O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2017-yil I choragidagi faoliyati yakunlari



Download 28,98 Kb.
Sana07.09.2017
Hajmi28,98 Kb.
#19257
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2017-yil I choragidagi faoliyati yakunlari

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2017-yil I choragida mamlakatimizning xalqaro sahnadagi manfaatlarini himoya qilish va ilgari surish, xorijiy mamlakatlar va nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan o‘ziga yuklatilgan vazifalari asosida faoliyat olib bordi.

Mazkur yili O‘zbekiston Respublikasi bilan qator davlatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligiga 25 yil to‘ldi va ushbu sana munosabati bilan davlat rahbarlari, shuningdek tashqi ishlar vazirlari darajasida tabrik maktublari almashildi.

O‘zbekison Prezidentining Turkmaniston (2017-yil 6-7-mart) va Qozog‘istonga (2017-yil 22-23-mart), qator vazirlik va idoralar rahbarlarining yaqin va uzoq xorij davlatlariga tashriflari bo‘lib o‘tdi.

Tashqi ishlar vazirligi xorij malakatlarining hukumat va idoralari hamda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar boshliqlari tashrifini tashkillashtirishda ishtirok etdi. Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, maorif vaziri Li Jun-sik, Pokiston qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi vaziri X.Bosan, AQSh davlat kotibi o‘rinbosari D.Rozenblum va boshqa chet-el davlatlari idoralari rahbarlari O‘zbekistonga tashrif buyurdilar va uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdilar.

BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha Mintaqaviy markazi rahbari P.Draganov, BMT bosh kotibi yordamchisi M.Yencha, Jahon banki vitse-prezidenti S.Muller, Osiyo taraqqiyot banki rahbari T.Nakao, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti S.Chakrabarti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi direktori M.Linkning tashriflari tashkillashtirildi.

Bundan tashqari Chexiya, Yaponiya va boshqa dalatlarning parlament delegatsiyalari O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

1-jadval

Delegatsiyalarning oliy va yuqori darajalardagi tashriflari to‘g‘risida ma’lumot

Tashrif darajasi

Xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekistonga tashriflari soni

O‘zbekiston delegatsiyasining chet-elga tashriflari soni

Davlat rahbari

-

2

Hukumat boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari

6

12

Parlament delegatsiyalari

6

4

Vazirlar va vazir o‘rinbosarlari

11

12

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri va uning o‘rinbosarlari tomonidan xorijiy mamlakatlarning vazilik va idoralari rahbarlari, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan elchilar va xalqaro tuzilmalar vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi. Ushbu muzokaralar davomida turli sohalardagi hamkorlikni kengaytirishmasalalari, turli darajalardagi ikki tomonlama uchrashuvlarning amaliy jihatlari muhokama qilidi, kelishuvlarni amalga oshirish holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi hukumat delegatsiyalari Afg‘oniston (2017-yil 23-24-yanvar), Quvayt (2017-yil 7-11-fevral) va Fransiyaga (2017-yil 27-28-mart) tashrif buyurdi. Mazkur tashriflar doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiya va boshqa sohalardagi qator hujjatlar imzolandi.

Misr Elchisi Amani al-Itr tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.

Qarorgohlari O‘zbekistondan tashqarida bo‘lgan Avstraliya Elchisi Piter Martin Tesh va Janubiy Afrika Respublikasi Elchisi Isaak Malefane tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlarini topshirdilar.

Shuningdek, Afg;oniston, Eron, Hindiston, Qirg‘iziston, Rossiya va Xitoyning tashqi siyosat idoralari bilan vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazildi.

2-jadval

TIV tomonidan o‘tkazilgan uchrashuvlar to‘g‘risida ma’lumot

Daraja

TIVdagi uchrashuvlar soni

TIV delegatsiyasining xorijga tashriflari soni

Tashqi ishlar vaziri

11

3

Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosarlari

24

7

Vazirliklararo masalahatlashuvlar

5

5

2017-yilning I choragida TIV veb-sahifasida o‘zbek, rus va ingliz tillarida 619 ta material joylashtirildi. Uch oy mobaynida dunyoning 154 mamlakatidan 389 844 ta ko‘rish qayd etildi (O‘zbekiston – 66,6%, Rossiya – 8%, Qozog‘iston – 2,9%, AQSh – 2%).

2017-yilning 31-mart holatiga ko‘ra TIVning “Facebook”dagi sahifasi 45 mamlakatdan 10727 ta foydalanuvchiga “yoqdi” (“like”), TIVning “YouTube”dagi kanali obunachilari 790 taga yetdi.

Birinchi chorak yakuniga ko‘ra Tashqi ishlar vazirligida 24 ta xorijiy jurnalist akkreditatsiyadan o‘tgan bo‘lib, ular 9 davlatning 11 ta axborot agentligi, 4 ta telekanal va radiosi va 3 ta bosma nashrlarini nomoyon etadilar.

Turizmni rivojlantirish maqsadida O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalari tomonidan seminar, taqdimot, davra suhbati O‘zbekiston madaniyati kunlari, ko‘rgazma, fotoko‘rgazma va boshqa jami 332 ta tadbirlar o‘tkazildi va respublikaning turistik salohiyati namoyish etildi. Mazkur yilning I choragida mamlakatimizning chet eldagi muassasalari 40 ta xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etdi va tadbir ishtirokchilariga O‘zbekistonnning turistik salohiyati to‘g‘risidagi ma’lumot yetkazildi.

O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi bilan madaniy hamkorligini mustahkamlash maqsadida Qozog‘iston Milliy muzeyida “O‘zbekistonning zamonaviy san’ati” ko‘rgazmasi (2017-yil 18-25-mart, Ostona shahri) va A.S.Pushkin nomidagi davlat tasviriy san’at muzeyida I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi fondidagi asarlarning “Nukus xazinasi” nomli birinchi sayyor ko‘rgazmasini (2017-yil 5-aprel – 10 may, Moskva shahri) tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.

2017-yilning I choragida TIV Konsullik boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari tomonidan O‘zbekistonga kirish vizasini chet el fuqarolariga berish, biometrik pasportni almashtirish/berish, Vatanga qaytish sertifikatini berish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish, fuqarolik holatini qayd etish, notarial xizmat ko‘rsatish va boshqa masalalar bilan bog‘liq jami 79139 ta konsullik amallari bajarildi (interaktiv konsullik xizmalari ma'lumotlari).

Eng ko‘p konsullik amallari qayd etilgan O‘zbekiston Respublikasi elchixonalari quyidagi davlatlar: Tojikistonda – 14191 ta, Rossiyada – 7561 ta, Qozog‘istonda – 5633 ta, Germaniyada – 3714 ta, Hindistonda – 3435 ta, Janubiy Koreyada – 3369 va Turkmanistonda – 3215 ta.

2017-yilning yanvar-mart davomida 52224 ta xorij fuqarolariga kirish vizasi berildi, shundan 19197 ta viza turistlarga, 8613 ta viza biznesmenlarga rasmiylashtirildi. 2016-yilning shu davri mobaynida berilgan kirish vizalarining umumiy soni (49409) 6 %ga, turistik vizalar (17077) 13%ga oshdi.

2017-yilning I choragi davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi 62 ta ikki va ko‘p tomonlama hujjatlar imzolandi, bulardan: 11 – davlatlararo, 12 – hukumatlararo, 16 – idoralararo, shuningdek xalqaro bo‘lmagan 23 ta hujjat.

Tashqi ishlar vazirligi 190 dan ortiq ikki va ko‘p tomonlama hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etdi.

Shuningdek, 6 ta xalqaro shartnomalarni kuchga kirishi bo‘yicha zarur bo‘lgan mamlakat ichidagi tartib-taomillar yakunlandi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyalar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror Prezident tomonidani 2017-yil 18-yanvarda №PQ-2732 son bilan qabul qilindi.

Hozirgi vaqtda “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risidagi”, “Diplomatik xizmat to‘g‘risidagi” va “Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risidagi” 3 ta qonun loyihalari tayyorlandi va O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi tizimida (regulation.gov.uz) va TIV internet-resurslarida joylashtirildi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda viza so‘rovini taqdim etish bo‘yicha “E-visa” interaktiv xizmatini Yagona davlat interaktiv xizmatlari portalida ham joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolariga tezkor yordam berish maqsadida shu yilning mart oyidan boshlab consul.mfa.uz saytida “onlayn maslahat” moduli ishga tushirildi va hozirgi kunga qadar 100 dan ortiq fuqaro murojaati qabul qilindi.



3-jadval

TIVga jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida ma’lumot

Murojaat

jami

qanoatlantirilgan

tushuntirish berilgan

tegishliligi bo‘yicha yuborilgan

ijroda

anonim yoki ko‘rib chiqilmagan

Bevosita

1047

642

143

245

12

17

Prezidentning xalq qabulxonasi orqali

4

2

0

1

0

1

Prezidentning virtual qabulxonasi orqali

1153

613

221

262

30

22

Jami

2204

1257

364

508

42

40

Download 28,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish