O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

' Ziyoev Hamid.
K o'rsatilgan asar, 177-bet.
2 Tarixi jahonnam oyi, 127-bet.

Ziyoev Hamid.
K o'rsatilgan asar, 179-bet.
108
www.ziyouz.com kutubxonasi


m a’lum qiladi. Muhammad Solih dodxoh muarrix Muhammad 
Solihni o ‘z huzuriga chaqirtirib: «Ahdnomani zehn va diqqat bilan 
o ‘qib, xotirangizda saqlangkim, biz dunyodan o ‘tgandan keyin balkim 
sizlarga kerak bo‘lib qolishi mumkin»1, degan.
Ahdnoma mazmuni quyidagicha edi: «Oq podsho va uning 
vakili general Iskandar Chernyaevning farmoni bo‘yicha, Toshkent 
aholisiga shuni m a’lum qilamizki, ular Olloh taoloning xohish- 
irodasiga muvofiq, Muhammad payg‘ambar dinini qattiq ushlab, 
shariat qonunlaridan bir qarich ham orqaga chekinnjasinlar. Ulaming 
barchasi shu o ‘lkaning foydasi va manfaatlari uchun harakat 
qilsinlar. Besh vaqt namozni o 'z vaqtida ado etsinlar, mullalar doimo 
maktablarga borishib, Muhammad payg'am bar dinini targ'ibot 
qilsinlar. 0 ‘quvchilaming biror soati ham bekorga ketmasin, mullalar 
bolalami maktablarga jalb qilib, bekorchilikka yo‘1 qo‘ymasinlar. 
Kerak bo‘lsa. qattiq choralar ko‘rib bolalar maktablarda o ‘qishga 
majbur etilsin. Bordi-yu, ota-onalar bolalaming o ‘qishlariga ahamiyat 
bermasalar, u holda rais yoki qozikalon huzuriga chaqirtirilib, shariat 
asosida qattiq jazolansinlar. Bu diyoming aholisi vaqtlarini behudaga 
o ‘tkazmay, o ‘z ishlari bilan shug‘ullansinlar, savdogarlar esa savdo- 
sotig‘ini davom ettirsinlar.
Islom dini bo‘za va aroq ichishni, bem a’ni o ‘yinlar bilan 
shug‘ullanishni yoki axloqsiz bo‘lishlikni man etadi. Shu bois 
shariatga zid har qanday bid‘atlardan saqlanish lozim.
Toshkentdagi barcha boy va kam bag‘al tabaqalar yuqorida 
sharxlanganlami so‘zsiz bajarishlari shart. Shahardagi uylar, bog‘lar, 
yaylovlar, suv tegirmonlari o ‘z egalari ixtiyorida qoldiriladi.
Rus askarlari aholidan hech narsa olmaydilar. Tub aholidan as- 
karlik xizmatiga odam olinmaydi. Harbiy kishilar birorta xonadonga 
qo‘yilmaydi, bordi-yu bunday hoi yuz bersa, darhol xabar berilsin va 
aybdorlar jazolanadi. Oq podshoh bizga katta g ‘am xo‘rlik ko‘rsatdi, 
shuning uchun biz uning sog‘ligini xudodan so‘rab duo qilishimiz 
kerak.
Agar biror kimsa bir kishini o‘ldirsa yoki savdogarlar molini ta- 
lasa, u vaqtda aybdorlar rus qonunlari asosida javobgarlikka tortiladi. 
Agar bir odam o ‘zini-o‘zi o ‘ldirsa, u vaqtda uning mol-mulki 
m erosxo‘riga beriladi va hech narsa olinmaydi.
Men, gubemator Iskandar Chemyaev, sizlarni bu yilgi soliqlar- 
dan ozod qilaman, keyingisi Buyuk Oq podshohimiz xohishlari
1 0 ‘sha asar, 180-bet.
109
www.ziyouz.com kutubxonasi


bo ‘yicha belgilanadi. O 'ylaymanki, sizlarga bundan ham ziyod 
g ‘am xo‘rlik qilinadi»1.
1865 
yil 1 iyuldan kuchga kirgan mazkur ahdnomadagi shartlar- 
dan ko‘rinib turibdiki, bosqinchilar qilar ishni qilib, mazlum xalqda 
mayl uyg‘otish uchun ataydan yon berish y o ‘lini tutadilar. Birinchi 
navbatda, islom diniga qattiq rioya qilishga, shariat qoidalariga 
so‘zsiz amal qilishga va maktablar faoliyatini susaytirmaslikka 
alohida ahamiyat berilgan. Shuningdek, xalqning mol-mulki va 
dini-e’tiqodi daxlsizligini saqlash muhim o'rin egallagan. Umuman 
olganda, ahdnomada milliy an ’analar va urf-odatlar ochiq tahqir 
va ta ’qiqdan holi, mahalliy aholi tunnush tarzi muhofaza etilishiga 
va’da berilishi diqqatni jalb qilmay qolmasdi. General Chemyaev 
ahdnomani tuzishda shahar kattalarining talablariga yon berganida, 
shubhasiz, qanday bo‘lmasin, umshni to ‘xtatishni va g ‘alabani 
qo‘ldan boy bermaslikni o'ylab ish tutgan. Shuning uchun ham u 
aholini bir yil davomida soliqlardan ozod etgan. Bundan tashqari, 
u bir qancha rag‘bat choralarini ham ko‘radi. Chunonchi, u 
ahdnomaga imzo chekilgandan keyin Hakimxoja qozikalonga, 
Muhammad Solih dodxohga, to ‘rt dahaning oqsoqollariga zar yoqali 
chakmonlar kiygizadi. 1865 yil 12 iyulda, jum a namozidan keyin, 
general Chemyaev «Hakimxoja qozikalonning uyiga borib, unga 
ko'p hadyalar berib, ko‘nglini ovladi. So‘ngra Registon rastasiga 
borib, odamlarga va gadoylarga tangalar sochdi, majmhlarga va 
jarohatlanganlarga tibbiy yordam berdi»2. Toshkent ms askarlariga 
taslim b o iish i bilan bogMiq voqealaming davomi Hakimxoja eshon 
tarjimai holiga oid asarda quyidagicha beriladi: «Xalq rahnamosiga 
aylangan bu donishmand qariya ko‘pgina qozi va amaldorlami 
yoniga olib, Chemyaev qarorgohiga bordi. U Toshkent shahrining 
taslim bo'lishi xususida Chemyaev bilan muzokara olib borib, 
hamma masalada o ‘z xalqi manfaatlari saqlangan holda amniyatnoma 
tuzilishiga muvaffaq bo ‘ldi».
Tarixiy asarlarda Toshkent tarafidan bu ishda bir necha kishi 
bosh b o ‘lgani aytilib, uch kishining, ya’ni Hakimxoja, domullo Solih­
bek oxund hamda Abulqosim eshonning nomlari alohida ta ’kidla- 
nadi. Bu uch ulug‘ zot aslida haq y o iig a o ‘zini tikkan, vatanparvar 
odamlar b o ‘lganliklari aytilgan. Chunonchi, domullo Solihbek oxund 
haqiqat uchun kurashda hatto o ‘limdan ham qo‘rqmasligini chor 
qo‘shinlari Toshkentni egallagach, general Chemyaev shahar katta- 
larini to ‘plab, go‘yo oldingi musulmon hukmdorlaridan ko'p jabru-

Ziyoev Hamid.
K o'rsatilgan asar, I 81 -bet. 
: 0 ‘sha asar, 181-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi


jafo k o iganim iz sababli «o‘ris askarlari va sardorlarini o ‘z ixtiyorimiz 
bilan olib kelib, ularga shahami topshirdik», degan mazmunda jahon 
afkor ommasini chalgitishga m o‘ljallangan murojaatnoma tayyorlab 
va imzolab berishni talab etganida yaqqol namoyon b o iad i. 0 ‘sha 
y ig in n ing ishtirokchisi b o ig a n «Tarixi jadidai Toshkand» asarining 
muallifi Chemyaevning bu hayosizlarcha talabiga domullo Solihbek 
oxund keskin javob berganligini aytadi. U bunday degan: «Biz voqe’ 
b o ig a n hodisalami tag'yir va tabdil qilmasdan, haqqoniy ravishda 
aytamizki, Turkiston zamini va Toshkandning Oqmachitdan G ‘ulja 
tarafig'aeha b o i g ‘on har bir q a ia va viloyatni nasroniylar va 
rusiyaliklar jangu taloshu muhoriba bilan o ‘z hukumatlariga tobe 
qildilar. Ularning aksari tunda to‘satdan, bevaqt va betavaqquf va 
bemuomala va hech narsa va’da qilmasdan va bemuhlat holda jangu 
muhoriba qilmasdan, qattiq taloshu z o i qotillik bilan olib borildi. 
Xususan, Toshkand shahri zulhijja oyining yarmidan safar oyining 
o ‘n ikkinchisiga qadar suvsiz va oziq-ovqatsiz qoldiriddi. Amiri 
lashkar mulla Alimqul shahid boiganidan keyin shahar etakchisiz 
va sultonsiz, qo'shunsiz - askarsiz qoldi. Buxoro amiri va Xorazmu 
Urganch, Farg'ona va boshqa shaharlardan, Muhammad ummatlaridan 
b o ig a n qabila va elatlardan beyordam va beko'm ak va benajot, 
bequrolu va beyarogi bedoruyu va beqo‘rg‘oshin qoldirib, Toshkand 
fuqarosi va aholisi va unda turg‘un b o iib qolganlar dinlari uchun 
umsh-talosh qilishdi. Kechasi sahar vaqtida rasiyalar va nasorolar 
Xiyobon darvozalaridan va tepaliklardan oshib, fuqarolar g ‘aflatidan 
foydalandilar. Fuqaro ogoh bo ig ach , panjshanba kunigacha muttasil 
jang b o iib , aksar imoratlar olov ichida qolib, tashna va madorsiz 
holda yiqilib-qo'pib, dushmanu do‘st aralashib ketib, qattiq yelka- 
ma-elka jang b o id i. Va axiyri panjshanba kuni peshin namozidan 
keyin nasoro va rusiyaliklar v a’da va ahdnomalar bilan sulhga 
talabgar b o iib , yarashishga mayl koiguzdilar. Shundan keyin biz 
shartu sharoitlarga rozi b o iib , sulh tuzdik»1. Mislsiz iyinon-e’tiqod 
bilan berilgan bu javob o ‘z boshiga qanday katta fojia keltirishini 
domullo Solihbek oxund yaxshi bilgan, albatta. Javobdan so‘ng 
o ‘zigina emas, balki uning javobiga qo'shilgan yana olti kishi ham 
darhol Sibir surguniga jo'natiladi.

Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish