shug‘ullanuvchi laboratoriyalar xonalari, asbob-uskunalari, xodimlari, uslublari va
hujjatlari me’yoriy hujjatlar talablariga javob berishini kafolatlovchi sifatni ta’minlash
xizmatiga ega bo‘lishi shart.
Sifatni ta’minlash xizmati tadqiqotlarni olib borishda ishtirok etuvchi xodimlardan
mustaqil bo‘lishi shart. Biroq ushbu xizmat xodimlari tadqiqot o‘tqazish jarayonlari bilan
tanish bo‘lishi va sinov markazi rahbariyatiga bevosita hisobot berishlari zarur.
Sinov markazi ma’muriyati quyidagilarni bajarishi shart:
a) yaxshi laboratoriya amaliyoti prinsiplariga asosan tadqiqotlarni boshqarishga to‘la
javobgar shaxs(lar)ni aniqlovchi yo‘riqnomani tasdiqlash;
b) Tadqiqotlarni o‘z vaqtida va samarli o‘tqazish uchun etarli miqdorda malakali
xodimlar, tegishli xonalar, asbob-uskunalar va materiallar bo‘lishini kafolatlash;
c) mutaxassislar va texnik xodimlar malakasi, ma’lumoti, ish tajribasi va mansabi
bo‘yicha majburiyatlari haqidagi hujjatlarning bo‘lishini ta’minlash;
d) hamma xodimlar o‘z majburiyatlarini aniq tushunishlarini, shuningdek zaruriyat
tug‘ilganda ularni o‘qitishni va tayyorlanishlarini ta’minlash;
e) tadqiqot ishlarini amalda bo‘lgan standart operatsion protseduralar asosida
bajarilishiga; standart operatsion protseduralarni va ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni
tasdiqlashga javobgar bo‘lish;
f) yaxshi laboratoriya amaliyoti prinsiplari asosida sifatni ta’minlash dasturini tashkil
etish va amalga oshirishga javobgar bo‘lish;
g) tadqiqot boshlanishidan avval tadqiqot ishlariga rahbar sifatida zarur ma’lumotga,
malakaga va ish tajribasiga ega bo‘lgan rahbarni tayinlash. Tadqiqot rahbarini
o‘zgartirish o‘rnatilgan tartibda amalga oshirilishi va
hujjatlashtirilishi zarur;
h) tadqiqotlar bir nechta maydonchalarda amalga oshirilayotganda, zarur bo‘lgan
holatlarda, kerakli ma’lumotga, malakaga va ish tajribasiga ega bo‘lgan ishchilar
qatoridan javobgar tadqiqotchini tayinlash. Javobgar tadqiqotchini o‘zgartirish
o‘rnatilgan tartibda amalga oshirilishi va hujjatlashtirilishi zarur;
i) tadqiqot rejasini tadqiqot rahbari tomonidan rasmiy tasdiqlanishini kafolatlash;
j) tadqiqot raxbari, sifatni ta’minlash xizmati xodimlariga tasdiqlangan tadqiqot
rejasini taqdim etilishini kafolatlash;
k) barcha standart operatsion protseduralarning tarixiy fayllari bazasini to‘ldirilib
turishini ta’minlash;
l) arxiv(lar)ni boshqarish bo‘yicha
javobgar shaxsni tayinlash;
m) asosiy reja-chizmaning bajarilishini ta’minlash;
n) sinov markazidagi resurslarni, ular ishlatiladigan tadqiqotlardagi talablar doirasida
bo‘lishini kafolatlash;
o) bir nechta sinov maydonchalarida tadqiqotlarni olib borishda tadqiqot rahbari,
tadqiqotga javobgar shaxs, sifatni ta’minlash xizmati xodimlari va tadqiqotni bajaruvchi
mutaxassislar o‘rtasida doimiy aloqani ta’minlash;
r) sinaluvchi va standart ob’ektlarni tegishli ravishda ta’riflanganligini kafolatlash;
q) kompyuterlashtirilgan tizimlarni tadqiqot vazifalarini bajarilishiga mutonosibligini,
hamda yaxshi laboratoriya amaliyoti prinsiplari asosida validatsiyalanishini,
boshqarilishini va ta’minlanishini tasdiqlab turuvchi protseduralarni o‘rnatish.
Tadqiqot rahbarining majburiyatlari
Sinov rahbari tadqiqotlar bajarilishi bo‘yicha umumiy rahbarlikni amalga oshiradi,
hamda olingan natijalar bo‘yicha yakuniy hisobotni tayyorlashga mas’ul hisoblanadi.
Uning majburiyatlariga quyidagi funksiyalar kiradi:
a) tadqiqot rejasini va undagi o‘zgartirishlarni sana qo‘yilgan imzo bilan tasdiqlash;
b) sifatni ta’minlash bo‘yicha xodimlarni tadqiqot rejasi nusxasi va unga kiritilagan
qo‘shimcha(o‘zgartirish)lar bilan o‘z vaqtida ta’minlanishi va
butun tadqiqot mobaynida
xodimlar bilan doimiy muloqotda bo‘lishini kafolatalash;
c) shu tadqiqotni bajaruvchi mutaxassislar tadqiqot rejasi va unga tegishli
qo‘shimchalar bilan ta’minlanganligini kafolatlash;
d) tadqiqot rejasi va bir nechta sinov maydonchalarida bajarilgan tadqiqot natijalari
buyicha yakuniy hisobot, ushbu tadqiqotlarda ishtirok etgan har bir javobgar
tadqiqotchi(lar)ning, sinov markazlari va sinov maydonchalarining o‘rnini belgilashini
kafolatlash;
e)
tadqiqot rejasiga asosan ishlarni bajarishda, tadqiqotning sifati va butunligiga ta’sir
etuvchi barcha tadqiqot rejasidan chetlanishlarni baxolash va hujjatlashtirish olib
borilishini va kerak bo‘lganda to‘g‘rilovchi harakatlar qabul qilinishini, shu bilan birga
standart operatsion protseduralardan chetlanishlar mumkinligini tan olish(yoki tan
olmaslik)ni kafolatlash;
f) barcha birlamchi ma’lumotlarni qayd etilishini to‘la xajmda amalga oshirilishini
kafolatlash;
g) tadqiqotlarda ishlatiladigan kompyuterlashtirilgan tizimlarni validatsiyalanganligini
kafolatlash;
h) olingan ma’lumotlarni haqqoniyligi va tadqiqotlar yaxshi laboratoriya amaliyoti
prinsiplariga asosan bajarilganligi xaqida javobgarlikni olgan xolda yakuniy hisobotni
sana va imzo qo‘yish orqali tasdiqlash;
i) tadqiqotlar yakunlangandan so‘ng tadqiqot rejasi, yakuniy hisobot, birlamchi
ma’lumotlar va qo‘shimcha materiallarni arxivga toshirilishini kafolatlash.
Tadqiqotni bajaruvchi xodimlar tadqiqot rejasiga va tegishli standart operatsion
protseduralarga ega bo‘lishi kerak. Ushbu hujjatlarda keltirilgan yo‘riqnomalarni
bajarish uning majburiyatidir. Ushbu ko‘rsatmalardan har qanday chetlanishlar kayd
etilishi lozim; bunday chetlanishlar xaqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tadqiqot rahbari yoki
javobgar tadqiqotchi xabardor qilinishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: