O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi samarqand qishloq xo’jalik instituti



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/44
Sana31.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#209289
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44
Bog'liq
itlarda tanosil sarkomani xirurgik yol bilan davolash

Umumiy  tekshirish.  Kasal  hayvonlarni  umumiy  tekshirish,  ularga  diagnoz 

qo’yishda  muhim  ahamiyatga  ega.  Ayrim  hollarda  umumiy  tekshirish  usullari 




 

23 


orqali,  sirtdan  ko’zdan  kechirish  yo’li  bilan  kasal hayvonni  osongina payqash  va 

kasallik belgilarini topish mumkin. 

Umumiy  tekshirish  gabitusni  aniqlash,  hayvonning  terisi,  limfa  tugunlari, 

shilliq  pardalarini  tekshirib  ko’rish  va  haroratini  o’lchashdan  iborat.  Bundan 

tashqari umumiy tekshirishlarda hayvonning zoti, jinsi, yoshi, hayvon holati, vazni 

va uning xo’jalik bahosi ham e’tiborga olinishi kerak. 

Hayvonlarning  turli  zotlarida  xirurgik  kasalliklar  turlicha  namoyon  bo’lishi 

mumkin.  Bug’oz  hayvonlarda  diagnostik  tekshirish  usullari,  juda  ehtiyotkorlik 

bilan  amalga  oshirilishi  kerak.  Hayvonlarning  ayrim  kasalliklari  ularning  nasliga 

va  tusiga  bog’liqligi  tasdiqlangan.  Hayvonlarning  yoshi  kasalliklarni  aniqlashda, 

kasallik oqibatini oldindan ayta bilishda va davolashda katta ahamiyat kasb etadi. 

Karsinoma,  katarakt  (ko’zining  parda  bilan  qoplanishi),  yumshoq  tog’aylarning 

suyak-lashuvi asosan ko’proq qari hayvonlarda uchraydi. Yosh hayvonlarga narkoz 

qari  hayvonlarga  qaraganda  tez  ta’sir  qiladi,  shu  bilan  birga  yosh  hayvonlar 

operasiyalarni yaxshi ko’tara oladi. 

Dori,  narkotik  va  og’riqsizlantiruvchi  moddalarning  miqdorini  belgilashda 

hayvonning tana og’irligi muhim ahamiyatga ega. 

Katta  vaznli  hayvonlarda    bir  qator  kasalliklarning,  xuddi  shu  turga  mansub 

bo’lgan kichik vaznli hayvonlarga qaraganda tuzalish ehtimoli (prognozi) kamroq 

bo’ladi.  Hayvonni  klinik  tekshirishda  hamma  vaqt  uning  umumiy  holatiga,  ya’ni 

semiz-oriqligiga,  temperamentiga  (xulq-atvori),  tana  tuzilishiga,  tanasining 

fazodagi  vaziyatiga,  konstitusiyasiga  e’tibor  berish  kerak.  O’rtadan  yuqori 

semizlikdagi mustahkam konstitusiyali hayvonlarda, jarohatning bitishi va boshqa 

jarayonlar yaxshi kechishi kuzatiladi. Uzoq vaqt davolashga to’g’ri keladigan  qari 

va mahsuldorligi past bo’lgan hayvonlar, sarf qilingan xarajatlarni qoplay olmaydi 

va ular go’shtga topshiriladi.  




Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish