O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Oilada  ijtimoiy pedagogik yordam shakllari



Download 3,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/332
Sana31.12.2021
Hajmi3,66 Mb.
#263688
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   332
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Oilada  ijtimoiy pedagogik yordam shakllari 
Oilada    ijtimoiy  pedagogik  yordam  shakllari  muhtojlarga    ijtimoiy  pedagogik 
yordam uzoq muddatli va qisqa muddatli ish shakllaridan iborat bo’ladi.  
Qisqa  shakllar  ichidan  olimlar  o’zaro  munosabatlarning  intervent  va  muammoli 
modellarini ajratishadi. 
Oila  bilan  ish  yuritishning  intervent  modeli  inqirozli  holatda  bevosita  yordam 
ko’rsatishni  ko’zda  tutadi.  Bu  inqirozlar  oila  hayotidagi  o’zgarishlar  yoki  tasodifiy 
noxush holatlarga bog’liq bo’lishi mumkin. 
 
Inqirozli  holatga  qaysi  muammolar  sabab  bo’lganidan  qat’iy  nazar  ijtimoiy 
pedagogning  vazifasi  bevosita  emotsional  yordam  ko’rsatish  orqali  stress  holatining 
ta’sirini yumshatish va oila kuchlarining inqirozini bartaraf etishga qaratishdir.  
Bu  holatdagi  yordam  psixologik,  axborot  va  vositachilik  xarakteriga  ega  bo’lishi 
mumkin.  
Muammoli  model  ham  qisqa  muddatli  ish  shakliga  tegishli  bo’lib,  uning  muddati  
to’rtoydan oshmaydi. Muammoli model oiladagi amaliy vazifalarni yechishga qaratiladi, 
ya’ni model markazida shunday talab turadiki, yordam ko’rsatuvchi mutaxassis shaxslar 
o’z  harakatlarini  oiladagi  muammolarini  yechishga  yo’naltirishlari  kerak.  Bu  model 
muayyan  holatlarda  aksar  muammolarni  odamlarni  o’zlari  xal  qilishlariga  asoslanadi.  
Ijtimoiy  pedagogning  asosiy  vazifasi  aynan  shunday  holatlarni  yaratishdir,  muammoli 
modelning  yetakchi  metodi  yordam  ko’rsatuvchi    ijtimoiy  pedagog  va  oila  o’rtasida 


 
229 
shartnoma  tuzilishidir.  SHartnoma  tuzilayotganda  oilaning  vazifasi  oldinda  turgan 
faoliyatning  maqsad  va  vazifalarini  aniqlashdir.    Ijtimoiy  pedagogning  vazifasi  esa  bu 
maqsad va vazifalarning amalga oshishi uchun yetarli bo’lgan muddatni belgilash. 
SHuni ta’kidlash joizki,  ijtimoiy pedagog va oila o’rtasidagi shartnoma biznes yoki 
nikoh  shartnomasiga  o’xshamaydi.  Bu  holatda  tomonlar  moddiy  emas,  balki  axloqiy 
majburiyatlarga  ega  bo’lishadi  va  bu  rasmiy  hujjat  bilan  tasdiqlanadi.  SHartnoma 
bo’yicha hamkorlik oilani shartnoma shartlarini ishlab chiqishda, qarorlar qabul qilishda 
faol ishtirok etishini ta’minlaydi. O’smirlar va o’spirinlar bilan ishlashda shartnomaning 
tuzilishi  ularning  mutaxassis  bilan  munosabatlariga  jiddiy  xarakter  berishi  bilan  ijobiy 
jihatlarga ega.  
Asosan  xorij  amaliyotida  qo’llaniladigan  uzoq  muddatli  ish  shakllari  psixoijtimoiy 
yondoshuvga asoslanishadi va  to’rtoydan ortiq vaqtni talab qiladi.  
Psixoijtimoiy  yondashuvning  asosiy  vazifalari  biror  bir  vazifani  bajarishga 
odatlantirish  qilish  orqali  oilaviy  tizimni  o’zgartirish,  oilaga  ta’sir  qiluvchi  boshqa 
ijtimoiy tizimlardagi holatlarni o’zgartirishdan iborat. Aynan  ijtimoiy pedagogik yordam 
sharoitida patronajning qo’llanilishi maqsadga muvofiq. Patronaj- ijtimoiy pedagogik ish 
shakllaridan  bo’lib,  unda    ijtimoiy  pedagog  tashhiz,  nazorat  va  reabilitatsiya 
maqsadlarida  oilaga  tashrif  buyuradi.  Bu  esa  oila  bilan  uzoq  muddatli  aloqalarni  ushlab 
qolishga  zamin  yaratadi.  Patronaj  oilani  uning  tabiiy  sharoitlarida  kuzatishga  imkon 
beradi. Patronajning o’tkazilishi bir qancha tamoyillarga amal qilishni talab qiladi. Bular: 
yordamni  ixtiyoriy  qabul  qilish,  konfidensiallik  va  boshqalar.  SHuning  uchun  oilani 
avvaldan tashrif to’g’risida xabardor qilish lozim.  
Patronajlar  tanlangan  ish  strategiyasiga  qarab  doimiy  va  bir  martalik  bo’ladi. 
Doimiy  patronajlar  avvalambor  g’ayri  ijtimoiy  oilalarga  nisbatan  qo’llanilishi  lozim. 
CHunki  ularni  doimiy  nazorat  qilish  intizomga  chaqiradi.  SHu  bilan  birga  vujudga 
kelayotgan inqirozli holatlarni aniqlash imkonini beradi.  
Patronaj  bilan  bir  qatorda    ijtimoiy  pedagogik  faoliyatda  oila  bilan  ish  olib 
borishning  muhim  shakllaridan  biri–bu  konsultativ  suhbat  o’tkazishdir.  Konsultatsiya 
asosan hayotiy masalalarni hal qilishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan sog’ odamlarga 
mo’ljallangan.  YAkka  tarzdagi  konsultatsion  suhbatlar  bilan  bir  qatorda  oila  bilan 
ishlashning jamoaviy shakllari-treninglar ham o’tkazilishi mumkin. 
 Ijtimoiy  pedagogik  trening  amaliy  psixologiyaning  jamoaviy  psixologik  ish  olib 
borishni faol metodlaridan foydalanishga asoslangan sohasi sifatida ta’riflanadi.  
SHuni  ta’kidlash  joizki,  bugungi  kunda  o’tkazilayotgan  trening  dasturlarining 
maqsadlari  kengaydi  va  trening  faqatgina  amaliy  psixologiya  sohasi  bo’libgina  qolmay,  
ijtimoiy  pedagogika,  ta’lim  tizimida  ham  o’z  o’rniga  ega  bo’ldi.  Trening  bir  qancha 
indevidual va jamoaviy ish olib borish usullarining uyg’unlashuvi bo’lib, ota-onalarning 
psixologik,  pedagogik  savodxonligini  oshirish  muammosini  xal  qilishning  eng  istiqbolli 
usullaridan  biriga  aylandi.  Bu  muammo  so’ngi  o’n  yilliklar  davomida  o’z  global 
ahamiyatini  yo’qotmayapti.  Ayniqsa  ruhiy  va  jismoniy  nuqsonli  farzandli  oilalarda  bu 
muammo nihoyatda keskindir.  
Jamoaviy usullar ota-onalarga bir-birlari bilan tajriba almashishi, savollar berishi va 
guruhda  qo’llab-quvvatlanish  imkonini  beradi.  Bundan  tashqari  axborot  almashinuvida 
yetakchilik  rolini  bajarish  faollikni  oshiradi.  YUqoridagi  ususllar-konsultativ  suhbat, 
trening  ommabop  hisoblanib  ham  qisqa  muddatli  ham  uzoq  muddatli  shakllarda 
qo’llaniladi.  
Oiladagi    ijtimoiy  pedagogik  faoliyat  tizimli  yondashuvga  asoslangan  taqdirdagina 
samarali  bo’lishi  mumkin.  U  demografiya,    ijtimoiyogiya,    ijtimoiy  psixologiya, 


 
230 
pedagogika (oilaning tarbiya funksiyasi), huquq, iqtisod (oila byudjeti), etnografiya, tarix 
va falsafa ma’lumotlarini o’rganishni va ulardan foydalanishni ko’zda tutadi. 
SHunday  qilib,  zamonaviy  sharoitlarda  oila  turli  bilim  sohalari:    ijtimoiy 
pedagogika,    ijtimoiy  ish,  sog’liqni  saqlash  va  boshqalarning  markaziy  ob’ektlaridan 
biriga  aylanmoqda.  CHunki  har  bir  jamiyatning  kelajagi    o’sha  jamiyatdagi  oilalardagi 
muammolarni xal qilishga bog’liq.  

Download 3,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish