O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universitetining


Monopliyaga qarshi O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar



Download 105,37 Kb.
bet9/12
Sana24.04.2022
Hajmi105,37 Kb.
#579548
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
kurs ishi orginal

. Monopliyaga qarshi O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar

Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida raqobatni rivojlantirish va uni himoya qilish masalasiga davlat siyosati darajasidagi ustuvor yo`nalishlardan biri sifatida qaraldi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar mahsuli sifatida bozor iqtisodiyotining samarali harakatlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadigan iqtisodiy raqobatni rivojlantirish uchun zarur bo`lgan institutsional asoslar, shart-sharoitlar yaratildi. Shu bilan bir qatorda, davlatning raqobat siyosatini amalga oshirish vakolati berilgan monopoliyaga qarshi davlat organi ham institutsional tarafdan mustahkamlanib bordi.
O`zbekistonda raqobat siyosati: Asosiy sanalar

  • 2 iyul 1992 yil – “Monopolistik faoliyatni cheklash to`g`risida”gi qonun qabul qilindi va O`zbekistonda raqobat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish boshlandi;

  • 1992 yil – O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tarkibida Monopoliyaga qarshi va narx siyosati Bosh boshqarmasi tashkil etildi;

  • 1996 yil – O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo`mitasi tashkil etildi;

  • 2000 yil – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarildi, unga davlat qo`mitasi maqomi berilib, respublikada monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshirish vakolati berildi;

  • 2005 yil – raqobat, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qo`llab quvvatlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq monopoliyaga qarshi organ qayta tashkil etildi va unga yangi vakolatlar berildi.

  • 2010 yil — monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solishni yanada kuchaytirish va sog`lom raqobat muhini yaratish maqsadida, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq monopoliyaga qarshi organ qayta tashkil etildi.

Iqtisodiyotda kechayotgan ijobiy o`zgarishlarni hisobga olgan holda, shuningdek, monopoliyaga qarshi organlar institutlarini yanada mustahkamlash, 90 yillarda va 2000 yillarning boshlaridagi monopoliyaga qarshi qonunchiliklarni takomillashtirish masadida quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi va qabul qilindi:
1996 yil 27 dekabrda O`zbekiston Respublikasi “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to`g`risida” Qonuni qabul qilindi.
Yangi qonun qoidalari ikkita asosiy yo`nalishlar bo`yicha munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo`lib, bular:
monopol mavqeini suiste’mol qilish ustidan nazorat o`rnatish va unga yo`l qo`ymaslik;
iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirish uchun tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy asoslarni yaratish;
1997 yil 24 aprelda O`zbekiston Respublikasi “Tabiiy monopoliyalar to`g`risida” Qonuni qabul qilindi;
1996 yil 26 aprelda O`zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida” Qonuni qabul qilindi.
O`zbekiston Respublikasida raqobatni rivojlantirishga yo`naltirilgan asosiy islohotlar:
Ushbu jaryon uch bochqisda amalga oshirildi:
1-bosqich (1991-1999 yy.) Raqobat muhitini shakllantirish uchun bozor mexanizmlarini yaratish:
1992 yil 2 iyulda – “Monopolistik faoliyatni cheklash to`g`risida”gi qonun qabul qilindi va O`zbekistonda raqobat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish boshlandi;
1992 yil – O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tarkibida Monopoliyaga qarshi va narx siyosati Bosh boshqarmasi tashkil etildi;
1996 yil – O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo`mitasi tashkil etildi.
Shu yilda “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to`g`risida”gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi.
2-bosqich (2000-2010 yy). Monopolist korxonalarni monopoliyadan chiqarish, bo`lib yuborish va qayta tashkil etish:
2000 yil – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirli tarkibidan chiqarildi, unga davlat qo`mitasi maqomi berilib, respublikada monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshirish vakolati berildi.
2005 yil – raqobat, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qo`llab quvvatlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq monopoliyaga qarshi organ qayta tashkil etildi va unga yangi vakolatlar berildi.
Qo`mitaga yangi nom berildi – O`zbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash davlat qo`mitasi.
3-bosqich (2010 yildan boshlab) Moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solishni joriy etish.
2010 yil — monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solishni yanada kuchaytirish va sog`lom raqobat muhitini yaratish maqsadida, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq monopoliyaga qarshi organ qayta tashkil etildi va uning tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash funktsiyasi bekor qilindi.
2012 yil – ikkita davlat qo`mitasini qo`shilib ketishi orqali yana qisman o`zgarish bo`ldi. Shu yilda “Raqobat to`g`risida”gi qonun qabul qilindi.
O`zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 yanvardagi №PF-5630-sonli “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 yanvardagi № PQ-4126-sonli “O`zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi Qaroriga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tuzildi va unga monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, tabiiy monopoliya sub’ektlari faoliyati ustidan nazorat olib borish, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama bozorini tartibga solish va tovar-homashyo birjalarini litsenziyalash kabi vazifa, funktsiya va vakolatlar berildi.


Download 105,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish