xonalardan, korxonalardan va yordamchi xo’jaliklardan, inventarlardan va
uskunalardan foydalanish va ishlatish natijasida paydo bo’lgan budjet tashkiloti
qoplashga, qaysi tadbirlardan olingan bo’lsa, o’sha tadbirlarning faoliyatini
maqsadlarga hamda budjetdan moliyalashtiriladigan tadbirlarga sarflashga yo’l
qo’yilmaydi. Maxsus mablag’larga barcha budjet tashkilotlari ega bo’lishi
tuziladi. Smetaning daromadlarida maxsus mablag’larning kirimi ko’rsatiladi,
xarajatlarida esa mablag’larning budjet tasnifi moddalari bo’yicha yo’naltirilishi
ko’rsatiladi. Agar budjet tashkiloti maxsus mablag’larning bir nechta turlariga
109
ega bo’lsa, u holda individual smetalar asosida ularning yig’masi tuziladi.
Yig’ma smetada maxsus mablag’lar har bir turining daromad va xarajatlari
alohida-alohida ko’rsatiladi. Maxsus mablag’larning smetalari bo’yicha
xarajatlar daromadlaridan yuqori bo’lishi mumkin emas.
Maxsus mablag’larning smetalarini yuqori budjet mablag’larini tasarruf
qiluvchilar tomonidan tasdiqlanishi haqida ikki nusxada ma’lumotnoma tuziladi.
Ma’lumotning bir nusxasi bank muassasasiga beriladi, boshqasi esa ma’lumot
berilgan tashkilotda qoladi. Bank mazkur tashkilotdagi barcha maxsus
mablag’lar smetalarining tasdiqlanishi haqidagi bitta ma’lumotnomani oladi va
bank muassasalari Maxsus mablag’lar bo’yicha talab qilib olgunga qadar
depozit hisobvaraqlaridan mablag’lar beradi. Budjet tashkilotlarining rahbarlari
maxsus mablag’larning tasarruf qiluvchilari hisoblanadi. Ular smetada ko’zda
tutilgan daromadlarning tushumini ta’minlashga va maxsus mablag’larning
xarajatlarini har bir moddasi bo’yicha tasdiqlangan summalar doirasida smeta
bo’yicha maqsadli tayinlanishiga muvofiq sarflashga majburdirlar. Maxsus
mablag’larning kelib tushayotgan summalarini, odatda, to’lovchilar to’g’ridan-
to’g’ri bank muassasasiga ularni budjet tashkilotining maxsus mablag’lar
bo’yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvaraqlariga qo’yish uchun
topshirishlari kerak.
Topshiriqlar bo’yicha summalarayrim topshiriqlarni bajarish uchun
boshqa tashkilotlardan budjet tashkilotiga kelib tushgan mablag’lardir. Bularga,
masalan, o’quv yurtlarini tugatib ish joyiga yuborilgan yosh mutaxassislarga
to’lash uchun tashkilotlardan olingan summalar, korxonalardan o’qishga
yuborilgan talabalarga ular hisobidan stipendiya to’lash uchun olingan
summalar, boshqa tashkilotlardan, ular uchun uskunalar, adabiyotlar va boshqa
shunga o’xshashlarni sotib olish uchun olingan summalar kiradi. Topshiriqlar
bo’yicha kelib tushgan mablag’lar bank muassasalarida Topshiriqlar bo’yicha
summalarga doir talab qilib olgunga qadar alohida depozit hisobvarag’ida
110
saqlanadi. Bunday hisobvaraqlar tegishli moliya organining ruxsati bilan
ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: