- Ma‘ruza.
MAVZU 12. Stabilizatorlar. Suspenziyalarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash.
Ma‘ruza maqsadi: suspenziyalar va ularning tarkibi dori modasi va yordamchi moddalarni fizik- kimyoviy xossalari haqida nazariy bilimlarni o‘rganish. Shuningdek nazariy bilimlari asosida talabalar dispersion, kondensacion usul suspenziyalarni tayyorlash va sifatini tahlil qilishni o‘rganish.
Reja:
Gidrofil moddalardan suspenziyalar tayyorlash.
Gidrofob moddalardan suspenziyalar tayyorlash.
Suspenziyalar sifatini aniqlash.
Tayanch atama va iboralar: gidrofil xususiyatli moddalar, gidrofob xususiyatli moddalar, kuchli gidrofob xususiyatli moddalar, kuchsiz gidrofob xususiyatli moddalar, stabilisator.
Gidrofil moddalardan tayyorlanadigan miksturalar
Agar dorixatda ko‘rsatilgan dori moddalar yuzasi suv bilan yaxshi xo‘llansa-yu, lekin zarrachalari yirik bo‘lsa, suvda ezib etarli darajada turg‘un mikstura-suspenziyalar olish mumkin. Tabiiy mayda gidrofil xossali kukunlardan tayyorlangan suspenziyalarga tatbik qilingan omillarni, agregat turg‘unlik holatini hosil qiladigan suspenziyalarga ham tatbik kilsa bo‘ladi.
Rp.: Bismuthi subnitratis 4,0 Aguae Foeniculi 200,0 ml
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichilsin. Ichishdan oldin chayqatilsin.
Hovonchada vismut nitrat asosini 1,5-2 ml ukropli suv bilan eziladi. Suyuq bir xil massa olingandan keyin dasta bilan aralashtirib turgan holda suv qo‘shiladi, so‘ng hovonchani qolgan ukropli suv bilan chayib beriladigan idishga quyiladi.
S. F. SHubin o‘zining kitobida vismut nitrat asosini jelatoza bilan stabillashni tavsiya qilgan. Buning zarurati yo‘k. YUqorida keltirilgan mikstura, yaxshi ezib tayyorlangan suspenziya bo‘lib, sekinlik bilan cho‘kmaga tushadi, ammo chayqatilsa, osonlikcha oldingi holiga qaytadi. Bu berilgan miksturada, stabillash sabablaridan biri yuza taranglik potensiali bo‘lib, vismut nitrat asosi zarrachalarining elektrolitik parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi. Agar retsept tarkibiga dispersion muxit qovushqoqligini oshiradigan modda qo‘shilsa,bu modda yuza faol modda bo‘lmasa ham, gidrofilli moddalar bilan tayyorlangan mikstura-suspenziyalar turg‘unligi ancha yuqori bo‘ladi. Masalan: bunday miksturalarga shakar va meva sharbatlaridan qo‘shish tavsiya etiladi. Bunda dori modda oz miqdordagi sharbat bilan ezilib, hosil bo‘lgan massani qolgan sharbat bilan, keyin suv bilan eziladi.
SHarbatlar miksturaning qovushqoqligini oshiradi, buning natijasida dori moddalarning osilmadagi zarrachalarining cho‘kmaga tushish tezligi kamayadi va to‘gri dozalarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |