O‘zbekiston respublikasi qishloq x0‘jaligivazirligi ozbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat agrar universiteti magistratura bo‘limi


XULOSALAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI



Download 43,03 Kb.
bet2/3
Sana13.07.2022
Hajmi43,03 Kb.
#785476
1   2   3
Bog'liq
“Agrologistika” mutaxassisligi magistranti

XULOSALAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
ILOVALAR




KIRISH


Mavzuning dolzarbligi va zarurati. Jahon tajribasiga muvofiq bilimlarga asoslangan yangi mahsulot, xizmat va texnologik jarayonlami yaratish, joriy etish va keng tarqatish ishlab chiqarish, meva-sabzavot yetishtirishda ishlab chiqarish logistikasini tashkil etish, mahsulot sifatini yaxshilashda muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda mehnat resurslarining 2-5 foizi, kam taraqqiy etgan aksariyat mamlakatlarda esa 90 foizgacha qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida mehnat qiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi va transport logistikasi rivojlangan mamlakatlardagiga nisbatan ancha katta rol o‘ynaydi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xo‘jaligining salmog‘i rivojlanayotgan mamlakatlarda o‘rtacha 22 foizni, rivojlangan mamlakatlarda 4 foizni tashkil etadi1. Rivojlanayotgan mamlakatlarda rivojlangan mamlakatlarda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yarmidan ko‘prog‘i yetishtirilmoqda. BMT ekspertlari fikrlaricha, har yili oziq-ovqat muammosini yechish uchun uning hajmi 6 foiz oshirib borilishi talab etiladi. BMTning Oziq- ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi tashkilotining (FAO) maTumotiga ko‘ra, Yevropada quritilgan yong‘oq va mevalar savdosi 11 milliard yevroni, quritilgan sabzavotlar esa 8 milliard yevrodan ziyodni tashkil etdi. Vetnam kabi yangi ishtirokchilaming tajribasi shuni ko‘rsatdiki, to‘g‘ri strategiya asosida ish yuritilsa, yiliga 1 milliard yevrodan oshiq hajmdagi mahsulotni eksport qilish imkoniyati paydo boTadi. Tahlillarga qaraganda, yurtimizda bog‘ va tokzorlarda hosildorlik judapast. Masalan, qishloq xo‘jaligi rivojlangan AQSh, Xitoy, Italiya, Fransiya kabi davlatlarda bir gektar intensiv bog‘dan 80-120 tonna, ayrim mevalardan 140 tonnagacha hosil olinsa, yurtimizda bir gektardan 10-30 tonna, an’anaviy bog‘- tokzorlardan esa 4-5 torma mahsulot olinadi. Bu albatta iqtisodiy jihatdan samarasiz qishloq xo‘jaligidir. Meva-sabzavotchilik jami ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi


1 Atajanov M.K.,CojiaeB C.C. “Increasing the efficiency of urban public transport (UPT) services through the use of multimodal transport technologies” ID 154 lst International Conference on Energetics, Civil and Agricultural Engineering 2020 Earth and environmental science indexed in SCOPUS and Web of Science




mahsulotlarining 32,2 foizini (mamlakat yalpi ichki mahsulotining 8,7 foizi) tashkil etgani holda qishloq joylarida aholining asosiy daromadlaridan biri hisoblanadi. Sanoatning qator tarmoqlarini rivojlanishiga o‘zining bevosita ta’sirini ko‘rsatadi. Shuningdek, ushbu tarmoq mamlakat qishloq xo‘jaligi eksportida asosiy o‘rinlami egallashda transport logistikasini rivojlantirish alohida o‘rin egallaydi2. Meva- sabzavot yetishtirishda ishlab chiqarish logistikasini tashkil etish jarayonini yanada jadallashtirish maqsadida respublikamiz rahbariyati bir qancha muhim qarorlami qabul qildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-sentyabrdagi «2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5544-son , 2019- yil 23-oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlanti-rishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5853-son Farmonlarida belgilangan vazifalami amalga oshirishga ushbu magistrlik dissertatsiyasi ma’lum darajada xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi toshkent viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi faoliyati
Toshkent viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Boshqarma deb ataladi) O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy organi hisoblanadi hamda o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalami tegishli viloyat hududida amalga oshiradi. Boshqarma Nizomi Toshkent shaxar Mirobod tumani hokimiyati tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyasining 2003-yil 16-oktyabrdagi 000018-03-xamda 2007-yil 11-apreldagi 000018-03 reestr raqamlari bilan qayta ro‘yxatga olingan “Toshkent viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi” davlat unitar korxonasini vorisi hisoblanadi.
Boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston, Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining


2 J .R. Qulmuxamedov logistika asoslari Toshkent - «fan va texnoiogiya» - 2015




qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hay’ati qarorlariga va Vazirlik buyruqlariga, viloyat hokimligi qarorlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi. Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalami bevosita, shuningdek tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari hamda o‘ziga qarashli tashkilotlar va korxonalar orqali hal etadi. Boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi, O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari:
Boshqarma viloyatda agrar siyosat o‘tkazilishi uchun mas’ul xisoblanadi.
Quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • mintaqada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining muhim turlarini barqaror yetishtirishni ta‘minlovchi dehqonchilik, agrotexnologiyalar va suvdan foydalanishning va suv iste’molining ilg‘or tizimlarini joriy etishga qaratilgan agrar siyosatni amalga oshirish;

  • g‘o‘za va don ekinlarini navlar bo‘yicha joylashtirish yuzasidan tavsiyalarga xo‘jaliklar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

  • qishloq xo‘jaligida iqtisodiy isloxotlami chukurlashtirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, ulaming ro‘yobga chiqarilishi va hududda mulkchilik va xo‘jalik yuritishning turli shakllari rivojlantirilishi monitoringini olib borish;

  • yer resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini, tuproq unumdorligini oshirishni ta’minlash;

  • kontraktatsiya shartnomalari tuzilishi va bajarilishi monitoringini olib borish, tuzilgan shartnomalami umumlashtirish asosida paxta xom ashyosi va boshoqli ekinlar doni xaridi hajmlari to‘g‘risida takliflar ishlab chiqish;

  • chorvachilik, parrandachilik va balikchilikning ozuqa bazasini mustaxkamlash, naslchilik ishlarini, veterinariya va servis xizmatlarini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;




  • qishloq xo‘jaligi suvdan foydalanuvchilariga ma’muriy tumanlar bo‘yicha suv olish limitlarini belgilash yuzasidan takliflar tayyorlash va ularga rioya etilishini nazorat qilishda qatnashish;

  • suv resurslaridan oqilona foydalanilishiga, ulaming samaradorligini oshirishga, suv iste’molchilari uyushmalari, fermer va dehqon xo‘jaliklari, shuningdek qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun boshqa suv iste’molchilari tomonidan suvdan foydalanishning bozor printsiplari va mexanizmlarini joriy etishga, suvdan foydalanuvchilar' tomonidan suvning hisobga olinishini tashkil etishga ko‘maklashish;

  • limitlangan suvdan tejab foydalanish uchun suv iste’molchilari uyushmalari, fermer va dehqon xo‘jaliklari, shuningdek qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun boshqa suv iste'molchilari rag'batlantirilishini tashkil etish;

  • suv iste’molchilari uyushmalarining suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanish ishlari va sug‘oriladigan yerlaming meliorativ holatini yaxshilash chora-tadbirlari bajarilishini, shuningdek suvdan foydalanish va suv iste’molini hisobga olishni tashkil etish, shuningdek ulami rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtirish;

  • viloyatda suv iste‘molchilari uyushmalari tashkil etilishi, faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishida ko‘maklashish;

-O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibiga kiruvchi, zimmasiga nazorat funksiyalari yuklangan viloyat inspeksiyalari faoliyatini muvofiqlashtirish; -kadrlar bilan ishlashni takomillashtirish, ulaming malakasini oshirishni tashkil etish.
Yuklangan vazifalarga muvofiq Boshqarma quyidagi fiinksiyalami amalga oshiradi: -qishloq xo‘jaligi korxonalariga ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyatni tashkil etishda metodik yordam beradi;
-fermerlikni rivojlantirishga ko‘maklashadi, qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari)ni fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini bozor konyunkturasi to‘g‘risidagi axborot xamda ilg‘or texnologiyalar va qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini yetishtirish




va qayta ishlash tajribasi haqidagi boshqa ilmiy-texnika va axborot materiallari bilan ta’minlaydi;
-kontraktatsiya shartnomalari tuzilishi va bajarilishi monitoringini yuritadi, tuzilgan shartnomalar asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosiy turlarini yetishtirish hajmlari to‘g‘risida takliflar ishlab chiqadi;
-qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar, tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalaming bajarilishini nazorat qiladi;

  • qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va yer-suv resurslaridan foydalanishdagi ilg'or texnologiyalar va tajribalami joriy etish buyicha seminarlar tashkil etadi;

  • qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun inffatuzilmani tashkil etish va rivojlantirishga ko‘maklashadi;

  • mehnatni tashkil etish va ichki xo‘jalik munosabatlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalami amalga oshiradi;

  • almashlab ekishni joriy etishni tashkil qilish, ekin maydonlari tarkibini, navlami almashtirishni va qishloq xo‘jaligi ekinlarini navlar bo‘yicha joylashtirishni takomillashtirish, tuproqni himoya qiluvchi va suvni tejovchi samarali texnologiyalami o‘zlashtirish ishlarini amalga oshiradi;

  • chorvachilik, parrandachilik va balikchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini, veterinariya va servis xizmatlarini rivojlantirish ishlarini tashkil etadi;

  • selektsiya-naslchilik ishlarini yaxshilash, sun'iy qochirish tadbirlarini amalga oshiradi, ulaming monitoringini olib boradi;

  • havza irrigatsiya tizimlarining suv xo‘jaligi kengashlari ishida qatnashadi va qishloq xo‘jaligi suvdan foydalanuvchilariga ma'muriy tumanlar bo'yicha suv berish limitlarini belgilash yuzasidan Imgatsiya tizimlari havza boshqarmalariga takliflar kiritadi;

-umuman viloyat bo‘yicha suv iste’molchilari uyushmalari, fermer va dehqon xo‘jaliklari, shuningdek boshqa qishloq xo‘jaligi suv iste’molchilari bilan suvdan








foydalanish va suv iste’moliga shartnomalar tuzish bo‘yicha ishlarga ko‘maklashadi va ulami muvofiqlashtiradi;

  • takliflami ishlab chiqishda hamda suvdan foydalanishning va suv iste’molining bozor printsiplari va mexanizmlarini joriy etishni tashkil etishda qatnashadi;

  • suv resurslaridan foydalanishni tahlil qiladi va Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasiga limitlangan suvdan tejab foydalanganlik uchun suvdan foydalanuvchilami va suv iste’molchilarini rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar kiritadi;

  • suv iste‘molchilari' uyushmalari faoliyati, ulaming suv xo‘jaligi obyektlarida ta’mirlash-tiklash ishlari o‘tkazilishi va suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etilishi ustidan monitoring olib boradi;

  • xo‘jalik ichki gidromelioratsiya tizimlarini suv o‘lchash qurilmalari bilan jihozlash ishlariga ko‘maklashadi va ulami muvofiqlashtiradi;

  • sug‘oriladigan yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash va ulami rekonstruktsiya qilish xamda tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

  • korxonalaming qishloq va suv xo‘jaligi kadrlariga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganadi, qishloq yoshlarini o‘qishga yuborish uchun tanlashda, shuningdek ulami ishga joylashtirishda yordam ko‘rsatadi;

  • O‘zbekistan Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi xay’atining Kengashlar tavsiyalari asosida qabul qilingan qishloq xo‘jaligi salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha qarorlarini amalga oshirish ishlarini tashkil etadi;

  • qishloq va suv xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlari rahbar xodimlari va mutaxassislarining, shuningdek fermer xo‘jaliklari raxbarlarining malakasini oshirishni tashkil etadi;

-tuman qishloq bo‘limlariga kadrlar bilan ishlashni takomillashtirishda va ulaming malakasini oshirishda amaliy yordam ko‘rsatadi.




Boshqarmaning innovatsiyalarni va meva-sabzavotchilikni rivojlantirish
hamda xorijiy investitsiyalarni jaib etish yo‘nalishidagi faoliyatini o‘rganish

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xojaligi vazirligi hamda Toshkent viloyati qishloq xo’jaligi boshqarmasi tuzihnasida “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalami rivojlantirish”, “Meva-sabzavotchilik, uzumchilik, polizchilik va kartoshkachilikni rivojlantirish”, “Investitsiyalami jalb etish va monitoring qilish” va “Xorijiy iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish” boshqarmalari mavjud boTib, mazkur boshqarmalar qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha samarali faoliyat olib bormoqda.
Jumladan, qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalami rivojlantirish boshqarmasi quyidagi asosiy vazifalami amalga oshiradi:

  • qishloq xo‘jaligi sohasida taTim, ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini ta’minlash bo‘yicha ishlami tashkil etish;

  • fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi klasterlari va kooperatsiyalari hamda ilg‘or xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan manfaatli ilmiy-ishlab chiqarish hamkorligini yoTga qo‘yish, yangi ilmiy ishlanmalar, innovatsiyalar hamda raqamli texnologiyalar joriy etilishida ko‘maklashish;

  • qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining malakali mutaxassislarga boTgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlami qayta tayyorlash va ulaming malakasi oshirilishini muvofiqlashtirish;

  • qishloq xo‘jaligi sohasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlami amalga oshirish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, ilg‘or tajriba va zamonaviy texnologiyalar asosida ulaming malakasi oshirilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish;

  • qishloq xo‘jaligida xususiy sektomi keng jalb etgan holda bilim, malaka va ko‘nikmalaming samarali almashinuvi hamda uzatilishini ta’minlaydigan milliy axborot va axborot maslahat xizmatlari tarmogTni rivojlantirish yuzasidan takliflar tayyorlash;


:




  • xalqaro sifat standartlarini joriy qilishda hamda mahsulot yetishtiruvchilar va agrobiznesning o‘zaro hamkorlik platformasi tashkil etilishida ko‘maklashish.

Meva-sabzavotchilik, uzumchilik, polizchilik va kartoshkachilikni rivojlantirish boshqarmasi quyidagi asosiy vazifalami amalga oshiradi:

  • bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik, polizchilik, kartoshkachilik, pillachilik, ozuqa ekinlari, dorivor va ziravor o‘simliklami rivojlantirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

  • meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishni ko‘paytirish va tizimli ravishda sotish, aylanma mablag‘lami shakllantirish maqsadida kooperatsiyalami tashkil etish bo‘yicha amaliy yordamlar ko‘rsatib boradi;

  • meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorga yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlaydi;

  • uzum va meva ko‘chatlarini tayyorlash, foydalanish va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantiradi;

  • mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, shu jumladan, biotexnologik navlaming birlamchi urug‘chiligini tashkil etadi va rivojlantiradi;

  • qayta ishlash va saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini takomillashtirishga doir hamda qayta ishlangan meva-sabzavot, uzum va don mahsulotlariga bo‘lgan tashqi bozor talabini o‘rganib, tahlil qilish va qayta ishlangan mahsulotlar brendlarini shakllantirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

  • hududlaming tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, yuqori hosil beradigan qishloq xo‘jaligi ekinlarini turlari bo‘yicha hamda mevali, tok va tut ko‘chatlarini mahalliy hokimliklar bilan birgalikda joylashtiradi;

Investitsiyalami jalb etish va monitoring qilish boshqarmasi quyidagi asosiy vazifalami amalga oshiradi:

  • agrobiznesning klaster modelini keng joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, klasterlash jarayonining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida klasterlami tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;




  • qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida klasterlami tashkil etish va rivojlantirish, investitsiyalar, shu jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalami jalb qilish ishlariga vakolati doirasida har tomonlama ko‘maklashish;

  • qishloq xo‘jaligi sohasida investitsiya loyihalarini tayyorlash, amalga oshirish va samaradorligini baholash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, investitsion jarayon samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish;

  • qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida xalqaro va hukumatlararo aloqalami kengaytirish va mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlami jalb etish bo‘yicha xalqaro tadbirlarda ishtirok etish;

  • qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishga yo‘naltirilgan innovatsiyalami ishlab chiqish va joriy qilish maqsadida xorijiy davlatlar, xalqaro va chet el tashkilotlari hamda jamg‘armalarini jalb etadi;

  • aholini oziq-ovqat mahsulotlarga bo‘lgan talabini o‘rganish va hududlarda mahsulotlarini saqlash omborxonalari va qayta ishlash korxonalarini tashkil etish bo‘yicha takliflar, manzilli dasturini tayyorlaydi va ushbu yo‘nalishlarga xorijiy investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

  • qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish.




Boshqarmaning xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda loyihalarni o‘z
vaqtida va samarali amalga oshirish chora-tadbirlari

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida “Yosh olimlar kengashi” tashkil etilgan bo‘lib, Kengash vazirlik huzurida doimiy faoliyat yurituvchi kollegial maslahat organi hisoblanadi. Kengash qishloq xo‘jaligi sohasidagi yosh olim va tadqiqotchilaming ilmiy-innovatsion faoliyatini muvofiqlashtirish, ulaming salohiyatini samarali ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, bu bdrada tashkiliy, ilmiy va texnik muammolami hal qilishning yangi imkoniyatlarini aniqlash, shuningdek, olim va tadqiqotchilaming kasbiy faoliyati sohasidagi manfaatlarini ifoda etish va muhim ijtimoiy muammolami hal qilish maqsadida tashkil etilgan.
Mazkur Kengash tizimdagi yosh olim va tadqiqotchilaming ilmiy-innovatsion ishlarini rivojlantirishini qo‘llab-quvvqtlash hamda ulaming ilg‘or g‘oyalarini hayotga tadbiq etish va tijoratlashtirish uchun xorijiy investitsiyalami va loyihalami jalb etishda samarali faoliyat olib bormoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizda agrosanoat sohasini rivojlantirish, rivojlangan davlatlaming zamonaviy va ilg‘or texnika va innovatsion texnologiyalami keng jalb etish va ulami joriy etish maqsadida bir qator halqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda loyiha va dasturlar amalga oshirilmoqda, xususan:
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) - Turkiya hukumatining hamkorlik dasturi “O‘rta Osiyo va Kavkaz mintaqalarida bug‘doy zang kasalliklari va seleksiyani boshqarish sohasidagi mintaqaviy hamkorlik va milliy imkoniyatlami kuchaytirish” loyihasi. (1,1 mill. doll.)
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) - Turkiya hukumatining “Markaziy Osiyo mamlakatlarida oziq-ovqat va chiqindilar yo‘qotilishini kamaytirish” dasturi. (0,5 mill. doll.).
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning texnik qo‘llab-quvvatlash loyihasi “Barqaror rivojlanish maqsadlari uchun salohiyatni oshirish”. (65 ming doll.)




Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda “Paxtachilik sohasini barqaror rivojlantirish va qo‘shilgan qiymatni oshirish” loyihalari ishlab chiqilgan.
AQShning “Valmont” kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Sabzavot, poliz va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti qoshida Markaz tashkil etilgan va xalqaro kartoshkachilik markazi (CIP) bilan hamkorlikda qo‘shma loyihalar amalga oshirilgan.
Shunindek, Birlhshgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti va O‘zbekiston o‘rtasida 17 million AQSh dollari miqdoridagi budjetli 2021-2025 yillarga moTjallangan Mamlakat xadli dasturi imzolangan, shuningdek, jami 645 ming AQSh dollarilik 4 ta grant loyihasi tasdiqlangan.
l.“Barqaror oziq-ovqat tizimlarini geografik ko‘rsatkichlar yordamida mustahkamlash” loyihasi (2021 yil fevral - 2022 yil dekabr, budjet- 250 000 AQSh dollari) geografik ko‘rsatkichlar orqali mamlakatimizning qishloq hududlarini rivojlantirishga imkon tug‘diradi bu ishlab chiqaruvchi guruhlarga marketing strategiyasini belgilash hamda manfaatdor tomonlaming xabardorligi va imkoniyatlarini oshirishda yordam beradi.

  1. “O‘zbekistonda COVID-19ga qarshi kartoshka sohasini tiklash va rivojlantirish” loyihasi (2021 yil fevral - 2023 yil yanvar, budjet - 195 000 AQSh dollari) kartoshka ishlab chiqarish sohasini qoTlab-quvvatlash va rivojlantirish orqali O‘zbekistonning milliy oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilashga qaratilgan.

  2. “Sholi ekinlarini ishlab chiqarish va ishlab chiqarishni qoTlab-quwatlash” loyihasining (2021 yil fevral - 2022 yil sentabr, budjet - 100 000 AQSh dollari) asosiy maqsadi oziq-ovqat xavfsizligini oshirish va mamlakatimizda sholichilik bilan shug‘ullanayotgan fermerlarning yashash sharoitlarini yaxshilashdan iborat.

  3. “Inklyuziv qishloq xo‘jaligi siyosatini amalga oshirishni qoTlab-quwatlash” loyihasidan (2021 yil fevral - 2022 yil avgust, budjet - 100000 AQSh dollari) ko‘zlangan maqsad qishloq xo‘jaligi sohasida inklyuziv siyosat yuritish natijasida qishloq joylarda yashash sharoitlarini yaxshilash, shuningdek qishloq hududlami rivojlantirish hamda qishloq ayollarining huquq va imkoniyatlarini kengaytirishdir.




Vazirlik va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) o‘rtasida “Orolbo‘yida ekologik yo‘naltirilgan mintaqaviy taraqqiyot” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida bitim imzolangan, u Orolbo‘yi hududini barqaror transchegaraviy ekologik hamda iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga erishishda O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlariga ko‘mak ko‘rsatishga qaratilgan.
Mazkur loyihaning konsepsiyasi “2030 yilgacha qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi”ning “Aholining oziq-ovqat xavfsizligi” hamda “Qishloq joylarni rivojlantir'ish” singari asosiy ustuvor yo‘nalishlariga mos keladi, shuningdek BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini ham aks ettiradi. Loyihaning asosiy tarkibiy qismlari: konsalting xizmatlarini ko‘rsatish, raqamlashtirish, geoaxborot tizimi, masofaviy zondlash, transchegaraviy hamkorlik va boshqalar.
Budjeti 8 million yevroni tashkil qiluvchi to‘rt yillik mazkur loyiha ekologik va ijtimoiy jihatlarga salbiy ta’sirlami minimallashtirishni hisobga olgan holda iqtisodiy rivojlanishga kompleks yondashuv asosida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Rossiya, Vetnam, Qozog‘iston, Polsha, BAA, Eron, Pokiston, davlatlari Qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida Idoralararo hamkorlik bitimlari loyihalari ishlab chiqilgan.




Olingan ma’lumotlarni umumlashtirish, jamlash va tahlil qilish
Keyingi yillarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini isloh qilish, xususan sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi subyektlar o‘rtasidagi munosabatlaming huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalami jalb qilish, resurstejamkor texnologiyalami joriy etish hamda qishloq ho‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilami zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash borasida ftiuayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, qulay agrobiznes muhitini va yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishni qo‘llab-quwatlash, sohaga bozor mexanizmlarini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish hamda kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida oziq-ovqat xavfsizligi keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy, demografik va ekologik omillarga bog‘liq bo‘lib, mamlakat rivojlanishining asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi3.
Oziq-ovqat xavfsizligining to‘rt tarkibiy qismlari (oziq-ovqatning mavjudligi, uni xarid qilish qobiliyati, undan foydalanish va uning barqarorligi) bo‘yicha oziq- ovqat xavfsizligining davlat siyosati ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Aholi sonining o‘sishi, yer, suv va energiya resurslariga bo‘lgan talabning ortishi, shuningdek, iqlimning keskin o‘zgarishi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga ta’sir etuvchi asosiy omillardir.
Qo‘shilgan qiymat zanjirining rivojlanishi qishloq xo‘jaligi raqobatdoshligini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi. Mahsulotlami daladan yakuniy iste’molchigacha yetkazib berish, ya’ni yig‘ish, tashish, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash va sertifikatlash xarajatlarining yuqoriligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan olinadigan foydani kamaytiradi4.


3 https://lex.uz/docs/-4567334


4 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi “O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 - 2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-sonli farmoni




Oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoatining past darajada rivojlanganligi yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish imkonini cheklamoqda.
Xalqaro standartlar va sifat talablariga javob beradigan laboratoriyalar, ulgurji bozorlar va logistika markazlari, shuningdek, bojxona va chegara maskanlarida meva-sabzavot mahsulotlarini fitosanitariya nazoratidan o‘tkazish uchun jihozlar yetishmovchiligi kuzatilmoqda.
Agrobiznes subyektlariga maslahat xizmatlari ko‘rsatish tizimining rivojlanmaganligi, biznesni boshqarish ko‘nikmalarining yetishmasligi, agrosanoat majmui va bank sohalarida kadrlar salohiyatining cheklanganligi xalqaro moliya institutlari kredit mablag‘larini samarali o‘zlashtirilishini cheklamoqda.
Meva-sabzavotchilik va chorvachilik sohalarida sezilarli o‘sish kuzatilishiga qaramasdan, xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi, moddiy resurslar ta’minoti hamda ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarining aksariyat qismi paxta xom-ashyosi va boshoqli don yetishtirishga mo‘ljallangan.
Xalqaro standart va talablarga javob beradigan zamonaviy va sifatli xizmat ko‘rsatish infratuzilmasining yetishmasligi sohadagi muammolami yanada murakkablashtirmoqda. Bu birinchi navbatda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, veterinariya va fitosanitariya bilan bog‘liq davlat xizmatlariga taalluqlidir.
Yangi bozorlarga chiqish uchun ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlovchilarga sertifikatsiyalash va maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi xususiy sektomi rivojlantirish zamr.
Agrar sektorda amalga oshirilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari aksariyat hollarda to‘g‘ridan to‘g‘ri fermyerlar va boshqa qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchil ariga yo ‘ naltirilgan.
Xorijiy mamlakatlar bo‘yicha ma’lumotlar tahlil qilinganida, qishloq hududlarining iqtisodiy taraqqiy etishi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bilan bevosita bog‘liqligi va shundagina muvaffaqiyatga erishilishi, mahallalaming muhim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan subsidiyalarga asoslangan islohotlar samarasiz ekanligi kuzatildi.




XULOSA


Qishloq xo‘jaligi O‘zbekiston YAIMning 32 foizini tashkil qilib, mehnatga layoqatli aholining 28 foizini ish bilan ta’minlovchi qishloq xo‘jaligi samarali davlat siyosati sharoitida mamlakat iqtisodiy o‘sishining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Mazkur siyosatning samarali amalga oshirilishi natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmi hamda fermerlar va agrotashkilotlar daromadlari oshadi,' qishloq joylarda minglab yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Bu yerlarda yashash darajasi kohariladi, bir qator oziq-ovqat mahsulotlari aholi uchun arzonroq bo‘ladi va mamlakat ishonchli oziq-ovqat xavfsizligi bilan ta’minlanadi.
Biroq qishloq xo‘jaligini raqobatbardosh, shuningdek xususiy sektor, aholi va davlat manfaatlari uchun xizmat qiladigan sohaga aylantirish yo‘lidagi to‘siqlami bartaraf qilish kerak. Dunyo mamlakatlari qatori O‘zbekistonda ham oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligining oldini olish uchun turli iqtisodiy islohotlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida paxta va g‘alla ekin maydonlari qisqartirilib, uning o‘miga sabzavot, poliz, meva va uzum mahsulotlarini yetishtirish uchun maydonlar kengaytirildi.
Mazkur yerlarni yanada daromadli ekinlar ekishga qanchalik tez o‘tkazish kerak? Bu jarayon bosqichma-bosqich bo‘lishi va qo‘shni tarmoqlardagi o‘zgarishlar bilan uyg‘unlashtirilishi lozim. Masalan, meva va sabzavot yetishtirish uchun yemi qayta taqsimlash davlatning ichida va uning bojxona chegaralarida agrologistikani takomillashtirish bilan bir vaqtda sodir bo‘lishi zamr. Bu, o‘z navbatida, tez ayniydigan meva-sabzavot mahsulotlarini fermerlardan mahalliy iste’molchilarga va xalqaro bozorga tezkor ravishda yetkazishni ta’minlaydi. Aks holda meva va sabzavotlami qayta ishlab chiqarishdan olingan foyda bug‘doy va paxta sotishdan olingan foydadan kam bo‘lib qoladi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki sohada ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini ta’minlash, fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi




klasterlari va kooperatsiyalari hamda ilg‘or xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan manfaatli ilmiy-ishlab chiqarish hamkorligini yo‘lga qo‘yish, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishni ko‘paytirish va tizimli ravishda sotish, aylanma mablag‘lami shakllantirish, mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, shu jumladan, biotexnologik navlarning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish, qayta ishlash va saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini takomillashtirish orqali qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini yanada rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga erishiladi.
Shunindek, sohani yangi bosqichlarga olib chiqishda agrobiznesning klaster modelini keng joriy etish, klasterlash jarayonining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, investitsiyalar, shu jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalami keng jalb qilish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida xalqaro va hukumatlararo aloqalami kengaytirish va mustahkamlash, aholini oziq- ovqat mahsulotlarga bo‘lgan talabini o‘rganish va hududlarda mahsulotlarini saqlash omborxonalari va qayta ishlash korxonalarini tashkil etish asosiy ustuvor vazifalardan sanaladi.





Download 43,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish