma’lumotlari kvantlar (samples) deb ataluvchi minglab
birlik ko’rinishida yozilgan ovozni o’zida aks ettiradi. Raqamli ma’lumotlar diskret vaqt momentida ovoz
amplitudasini (yoki balandligini) ifodalaydi. Raqamli ma’lumotlar ijrosi qurilmaga bog’liq bo’lmaydi va shu
sababli ular doimo bir xil bo’ladi. Lekin buning hisobiga bunday ovozli fayllar hajmi yetarlicha katta bo’ladi.
Vektorli grafika rastrli grafikaga nisbatan qanday qiyoslansa, MIDI-ma’lumotlarni ham raqamli
ma’lumotlarga nisbatan xuddi shunday qiyoslash mumkin. Ya’ni vektorli grafik tasvirlar printer yoki
monitorga bog’liq bo’lgani kabi MIDI-ma’lumotlar ovozni ijro etuvchi qurilmalarga bog’liq bo’ladi, raqamli
ma’lumotlar esa bog’liq bo’lmaydi.
MIDI standarti PostScript standartiga o’xshash bo’lib, qurilmalarni tushunarli tilda boshqarish
imkoniyatini beradi. Raqamli ma’lumotlarga nisbatan MIDI quyidagi qulayliklarga ega:
MIDI-fayllar kam xotira hajmini egallaydi, bu fayllar o’lchami ovoz sifatiga ta’sir ko’rsatmaydi.
MIDI-fayllar raqamli fayllardan operativ va doimiy xotiradan joy egallashiga qarab o’rtacha 200-1000 marta
kichik bo’ladi, markaziy prossessor resurslari ko’p talab qilinmaydi. Ba’zi hollarda hatto ovoz sifati ham
boshqa audio fayllarga nisbatan yuqori bo’ladi. Bunday hollarda MIDI-fayllarni ijro etish manbalari yuqori
sifatda bo’lishi talab etiladi. Siz ovoz sifati va balandligini saqlagan holda ovoz tempini o’zgartirish hisobiga
MIDI-fayllar uzunligini o’zgartirishingiz mumkin. MIDI-ma’lumotlarni alohida notalar darajasida tahrirlash
ham oson. Siz MIDI-kompozitsiyalarni millisekundgacha aniqlikda tahrirlash imkoniyatiga egasiz.
MIDI-fayllarning asosiy kamchiligi ovoz aniqligida. MIDI-faylni yaratishda qo’llanilgan ijro etish
qurilmasi haqiqiy musiqa asbobiga qanchalik o’xshash bo’lsa, ovoz aniqligi ham shunchalik o’xshash bo’ladi.
Hatto faylni yaratishda qo’llanilgan MIDI-qurilma ovozi General MIDI standartiga to’liq mos kelganida ham
ovoz sifati ijro etuvchi elektron qurilmaga bog’liq. MIDI-ovozlar nutqli ma’lumotlarni ijro etish uchun
qo’llanilmaydi. Raqamli audioning MIDI-fayllardan asosiy ustunligi raqamli ovozlarning ijro etilish sifati
doimiy bo’ladi. Raqamli ovozlar bilan ishlash zaruratiga ikki sabab mavjud: raqamli ovozlar bilan ishlash
uchun dasturlar va tizimlar tanlovi keng; raqamli ovoz elementlarini tayyorlash va yaratish uchun musiqa
nazariyasini bilish shart emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |