Kech soat 5 da yog’gan.
132. Savatdagi 5 ta olma 5 ta bolaga 1 ta dan bo’lib berildi. Lekin 1 ta olma savatda qoldi. Qanday qilib bunday bo’lgan?
Savati bilan berilgan.
133. Qafasda 4 ta qush 4 ta bolaga 1 tadan berilsa, 1 ta qush qafasda bo’lishi mumkinmi?
Qafasi bilan berilsa mumkin.
134. Hech qanday arifmetik amallarni bajarmay 66 sonini 1,5 marta oshiring.
66 ni 99 ga aylantiring.
135. Tikuvchi har kuni gazlamani 2 metrli bo’lakdan qirqib olsa, 18 metrli gazlamani oxirgi bo’lagini nechanchi kuni kesadi?
8-kuni.
136. Har 5 minutda yarim metrli g’o’la arralayotgan kishi 14 metrli g’o’lani qanchada arralaydi?
2 soat 15 minutda.
137. 3 ta o’rtoq bozorga ketayotib 3 ta tanga topib oldi. Agar o’rtoqlaridan bittasi o’zi bozorga ketayotgan bo’lsa nechta tanga topgan bo’lardi?
3 ta.
138. Toshkentga kelayotgan bir kishi 3 nafar tanishini uchratib qoldi. Har bir tanishining yonida bittadan bolasi ham bor edi. Hammasi bo’lib Toshkentga necha kelayotganlar nechta?
Do'stlaringiz bilan baham: |