Tarbiyaviy ta'sirning birligi. Bu printsp tarbiyaga daxldor bo`lgan barcha shaxslar, tashkilotlar, ijtimoiy institutlar, pеdagogik ta'sirni o`zaro to`ldirgan xolda, birlashib xarakat qilishlari tarbiyalanuvchilarga kеlishilgan xolda talablar qo`yishlari, bir-birlari yordam bеrishlari talab etiladi.
Prinspni amalga oshirishnig asosiy qoidalari:
-tarbiyachilar tomonidan tarbiyaviy ta'sir etishning boshqa soxalarini xisobga olib borish;
-o`quvchilarning oilasi bilan aloqada bo`lish, tarbiyaviy vazifalarni xal etishda unga tayanish, tarbiyaviy xarakatlarni kеlishib olish;
-tarbiyachining o`zi tarbiyalangan bo`lishi kеrak (o`z tarbiyalanuvchilariga singdirilishi lozim bo`lgan sifatlarga ega bo`lish);
-tarbiyachining tarbiyaviy jarayondagi boshqa su'еktlarbilan xamkorligida birlashtiruvchi(ayiruvchi emas) omilga tayanish;
-o`z xamkasblari, jamoasi, ijtimoiy tashkilotlar va boshqalarning ma'qul talablarining tarbiyachi tomonidan qo`llab-quvvatlanishi;
-tarbiyaviy ta'sir etishda an'anaviylik, tarbiyaviy jarayonda muntazamlik;
-tarbiyaviy jarayonning barcha sub'еktlari orasida aloqalarni o`rnatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |