57
1970 - yilga qadar Amerikada lizingga asosan qimmat turadigan,
obyektlar berilgan edi. Usha yili Bank xolding
kompaniyalari haqida qonun
qabul qilinganidan keyin banklarga lizing bilan shug‘ullanish ruxsat berildi.
Banklar lizingga juda jiddiy e’tibor bilan qaray boshladilar. Ko‘pgina mustaqil
kompaniyalar banklar tomonidan sotib olindi, o‘z lizing kompaniyalarini
rivojlantirishga ancha-muncha mablag‘larni investitsiya qildilar,
bozorga
professional yosh odamlar kirib kelishdi, ular bank tuzilmasi orqali bu bozorni
qizdirdilar va lizingga nisbatan qiziqishni kuchaytirib yubordilar.
2. Tarmoqning rivojlanishi barobarida lizing operatsiyalari to‘g‘risidagi
axborotni hisobga olish, yoritish va ochishning yangi tamoyilini qabul qilishga
ehtiyoj tug‘ildi. Hisobga olishning takomillashtirish jarayonida AQSH qimmatli
qog‘ozlar bo‘yicha komissiyasi turdi. 1964-1976
- yilgacha lizing
operatsiyalarini
buxgalteriya
ro‘yxatiga
olish
tamoyillari
to‘xtovsiz
takomillashib bordi, bu esa oxir oqibatda 1976 - yili 13-sonli Moliya hisobi
standartining qabul qilinishiga olib keldi. Mazkur standart bugungi kunda ham
amalda bo‘lib, hamma uchun tushunarli va yaqqol ko‘rinib turadigan lizing
operatsiyalarining joriy etilishiga imkon to‘g‘dirdiki, natijada keyinchalik
tarmoqqa sarmoyaning oqib kirishini ta’minladi,
lizing operatsiyalarining
korporativ va qarz qog‘ozlari bozori rivojlanishiga rag‘bat bo‘ldi.
3. AQSHda lizingning juda tez rivojlanib ketishi sabablaridan soliq
imtiyozlari: ya’ni jadallashtirilgan amortizatsiya va investitsiyalangan soliq
imtiyozi (yangi investitsiyalar qiymatining 10 %gacha soliq summasidan
chiqarib tashlandi) sabab bo‘ldi. Ammo soliq imtiyozlariga huquq-shartnoma
AQSH moliya vazirligining ichki daromadlar boshqarmasi
tomonidan lizinglar
uchun o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq kelgan taqdirdagina paydo bo‘ladi. Ya’ni:
•
lizingning davomiyligi 30 yildan kam bo‘lishi shart;
•
lizing mulkni oqilona bozor narxidan past naxrda sotib olinishi
imkoniyatini ko‘zda tutmasligi kerak;
•
lizing dastlabki to‘lovlar bitimining oxirigacha keyingilaridan ko‘p
bo‘ladigan to‘lovlar jadvalini ko‘zda tutmasligi lozim. Agar bunga yo‘l qo‘yilsa,
oldi-sotdi bitimi ba’zi soliqlardan qochish maqsadida amalga oshirilgan lizing
sifatida tuzilganligidan dalolat berishi mumkin;
•
lizing ijara beruvchini foyda olishning bozordagi me’yoriy
darajasi bilan ta’minlashi zarur;
•
lizingni uzaytirish imkoniyati uskunalarning bozordagi me’yoriy
bahosini hisobga olishi kerak. 1977 - yilgacha firmalar uskunalarni ijaraga,
ularning bahosini balanslarida ko‘rsatmagan holda olishlari mumkin edi,
katta
58
miqdorda qarzdor bo‘lgan firmalar o‘sib ketgan qarz summasini ko‘rsatmagan
holda qo‘shimcha ravishda uskunalar sotib olish imkoniyatiga ega edilar.
Shunday qilib, haqiqiy qarz miqdori investor va ekspertlardan yashirib qolinardi.
1976 - yili Moliya hisobini standartlash boshqarmasi RA5 13 ni tasdiqladi, unga
ko‘ra ba’zi lizing bitimlari mulk xarid qilish va zimmaga moliyaviy
majburiyatlar olish sifatida hisoblana boshladi. Bunday standartdan ko‘zda
tutilgan maqsad "haqiqiy ijara" va lizing vositasida mulk sotib olish o‘rtasidagi
farqni chegaralab qo‘yish edi. Standartda quyidagi bandlar bor edi: bitimning
yakunida mulkka egalik huquqi ijarachiga o‘tadi; lizing bitimi mulkni bitimning
oxirida bozordagi narxdan arzon sotib olishga imkon beradi; bitim muddati mulk
xizmati foydali muddatining 75 %dan ko‘p yoki shunga teng bo‘ladi; lizing
to‘lovlarining joriy qiymati lizing mulkining bozordagi me’yoriy bahosinining
90 %dan ko‘p yoki shunga teng bo‘ladi. Agar bitim mana shu shartlardan loqal
bittasini qoniqtirsa ham mulk ijarachi balansida hisobga olinadi.
1986 - yildan boshlab lizingning soliq asosidagi iqlimi o‘zgardi. AQSH
soliq tizimida o‘tkazilgan islohot investitsiyalarga
soliq imtiyozlarini bekor
qilinishi hamda amortizatsiya sohasini o‘zgarishi orqali soliq imtiyozlariga
yaqinlashuvni cheklab qo‘ydi. Soliq islohoti lizingning iqtisodiy foydasini
ancha-muncha kamaytirib yubordi, ammo, shunday bo‘lsada, bu tarmoq
rivojlanishdan to‘xtab qolgani yo‘q.
Keyingi 50 yil mobaynida lizing AQSHda davlat
iqtisodiy siyosatining
strategik muhim yo‘nalishi sifatida e’tirof etib kelindi. Lizing tarmog‘i
tarixining kattagina qismi AQSH Kongressi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Kongress
asosiy
vositalarining
sotib
olinishiga,
Amerika
ishlab
chiqaruvchilarining ishlab chiqarish bazasini yangilashga sarmoya kiritilishini
har tomonlama rag‘batlantirib turdi.
XX asrning 70-80 - yillarida lizingning gurkirab rivojlanishiga aynan
vositachi tuzilmalarning faol ishtiroki sabab bo‘lgan. Mazkur vositachi mo-
liyaviy tashkilotlarga soliq bo‘yicha yo‘naltirilgan katta imtiyozlar ularning
mazkur sohadan manfaatdor bo‘lishlarini ta’minlab bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: