3
KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.
Tarixan Afg‘oniston masalasi yetakchi xorijiy davlatlar e’tiborini o‘ziga jalb qilib
kelgan. Tarixan Afg‘onistonga bo‘lgan tashqi qiziqishlar ko‘lami yanada ortishi
barobarida, mintaqa yetakchi xorijiy davlatlar o’rtasida ko’plab geosiyosiy
manfaatlar to‘qnashuvlari makoniga aylangan. Afg‘onistonda o‘ttiz yildan oshiq
vaqt mobaynida ro‘y berayotgan voqealar butun
dunyo jamoatchiligi diqqat-
e’tiborini o‘ziga tortib kelmoqda.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov: «Biz
Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikka erishish butun Markaziy Osiyo
mintaqasini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi hayotiy muhim
muammolarni yechish uchun katta imkoniyatlar ochib beradigan xavfsizlikning hal
qiluvchi omili ekanini yaxshi anglaymiz», degan fikrni bildirib o‘tadi
1
.
Hozirgi vaqtda Afg‘oniston tinch va barqaror jamiyat qurish yo‘lidan
bormoqda. Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganlaridek - «bu millionlab afg‘onlarni
tinch mehnat bilan band qilish, yangi, nisbatan qisqaroq
kommunikatsiyalar va
savdo, iqtisodiy aloqalarni shakllantirish, dunyoning bu eng keskin mintaqasidagi
jo‘g‘rofiy-siyosiy holatlarni tubdan o‘zgartirish imkonini beradi»
2
.
Afg‘oniston ichki ishlariga tashqi kuchlar aralashuvida asosiy e’tiborni
Pokistonga qaratish lozim. Afg’oniston Islom Respublikasi va Pokiston Islom
Respublikasi
bir-biriga chegaradosh, biroq geografik jihatdan ikki mintaqaga –
Afg’oniston O’rta Sharqqa, Pokiston esa Janubiy Osiyo mintaqasiga mansubdir.
Davlatlar geografiyasi farqlansa-da, mazkur davlatlar xalqining turmush tarzi ko’p
jihatdan, jumladan, tarixiy, diniy, madaniy, etnik jihatdan bir-biriga yaqin
hisoblanadi.
Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida qanchalik yaqinlik bo‘lmasin, davlatlar
siyosiy hayoti, iqtisodiy taraqqiyoti va tashqi siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlarda
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning NATO/SЕAP sammitidagi nutqi // http://www.press-
service.uz/uz/gsection.scm?groupId=5254&contentId=383051999. Aprel 03, 2008
2
Karimov I. Mintaqaviy xafsizlikdan yalpi xavfsizlik sari. 4-jild. – T.: «O‘zbekiston», 1996. – B.56-57
4
muayyan farqli jihatlar mavjud. Afg‘oniston-Pokiston munosabatlari tarixi nafaqat
Janubiy Osiyo yoki O‘rta
Sharq mintaqalarida, balki Markaziy Osiyo
mintaqasidagi siyosiy jarayonlarda muhim o‘ringa ega. Chunki mazkur
mintaqalarda xavfsizlikni ta’minlash masalasi bevosita Afg’oniston va
Pokistondagi beqarorliklar bilan bog‘liq.
Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashni afg’oniston omili
barobarida, Afg‘oniston va Pokiston munosabatlarining
kechmishi bilan ham
bog‘lash mumkin. Bu jihatdan Markaziy Osiyo xavfsizlik tizimi nechog‘li
Afg’onistonga bog‘liq bo‘lsa, Afg‘onistondagi siyosiy muhit bevosita Pokistonga
bog‘liqdir. Shuning uchun ham mutaxassislar “Pokiston – afg‘on muammosining
kaliti” sifatida bejiz aytishmagan.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda mavzuning dolzarbligini quyidagilarda
ko‘rishimiz mumkin:
Birinchidan, Afg‘onistonga tashqi kuchlar aralashuvi ichki vaziyatning
murakkablashuviga olib kelishi va uning O‘zbekiston
Respublikasi xavfsizligiga
ta’sir ko‘rsatishi;
Ikkinchidan, Afg’oniston ichki ishlariga tashqi kuchlar aralashuvi tarixini
Pokiston nuqtai-nazaridan kelib chiqqan holda o’rganish;
Uchinchidan, Afg’onistondagi notinch vaziyat va uning davomiyligi boshqa
chegaradosh davlatlar qatori, O’zbekiston
tashqi siyosatida ham muhim
masalalardan biri hisoblanadi. Bu esa mazkur masalaning tarixini o’rganish
nechog’li ahamiyatli ekanligini ko’rsatmoqda;
Shu bois, Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikning o‘rnatilishi O‘zbekiston
Respublikasining istiqboldagi manfaatlarini ta’minlanishiga olib kelishi mazkur
mavzuning dolzarbligini yana bir bor ko‘rsatib beradi va ilmiy jihatdan tarixini
o‘rganishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: