Tozalikning turli darajasiga mansub xonalarda ishlaganda Shu maqsadlarga mos
keladigan texnologik kiyim-boshdan foydalanish kerak. Tozalikning D-darajasiga
mansub xonalarda kombinzon, kurtka va shim yoki xalat, paxta yoki zig‘irpoya tolali
matodan qalpoqcha yoki ro‘moldan; poyafzal ustidan kiyiladigan tegishli oyok kiyimi
yoki baxillalardan foydalanish tavsiya etiladi. Tozalikning S-darajasiga mansub
xonalarda (englari tugmalanadigan, tikka yokali), qalpoqcha yoki durrachadan, zarur
xollarda esa maskadan foydalanish tavsiya etiladi.
Tozalikning A va V - darajasiga mansub xonalarda A zonada tikka yokali,
belbog‘li, manjetlari qo‘l panjalariga yopishib turadigan, to‘pig‘i mahkam yopishib
turadigan kombinizonlardan foydalaniladi. Kiyim-boshning milklari hamda choklari
berkitilgan bo‘lishi kerak, kombinizonda ortiqcha burmalar. ichki va tashqi cho‘ntaklar
bo‘lmasligi darkor. Bosh kiyim, soch, burun, og‘iz va engakni to‘la yopib turadigan
shlem-kapYushon shaklida bo‘lishi kerak Ishlar rezina yoki elastik polimerdan
ishlangan steril qo‘lqop va sterilieatsiyalangan yoki dezinfeksiyalangan poyafzalda
olib borilishi zarur. Poyafzal ustidan tovongacha yopib turadigan baxila kiyiladi.
Shimning pochasi baxila ichiga, kombinizon englari esa qo‘lqop ichiga tiqiladi.
Tananing yoki ich kiyimning biror kismi ochik. qolmasligm kerak. Kiyim bosh
etarli darajada keng va ishlash uchun qulay bo‘lishi darkor.
Tozalikning A, V, S va D - darajasiga mansub xonalarda ishlash mo‘ljallangan
texnologik kiyim-bosh gigienik talablarga javob beradigan va o‘zidan juda kam tuk
chikaradigan materialdan tayyorlanishi lozim. Texnologik kiyim bosh bir marta va
ko‘p marta foydalanadigan bo‘lishi mumkin.Nosteril dori vositalari ishlab chiqarishda
tozalikning S darajasiga mansub xonalarga kirayotgan va shu xonalarga qaytayotgan
har bir shaxsga yangi steril kiyim-bosh yoki yangi yuvilgan ko‘p marta foydalanish
mo‘ljallangan steril texnologik kiyim-bosh berilishi zarur. Tozaligi D -darajadagi
xonalarga kirish va kaytishda oldingi yangi yuvilgan texnologik kiyim-boshning
o‘zidan foydalanishga ruhsat beriladi.
Steril dori ishlab chiqarishda tozalikning V, S yoki D darajasidagi xonalarga
yangi kirayotgan va tozalikning V darajasidagi xonalarga qaytayotganlarga birbir
marta foydalaniladigan steril kiyim -bosh yoki yangi komplekt ko‘p marta
foydalaniladigan texnologik kiyib-bosh berilishi kerak. Tozalikning D - darajasidagi
xonalarga qaytganda avvalgi texnologik kiyim-boshning o‘zidan foydalanishga
ruhsat
beriladi.
Texnologik kiyim-boshni shunday yuvish yoki tozalash kerakki, u qo‘shimcha
tarzda ifloslanmasin. Vaqt-vaqti bilan matoning tuk chiqarishini nazorat qilib turishni
nazarda to‘tish kerak, yuvish shaxobchasi yoki alohida kir yuvish mashinasi bo‘lishi
maqsadga muvofiq.
Toza yoki steril kiyim-bosh ifloslanishdan muhofazalangan joyda saqlanishi kerak.
Texnologik kiyim-bosh xodimlarni tayyorlash xonasiga havo shlyuzi orqali uzatilishi
lozim. Ish paytida qo‘lqop va qo‘llarga muntazam dezinfeksiyalovchi vosita bilan
ishlov berib borilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: