O'zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi


Bilim egallashga yо‘naltirilgan usullar



Download 1,07 Mb.
bet20/90
Sana25.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#410179
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va sport 2021

Bilim egallashga yо‘naltirilgan usullar. Bilim egallashga yо‘naltirilgan usullar guruhini bilimlarni og‘zaki tarzda hikoya qilish, tasvirlash, suhbat, tushuntirish va nutq orqali ta’sir kо‘rsatishning boshqa shakllaridagi usullar tashkil etadi. Trener tomonidan qо‘llanadigan sо‘zdan foydalaniladigan usullar butun о‘rgatish jarayonini faollashtiradi, harakat faoliyatlari tо‘g‘risida ham tо‘la va aniq tasavvurlar shakllanishiga yordam beradi. Mazkur usullar yordamida trener о‘quv - mashq materialini о‘zlash-tirish natijalarini tahlil etadi va baholaydi.

Bu usullar guruhi axborotni sezgi organlari vositasida uzatish va qabul qilish asosiga qurilgan (perseptiv usullar). Bunda vestibulyar analizator, kinestezik analizator, kо‘rish, eshitish va boshqa sezib qabul qilish tarmoqlari muhim rol о‘ynaydi. О‘rganilayotgan harakatlarning sezgilar asosidagi shakl - shamoyilini yaratishda kо‘rgazmali о‘zlashtirish usullari qо‘llaniladi. Kо‘rgazmali usul materialni juda tez, chuqur va mustahkam о‘zlash-tirishga yordam beradi, о‘rganilayotgan harakatlarga qiziqishni oshirib, diqqatni faollashtiradi.

Oldinda turgan harakat faoliyatlari umumiy tasvirini yaratish uchun sportchilar о‘ziga aytib turish va ideomotor usullaridan keng foydalanadilar. Ularning mohiyati shundaki, murakkab harakat faoliyatini, masalan, voleyboldagi hujum zarbasi yoki gimnastikadagi tayanib sakrashni bajarishdan avval sportchi ushbu mashqlarning texnikasini xayolan tasavvur qiladi (ideomotor usul), harakatlarni xayolan bajarish davomida hara-katning bajarilayotgan elementlarini yo ovoz chiqarib, yo «ichida» о‘ziga aytib turadi. Bu usullar harakat faoliyatini tez о‘zlashtirish hamda takomillashtirishga imkon beradi, natijada о‘rgatish sifati oshadi. Harakat faoliyatlarini bajarish vaqtida ichki nutqni qо‘llashga asoslangan usullarni sо‘z bilan о‘zini boshqarish usullari deyiladi. Ular anchayin turli - tuman bо‘lib, о‘z - о‘ziga buyruq berish, о‘zini ishontirish, о‘ziga singdirish va h.k tarzida amalga oshiriladi. Masalan, о‘z - о‘ziga bо‘yruq berish о‘zicha shunday buyruqlarni talaffuz qilishni nazarda tutadi: «men masofani tezroq yugurib о‘tishim kerak», «men bellashuvda kuchliroq bо‘lishim kerak», «men о‘yin maydonchasida jonliroq bо‘lishim zarur» va b. Ichki nutqni о‘z harakatlarini boshqarish sirasiga kiritish о‘qitish - о‘rgatish jarayonini intellektuallashtiradi.

Harakat kо‘nikma va malakalarini о‘zlashtirishga yо‘naltirilgan usullar. Amaliy usullar sportchilarning о‘z faol harakatlariga asosangan. Ular shartli ravishda 2 guruhga bо‘linadi: qat’iy va qisman chegaralangan mashqlar usuli. Ular harakat faoliyatini harakatlar shakli, yuklama hajmi, uning oshib borishi va dam olish bilan navbatlash va boshqalarni qat’iy chegaralagan holda kо‘p marotaba takrorlashga asoslanadi, buning natijasida alohida harakatlarni tanlab о‘zlashtirish, zarur harakat faoliyatlarini izchil ravishda shakllantirish imkoniyati paydo bо‘ladi. Mashg‘ulotning asosiy, umumiy zahirasini qat’iy chegaralangan mashq usullari tizimi tashkil etadi (L.P.Matveyev,1991). Harakat faoliyatlarini о‘rgatishda bular yaxlit va taqsimlangan usullardir.



Qismlarga bо‘lib yoki taqsimlab о‘rgatish usuli harakat faoliyatining alohida qismlarini dastlab о‘rgatib, keyin zarur yaxlit harakatni tiklashni kо‘zda tutadi. Mazkur usul kо‘p sonli elementlardan tashkil topgan murakkab harakat faoliyatiga о‘rgatishda qо‘llaniladi. Harakat faoliyatlarini taqsimlab о‘rgatish usuli asosida о‘rgatishda ayrim qoidalarga rioya qilish lozim:

♦ taqsimlash mazkur faoliyatning tuzilishini tubdan о‘zgartirib yubormasligi kerak;

♦ taqsimlashda о‘rganilayotgan faoliyat tuzilishining xususiyatlarini, shuningdek, shug‘ullanuvchilarning harakat tajribasini e’tiborga olish zarur;

♦ taqsimlashda о‘rganilayotgan mashqning barcha bosqichlari qamrab olinishi lozim.




Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish