O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi



Download 221 Kb.
bet3/49
Sana31.10.2020
Hajmi221 Kb.
#50623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
xitoy tilida fellarning grammatik xususiyatlari

Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotiga va boshqa xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirishi O‘zbekistonga o‘zining tashqi siyosatini mustaqil ravishda yuritish, jahon hamjamiyatiga a’zo bo‘lishining o‘z strategiyasini ishlab chiqish, davlatlararo munosabatlarning yo‘nalishlari va ustuvorligini belgilash imkonini berdi. Mamlakatimizning Xitoy Xalq Respublikasi bilan 1992 yilning 2 yanvaridan bugungi kungacha hamkorlik munosabatlari samarali rivojlanib kelmoqda. Ushbu do‘stona munosabatlar tufayli savdo va iqtisodiy sohalarda bitimlar imzolandi.

O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosatida Xitoy Xalq Respublikasi bilan bo’lgan aloqalar alohida e’tiborga sazovordir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan bu xususda quyidagi fikr bildirilgan: “O’zbekiston Xitoy timsolida mamlakatimiz mustaqilligining birinchi kunlaridan bizni qoʻllab-quvvatlab kelayotgan ishonchli, buyuk qoʻshni va hamkorni ko’radi”2

Oʻzbekiston Respublikasi XXR bilan sheriklik, doʻstlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashdan manfaatdor. XXR iqtisodiy salohiyatining rivojlanishi va Xalqaro masalalarga tinchliksevarlikka asoslangan vazmin munosabati uning dunyo siyosatiga ta'siri kuchayib borishida muhim omil bo’lmoqda. Mamlakatlarimiz o’rtasida 2006 yili do’stlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlari to’g‘risidagi davlatlararo shartnomaning imzolangani ikki tomonlama aloqalar tarihidagi muhim voqea bo’ldi.

Bilamizki bu aloqalarni rivojlantirish yo’lida o’zbek va xitoy tillari muhim o’rin egallaydi. Bu ikki til bir necha minglab yillik tarihga ega bo’lib, ularni qiyosiy tadqiq etish hozirgi kun o’zbek va xitoy lingvist olimlarining oldilarida turgan muhim masaladir.

Ma’lumki, hozirgi davrda dunyoda 2.5-3mingga yaqin tillar bor. Ularning har birininig o’z tarixi, o’z taqdiri, jamiyat hayotida tutgan o’rni, mavqei bor. Bu tillar genetik jihati, tipologiyasi, ijtimoiy mohiyati, yozuviga ega yoki ega emasligi, unda gaplashuvchilarning umumiy miqdori kabi belgilari bilan o’zaro farqlanadi. Grammatika esa bu ma’lum bir millat tili qurilishining qonun–qoidalaridir. Xitoy tili grammatikasi–bu xitoy xalqi tili qurilishining qonun qoidalaridir.

Har bir millatning tili o’ziga xos alohida grammatikaga ega. Shuningdek qandaydir bir millatning grammatikasi boshqa bir millat tili grammatikasidan to’g‘riroq yoki yaxlitroq deb bo’lmaydi. Yana shuni ham aytib o’tish lozimki, ma’lum bir tilning grammatik analizi natijasi boshqa bir tilning grammatik analizi natijasi bilan bir xil bo’lishi mumkin emas.

Har bir tilning o’z xususiyatini uning fonetik, leksik va grammatik strukturalari aks ettiradi. Bu strukturalarning hammasi bir butun sistemani hosil qiladi. Demak, tilning grammatik qurilishi uning fonetik qurilishi bilan va leksik sistemasi bilan bog‘liqdir, tilning o’zaro bog‘langan bo’laklarining yaxlitligidan iborat bo’lishi grammatikaning fonetika va leksikologiya bilan aloqada ekanligini anglatib turadi. Kelib chiqadiki, tilning hamma tomonlari o’zaro bog‘langan, o’zaro shartlangan bo’lib, grammatik qurilish til sistemasining bir qismidir. Grammatika so’zlarni shakllantiradi, biriktiradi, ularning fikr anglatish vositasi sistemasidagi vazifasini almashtiradi. Albatta, har bir tilning grammatik qurilishi ma’lum normalarga, qonun-qoidalarga ega. Grammatika leksikologiya va sintaksis bo’limlariga bo’linib, leksikologiyada so’zlar o’rganilsa, sintaksisda gap, uning turlari, tuzilishi, yasalishi va boshqa qonun-qoidalar o’rganiladi. Xitoy tili grammatikasini o’rganishga kirishganda biz birinchidan grammatikasi o’rganiladigan predmetning chegarasidan chiqib ketmasligimiz, ikkinchidan, grammatikaga xos bo’lmagan vazifalarni ro’para qilmasligimiz, uchinchidan, biz aynan xitoy tili grammatikasidan chetga chiqmasligimiz kerak.

Xitoytilida fe’llar mavzuyidagi bitiruv malakaviy ishi xitoy tilshunosligi grammatikasida muhim o’rin tutadi, ularning grammatik xususiyatlari, turlari, vazifalari, gapdagi o’rni, qo’llanilish darajasi haqida tanishtirib o’tadi. Hozirgi zamon xitoy tilida fe’llarning turlari juda ko’p. Ularning har bir gapda qo’llanishining o’z o’rni bor. Ularning ma’nolari bir-biriga yaqin, sinonimlari bor, ular baribir tubdan farq qiladi, ba’zi ma’no nozikliklariga ega. Bu mavzuni ilmiy ish darajasida ochib berishimga sabab hozrgi kunda xitoy tilidagi fe’llar haqida deyarli ma’lumotlar yo’qligi sabab bo’ldi.




Download 221 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish