Depozit summalar
– budjet tashkilotining ixtiyoriga vaqtinchalik kelib
tushgan va ma’lum sharoit vujudga kelishi munosabati bilan qaytarilishi yoki
tayinlanishi bo’yicha hisobga o’tkazilishi lozim bo’lgan mablag’lardir. Bular
jumlasiga, masalan, davolash muassasalaridagi kasallarning, ularni davolash
muassasasidan chiqarilganda egalariga qaytariladigan pullari, sud organlari
ixtiyorida vaqtinchalik saqlanayotgan va sud qaroriga asosan egasiga
qaytariladigan yoki tayinlanishi bo’yicha o’tkaziladigan summalar va boshqalar
kiradi. Depozit summalar hukumat tomonidan belgilangan ma’lum muddat
davomida bank muassasalarida budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha talab
qilib olgunga qadar depozit hisobvaraqlarida saqlanadi. Bu muddat tugagandan
so’ng talab qilib olinmagan summalar tegishli budjetning daromadiga
o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |