Ovozli fayllar formati
WAVE (.wav) – juda keng tarqalgan ovozli fayl formatlaridan biri. Windows operatsion muhitida
ovozli ma’lumotlarni saqlashda qo’llaniladi. Uning asosida ma’lumotlarni strukturali ko’rinishda saqlanishiga
imkon beruvchi RIFF (Resource Interchange File Format) formati yotadi. Ovozli ma’lumotlar katta
hajmga egan bo’lganligi sababli ularni saqlashda turli xil siqish usullaridan foydalaniladi. Siqishning eng
sodda usuli – impulsli-kodli modulyatsiya (Pulse Code Modulation, PCM), lekin u yetarlicha siqilishni
ta’minlay olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |