Texnologiyasi: Yordamchi idishga 112 ml tozalangan suv, 5 ml kofein benzoat natriy eritmasi (1:10), 3ml natriy bromid eritmasi (1:5) solamiz. Hovonchada 1 g kamfora 1 ml 90% li etanol bilan maydalanadi. So‘ngra 1 g jelatoza qo‘shib aralashtiriladi. Ustiga 1 ml tayyorlangan eritmadan qo‘shib mayin pulpa hosil qilinadi va beriladigan idishga oldin tayyorlab quyilgan eritma bilan chayib solinadi.
Oltingugurt bilan tayyorlanadigan suspenziya o‘ziga xos usulda tayyorlanadi. 1g oltingugurtga 0,1-0,2 g tibbiet sovuni (kaliyli sovun) qo‘shish kerak. YUMB larni stabilizator sifatida ishlatish mumkin emas. CHunki ular oltingugurtning farmakologik ta‘sirini kamaytirib yuboradi.
Rp.: Sulfuris praecipitati 4,0 Spiritus aethylici 10 ml Glycerini 15,0
Aq. purif. ad 180 ml
M.D.S. Sirtga.
Pasport: Oltingugurt 4,0
Glitserin 15,0
Etil spirti (90 %) 10ml Kaliyli sovun 0,4 g Tozalangan suv 180 ml
V umumiy=180ml
Texnologiyasi: Hovonchada 4 g oltingugurt, 2 g glitserin bilan maydalanadi. So‘ng qolgan glitserin va suv qo‘shib shisha idishga chayib quyiladi. 10 ml 90% li etanol va oxirida suspenziyaga 0,4 g kaliyli sovun qo‘shiladi va yaxshilab chayqatiladi.
Rp.: Extr. Belladonnae 0,15 Phenylii salicylatis 2,0 Aquae Menthae 150 ml
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
Pasport: Belladonna quyuq ekstrakti eritmasi 0,3 Fenilsalitsilat 2,0
Jelatoza 1,0 YAlpizli suv 150 ml V umumiy=150ml
Texnologiyasi:Silindrga 150 ml yalpiz suvi, 0,3 g tomchilab quyuq ekstrakt eritmasi solinadi. Hovonchada 2 g fenilsalitsilatni 16-20 tomchi 95% li etanol bilan maydalanadi, unga 1,0 g jelatoza qo‘shib aralashtiriladi. Uning ustiga 1,5 ml eritma qo‘shib pulpa hosil qilinadi. So‘ng 30 ml eritma qo‘shib uni shisha idishga quyiladi. qolgan eritma oz-ozdan qo‘shib chayib quyiladi.
Suspenziyani tvin — 80 va PVS bilan barkarorlash mumkin. Buning uchun 0,2 g tvin - 80, 2 g PVS kerak bo‘ladi. 10 ml suvda 0,2 g tvin —80 eritib olinadi. qolgan suvda (85 ml) yordamchi idishda PVS eritiladi. Hovonchada 2 g sulfadimetoksin 1 ml tvin - 80 eritmasi bilan maydalanadi. So‘ngra unga 25 — 30 ml PVS eritmasidan qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi va beriladigan idishga solinadi. Hovoncha tagida qolgan poroshokka qolgan tvin - 80 va PVS eritmasi qo‘shib aralashtiriladi va yana beriladigan idishga quyiladi. Oxirida 5 ml natriy benzoat eritmasi solinib
«Ichish uchun», «Ishlatishdan oldin chayqatilsin» deb ezilgan yorliq epishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |