O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari



Download 0,62 Mb.
bet99/106
Sana20.09.2021
Hajmi0,62 Mb.
#180557
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   106
Bog'liq
PTEuz

§3. Elektropoezdlar

105. 200 km/soat gacha harakat tezliklarini ta'minlash uchun foydalanishi boshlangan vaqtdan xizmat muddati 20 yildan oshmaydigan elektrpoezdlar ko’zda tutiladi.

106. 200 km/soat tezlikda elektrpoezd tormoz vositalari shoshilinch tormozlanishda quyidagilardan oshib ketmaydigan tormozlanish yo’lini ta'minlashi kerak:

0,006 gacha pasayishlarda - 1600 m, magnitrelsli tormozning yo’qligida - 2300 m;

0,006 dan (uni ham hisobga olib) 0,010 gacha pasayishlarda - 1700 m, magnitrelsli tormozning yo’qligida - 2400 m.

107. Elektrpoezdlarga "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan o’rnatilgan tartibda kasbga oid tanlash va intensiv texnologiyalar bilan ishlash bo’yicha tibbiy tekshirishdan o’tgan, elektrpoezdlarga xizmat ko’rsatish tajribasiga ega bo’lgan birinchi klass malakali mashinistlar va lokomotivlarni boshqarish guvohnomalariga ega mashinist yordamchilaridan tashkil topgan lokomotiv brigadalari tayinlanishi kerak. Poezdni chilangarlar brigadasi bilan birga elektrpoezd ustasi kuzatib boradi.

108. Ta'mirlararo normativ davrlar (muddatlar), elektropoezdlarga xizmat ko’rsatish va ularni ta'mirlash bo’yicha ishlar hajmlari, shuningdek asosiy uzellarning qo’yim va yemirilishlar me'yorlari "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan belgilanadi.

109. Barcha turdagi joriy ta'mir va texnik xizmatlar "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan o’rnatilgan talablarga muvofiq zarur ishlab chiqarish maydonlari va texnologik jihozlarga ega bo’lgan lokomotiv depolarida amalga oshiriladi.

110. Elektropoezd turish yo’llari elektr va suv ta'minoti bilan jihozlangan bo’lishi, yong’in o’chirish vositalari va o’z-o’zidan ketib qolishdan asrash qurilmalari bilan ta'minlanishi kerak. Elektropoezd qo’riqlanishi ta'minlangan bo’lishi kerak.

111. G’ildirak juftlari ishlab chiqaruvchi zavod talablariga, shuningdek quyidagi qo’shimcha talablarga muvofiq bo’lishi kerak:

greben qalinligi kamida 28 mm, g’ildirak to’g’ini (obod) qalinligi kamida 40 mm, g’ildirash aylanasi bo’ylab prokat ko’pi bilan 3 mm bo’lishi kerak;

g’ildirash aylanasi bo’ylab bandaj (g’ildirak) diametrlari farqi bir g’ildirakda g’ildirak juftini chiqarib yo’nishda - ko’pi bilan 0,5 mm, g’ildirak juftini chiqarmasdan yo’nishda - ko’pi bilan 1,0 mm;

bandaj (g’ildirak) diametrlari farqi bir komplekt g’ildirak juftlarida - ko’pi bilan 5 mm, bir aravachada - ko’pi bilan 3 mm.

G’ildirash sathida chuqurligi 0,5 mm gacha polzunlar (o’yiqlar) mavjud bo’lsa, harakat tezligi 160 km/soat dan oshmasligi kerak.

112. Asosiy va aylanma depodan elektrpoezdni berishdan oldin uning tormoz jihozlari tekshirilishi, Temir yo’llarning harakat tarkibi tormozlaridan foydalanish bo’yicha yo’riqnomaga muvofiq tormoz to’liq sinashi o’tkazilishi va aylanmasdan siljishga qarshi qurilmalarning faoliyati tekshirilishi kerak.

Avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi qurilmalari va xavfsizlik qurilmalari, poezd radio aloqasi va tezlik o’lchagichlarning tekshirilishlari elektr poezdni depoga kirib kelishi va uni depodan berilishi har bir holatida amalga oshirilishi kerak.

113. Rejaviy ta'mir turlari o’tkazilgach quyidagilar amalga oshirilishi kerak:

elektr poezdni depo yo’llarida sinash bilan ta'mir texnologik jarayoniga muvofiq jihozlar ishini kuchlanish ostida sinash;

"O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan o’rnatilgan tartibda elektr poezdni asosiy yo’llarda sinash.

114. Rejaviy ta'mir turlaridan elektropoezd Elektrpoezdlarni ta'mirlash qoidalariga muvofiq qabul qilinishi kerak.

115. Elektr poezdi TO-2 hajmidagi texnik xizmat ko’rsatishdan chiqarilishdan oldin sex ustasi va lokomotiv qabul qiluvchlari tomonidan ko’rib chiqilishi kerak.

TO-2 texnik xizmat ko’rsatishning o’tkazilishi sifatini tekshirish "O’zbekiston temir yo’llari" DATK Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi boshlig’i tomonidan tasdiqlangan grafik bo’yicha 15 kunda bir marta depo rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. Ko’rik natijalari TU-152 shaklidagi kitobga yoziladi.



Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish