Ozbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


Inson huquqlarini taminlash



Download 212,24 Kb.
bet2/4
Sana22.06.2022
Hajmi212,24 Kb.
#690847
1   2   3   4
Bog'liq
Inson huquqlari

Inson huquqlarini taminlash
Mazkur huquqiy aloqa insonning tug’ilganida yuzaga kelib, uning butun umri davomida saqlanib qoladi. Ushbu bog’liqlik insonning tug’ilgan va yashayotgan hudud bilan cheklanmay, davlat tashqarisida ham o’z kuchini yo’qotmaydi. Fuqarolar huquqi va burchlarini davlat o’zi belgilab beradi. Turli mamlakatlarda fuqarolarning huquq va burchlari bir xil emas. Ular mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy darajasiga bog’liq.
Fuqarolik tushunchasi jamiyatning hozirgi davr demokratik, huquqiy davlati tomon rivojlanishida katta yo’lni bosib o’tdi. U jamiyatning demokratik rivojlanishida qo’lga kiritilgan ulkan yutuqlardan biri. Fuqarolikning jamiyat taraqqiyotidagi ijobiy tomoni shudan iboratki, mamlakatda istiqomad qilib turgan har bir kishining muayyan, aniq sanab o’tilgan huquqlari, jamiyatdagi o’rni mamlakatning konstitutsiyasida, maxsus qaror yoki qonunda yozib qo’yilgan va ularga rioya qilish, ularni bajarish barcha fuqarolardan talab qilinadi. Ya’ni jamiyatda boshboshdoqlik, o’zboshimchalik, zo’ravonlik, qonunsizlikga o’rin qo’ymaydi. Chunki, bunday xatti-harakatlar fuqarolik haqidagi qonunga xilofdir.
Fuqarolik tushunchasi qadimiy Yunoniston va Rimda mavjud bo’lsa-da, asosan, feodalizm inqirozga uchrab, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayot demokratiya va bozor munosabatlari zaminiga o’ta boshlaganda, hozirgi shaklida paydo bo’la boshladi va ilk bor “shaharli“ ( fransuzcha “situayyan”, inglizcha “situzen”, ruscha “gorojanin- grajdanin” va h. k ), ya’ni qoloq qishloqdan, mustabid feudal munosabatlardan ozod degan ma’noni bildirgan. Mustaqillik e’lon qilingandan so’ng, o’zbek tilida o’tmishdagi “grajdanlik” so’zi o’rniga “fuqarolik” degan atama qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo’liga chiqib olgach, o’z oldiga asrlar davomida o’zbek xalqi orzu qilgan demokratik, adolatli, fuqarolar jamiyati va huquqiy davlat qurish vazifasini qo’ydi, qabul qilgan fuqarolik to’g’risidagi huquqiy hujjatlarda esa o’zining insonparvarlik ruhida ekanini namoyon qildi. O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha tarmoqlarini demokratlashtirish yo’liga o’tdi. Jahon tajribasidan ma’lumki, shaxsning asosiy huquq hamda erkinliklarini qat’iy himoya qilmasdan va amalda ta’minlamasdan turib, jamiyatni demokratlashtirish mumkin emas. Xalqimizning boy ma’naviy salohiyati, uning tasarrufida bo’lmish ulkan tabiiy boyliklar va texnikaviy imkoniyatlar, mustahkamlanib borayotgan xalqaro aloqalar demokratik rivojlanish hamda inson huquqlariga rioya etilishi uchun zarur shart-sharoitlarni bosqichma-bosqich yaratish imkonini bermoqda.
O’zbekiston Konstitutsiyasi inson huquq va erkinliklari borasida BMT ning 1948 yilda qabul qilingan “ Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi”ifodasini topgan qoidalarni yahlit mushtaraklikda mujassamlashtirib olgan.
O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’I nazar, qonun oldida tengdirlar.
Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qo’yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsipiga mos bo’lishi shart.
Inson huquqlari jahonda yetakchi maqomga ega. Har qanday rivojlangan demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etishda inson huquqlari roliga yetarli baho bermaslik mumkin emas. Asosiy huquq va erkinliklarning rag’batlantirilishi hamda himoyalanishi yanada muhimrog’i,k jamiyatda har bir inson huquqlari kafolatlarining amaldagi tizimining tashkil etilishi huquqiy davlat qurishning bosh sharti hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi o’zining ichki va tashqi siyosatida BMT ning ikkinchi Umumjahon konferensiyasida 1993-yili tasdiqlangan “ Inson huquq va erkinliklarining universalligi” talablariga qat’iy rioya etib, ular himoyasi barcha davlatlarni qonuniy ravishda tashvishlantirib turuvchi muammo ekanligi haqiqatidan kelib chiqadi. Bugun jahonda 300 dan ortiq hujjat inson va fuqarolar huquqi sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlar tizimini tashkil etadi. Ularning aksariyatini BMT ning xalqaro-huquqiy hujjatlari tashkil etadi.
Universal maqomdagi hujjatlardan tashqari, inson huquqlarini ta’minlash va himoyalashning mintaqaviy tizimlari faol shakillantirmoqda.
Bugungi kunda Evropa, Amerika va Afrika tizimlari mintaqada inson huquqlarini ta’minlashning ko’proq rivojlangan tizimi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi hozir inson huquq va erkinliklarini himoyalash sohasidagi 60 dan ortiq xalqaro-huquqiy hujjatlarga qo’shilgan.
Inson huquqlari-inson shaxsi va turmushining tarkibiy qismi. Odatda, inson huquqlarining uch bo’g’ini bir-biridan farqlanadi: fuqarolik va siyosiy huquqlari; yashash huquqi, qiynoqqa solishning, adolatli sudlov huquqi, shaxsiy hayotning daxlsizligi huquqi, fikr va so’z erkinligi huquqi, uyushmalarga birlashish huquqi va boshqalar; iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar; bilim olish huquqi, mehnat qilish huquqi, ijtimoiy ta’minot olish huquqi, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish va uchinchi bo’g’in huquqi, deb ataluvchilar (tinchlikda bo’lgan huquq, rivojlanishga bo’lgan huquq va h. k).
Mazkur qoidaq O’zbekiston qonun hujjatlarining butun bir tizimida mustahkamlab qo’yilgan. Unga ko’ra; fuqarolarning faqat ayrim qatlamlari-nafaqa oluvchilar, nogironlar, talabalar, bolalar, urush va mehnatfaxriylariga qonunga binoan biror-bir imtiyozlar berilishi mumkin. Belgilangan imtiyozlar ijtimoiy adolat va qonun oldida tenglik prinsiplariga asoslanishi darkor. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilishning taʼminlanishi demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning muhim sharti hisoblanadi. Shunga asosan, Oʻzbekiston oʻz mustaqilligiga erishgach, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning zamirida, inson huquq va erkinliklariga boʻlgan eʼtibor, insonlarning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish, inson huquqlarini eng oliy qadriyat sifatida eʼtirof etish kabi gʻoyalarni bosh maqsad qilib qoʻydi.

Qisqa vaqt ichida fuqarolar huquq va erkinliklarini taʼminlaydigan huquqiy soha tashkil etildi, demokratiya va fuqarolik jamiyatining asosiy institutlari shakllantirildi, huquqni qoʻllash amaliyoti takomillashtirildi. Qayd etish kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari hamda kafolatlari bilan bir qatorda uning tashkiliy mexanizmlari ham yaratilgan. Konstitutsiyamizda fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy huquqlari, jamiyat rivojlanishining strategik yoʻnalishlari, boshqaruvning adolatli va demokratik prinsiplari, shuningdek maʼnaviy qadriyatlarimiz asoslari oʻz ifodasini topgan. Taʼkidlash lozimki, asosiy qonunimizning 13-moddasiga asosan “Oʻzbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga koʻra inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi”. Shundan kelib chiqqan holda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar markazida birinchi oʻrinda – inson, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari nazarda tutilganligini koʻrish mumkin. Shuningdek, mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan amalga oshirilmoqda. Yangi tahrirdagi “Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Qonunning 1-moddasiga muvofiq, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) mansabdor shaxs boʻlib, unga davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari hamda erkinliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini taʼminlash vakolatlari berilgan”. Ijtimoiy-siyosiy kafolatlar davlatda amal qilib turgan siyosiy tizim bilan bogʻliq. Ushbu tizim inson huquq va erkinliklari buzilishining oldini olish uchun xizmat qiladi. Zero, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlash koʻpincha davlatning olib borayotgan ijtimoiy siyosatiga bogʻliq boʻladi. Masalan, Konstitutsiyamizning 45-moddasiga koʻra, “Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolgʻiz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir” deb belgilab qoʻyilgan. Darhaqiqat, bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonida aholini ijtimoiy himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylanishi lozim. Bundan tashqari, mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash borasidagi chora-tadbirlar inson huquqlarining umumeʼtirof etilgan gʻoyalari va qadriyatlariga, shuningdek, xalqaro majburiyatlarga sodiqlik, amalga oshirilayotgan barcha siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning bosqichma-bosqich xarakterda ekanligi; demokratiya va ijtimoiy adolat gʻoyalariga sadoqatimizni namoyon etish orqali, xalq hokimiyatchiligini mustahkamlash; xalq vakilligi institutlarini rivojlantirish; demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati shakllanishiga asoslanganlik; insonparvar demokratik huquqiy davlatni barpo etish yoʻlida hamma narsa inson uchun, inson baxt-saodati uchun yaratilganligi kabi va boshqa bir qator demokratik tamoyillar asosida amalga oshirilmoqda.
Koʻrsatib oʻtish joizki, konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlar mazmunan quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
– fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzish mumkin boʻlgan harakatlarni taqiqlash hamda chegaralashning yuridik meyorlarini mustahkamlash;
– fuqarolarning oʻz huquq va erkinliklarini hech qanday toʻsiqsiz amalga oshirishlarida davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning masʼulligi;
– tajovuz etishdan himoyalanishni taʼminlovchi maxsus meyorlar (shikoyat, sudga murojaat qilish huquqlari) mavjudligi;
– huquqlarni buzganlik uchun yuridik javobgarlikning belgilanganligi;
– davlat va fuqarolarning huquqlarini amalga oshirishni mustahkamlashda jamoat tashkilotlari hamda mansabdor shaxslarning faoliyati. Konstitutsiyaviy kafolatlarga bevosita mamlakat Konstitutsiyasining oʻzida mustahkamlangan kafolatlar kiradi. Inson va fuqarolarning huquqlari kafolatlari ichida fuqarolarning teng huquqliligi tamoyili alohida oʻrin tutadi. Konstitutsiyamizning 18-moddasiga muvofiq, “Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar”. Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlaridan yana biri fuqarolarning murojaat qilish huquqi siyosiy huquqlarning ajralmas qismi hisoblanadi. Konstitutsiyamizning 35-moddasida “Har bir shaxs bevosita oʻzi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega” ekanligi koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu moddada belgilangan norma fuqarolarning siyosiy huquqlaridan biri hisoblanib, ularning davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga murojaat qilish huquqlarini belgilaydi.
Xulosa sifatida taʼkidlash joizki, inson huquqlari rivojlanishi uzluksiz davom etuvchi va takomillashib boruvchi jarayon hisoblanadi. Shunga koʻra, inson huquqlariga oid norma va qoidalarni har bir shaxs qalbi va ongiga singdirishi, oʻz fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlishi va oʻz navbatida, milliy oʻzlikni anglashga hamda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati shakllantirilishiga oʻz hissasini qoʻshmogʻi lozim. So‘nggi yillarda inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik va tashkiliy-huquqiy bazasini mustahkamlash, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va xalqaro majburiyatlarni bajarish, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirishga doir tizimli ishlar olib borilmoqda.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari bo‘yicha 80 dan ortiq xalqaro hujjatlarga, jumladan Birlashgan Millatlar Tashkilotining (keyingi o‘rinlarda — BMT) 6 ta asosiy shartnomaci va 4 ta fakultativ protokoliga qo‘shilgan bo‘lib, ularning amalga oshirilishi yuzasidan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi va shartnomaviy qo‘mitalariga muntazam ravishda milliy ma’ruzalarni taqdim etib kelmoqda.
Bundan tashqari, milliy qonunchilikni inson huquqlari sohasidagi xalqaro-huquqiy standartlar bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga, inson huquqlari sohasida uzoq muddatli strategiyaning qabul qilinishi ushbu sohada davlat siyosatining samarali amalga oshirilishiga, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat munosabati shakllanishiga, mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘si yanada mustahkamlanishiga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reyting hamda indekslardagi mavqeyi yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash masalasi xalqimiz uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berishga qaratilgan demokratik islohotlarning bosh mezoniga aylanib bormoqda.
Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar milliy qonunchilikka va huquqni qo‘llash amaliyotiga tizimli hamda bosqichma-bosqich implementatsiya qilinmoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan 80 dan ortiq inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro hujjatlar normalari milliy qonunchilikda o‘z aksini topmoqda.
Amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar insonlar hayotini, dunyoqarashini hamda turmush tarzini o‘zgartirmoqda. Jamiyatda “Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz” degan ulug‘vor maqsad shakllandi va “Jamiyat — islohotlar tashabbuskori” degan yangi g‘oya kundalik faoliyatimizga faol kirib bormoqda.

Download 212,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish